Список литературы
1.
Алейникова Э. Прелести и риски экотуризма, или Почему общественность
в тревоге? Сборник экологических статей. —Ташкент, 2008.
2.
Джураев А.Т. Особенности развития экотуризма в Испании.- Испания,
2014.
3.
М.Хошимов, Узбекистон экологик туризми. - Самарканд, 2009.
MEHMONXONALARDA XIZMAT KO’RSATISH BO’LIMLARI VA
ULARNING VAZIFALARI
Yahyoyev Yusuf, talaba
Ilmiy rahbar: Xurramov O.K.,
Buxoro davlat universiteti
Har bir mehmonxona o’z yo’nalishi bo’yicha xizmat ko’rsatish bo’limlariga ega.
Asosiy xizmatlar bo’limi - turistlarni qabul qilish va joylashtirish yoki porte xizmatlari,
500
xona tozalash xizmatlari, animatsion xizmatlar, muxandis-texnik xizmatlar, tijorat va
ma’muriy xizmatlar.
Porte xizmati.
Porte xizmati – bu mehmonda muammo paydo bo’lganida doim birinchi
murojaat qiladigan joy. Aynan mijoz porte xizmatidan mehmonxona xaqida ta’surot
oladi. Portening asosiy vazifasi mehmonlarni qabul qilish va bronlangan nomerlarga
joylashtirishdir. Mehmon ro’yxat varaqasini to’ldiradi, pasport ma’lumotlari, doimiy
yashash manzili ko’rsatilgan bo’ladi. Rasmiy belgilab olingandan so’ng yuk tashuvchi
mehmonni nomergacha yuklarini eltib beradi. Portening yana asosiy funktsiyalaridan
biri yashash hisob-kitobini yuritishdir.
Har bir xodimning asosiy vazifasi mehmonlarga xizmat qilish va mexribonchilik
ko’rsatishdir.
Xona tozalash xizmati
Xona xizmatchilarining boshlig’i xodimlarning nomerlarni tozaligi, ofis, ishlash
joylarining ozoda saqlanishi bo’yicha olib borilayotgan ishlarga javobgardir. Bosh
xizmatchi vazifalarni oladi va bo’ysinuvchilarga taqsimlab bo’ladi. Xizmatchilarning
har kungi majburiyati nomer bo’sh yoki bandligidan qat’iy nazar nomer tozaligini
saqlashdir.
Animatsiya xizmati
Zamonaviy inson ehtiyojining o’zgarishi, uning yashash tarzini o’zgarishiga olib
keldi va uning dam olish hohishiga ham ta’sir o’tkazdi. An’anaviy dam olish o’zgardi.
Turizmda yangi «Animatsiya» tuShunchasi mavjud. Animatsiya – bu dam oluvchilarni
bo’sh vaqtlarini sport va ko’ngilxushlik dasturi asosida vaqti chog’lik bilan
o’tkazishini tuShunishimiz mumkin. Kurort va klubli otellar turistlarga to’liq
animatsiya dasturini taklif etish uchun (tennis korti, basketbol, voleybol, akvalangda
sho’ng’ish, Shuningdek basseynlar, plyaj barlari, «taverna»lar, kechki klublar)
imkoniyatlari keng bo’lgan infratuzilmaga muhtojdir. Bu ob’ektlarning dizayni alohida
e’tiborni talab qiladi. Ushbu faoliyat ko’rsatayotgan markazlar bir-biridan uzoq
joylashmagan bo’lishi, dengiz yonida, sotuv nuqtalari (barlar va ovqatlanish joylari)
yaqinida joylashgan bo’lishi kerak.
Animatsiya bilan mustaqil bo’lim shug’illanishi yoki bo’lmasa aynan
mehmonxona turistlarni animatsiyaga bo’lgan talablarini qondirishga qaratilgan
bo’lishi kerak. Bu bo’limda xizmat qiluvchilar yuqori malakali mutaxassislar bo’lishi,
ruhiyatni, musiqa, rassomchilik san’ati, chet tillarini biladigan bo’lishlari shart.
Animatorlar birinchi meditsina tibbiy yordam ko’rsatishni bilishlari, gimnastika,
aerobika mashqlarini olib bora olishlari, bunda dam oluvchilarni yoshlarini hisobga
olishi shart. eng asosiysi ular xushmuomala bo’lishlari shart. Otel boshliqlari Shuni
esda to’tishlari kerakki – animatorlar alohida xizmatchilar, ularga yuqori e’tibor
qaratish zarur.
Bu xizmat sanitar-texnik vositalarni maromli ishlashini va elektr qurilma hamda
sistemalarni ta’mirlash va qurilish xizmatlarini, Shuningdek ichki va tashqi
qulayliklarni yaratishni ta’minlaydi.
Tijorat xizmati
Tijorat xizmati strategik va operativ rejalashtirish, marketing, xo’jalik va
moliyaviy faoliyatning natijalarini tahlili bilan shug’ullanadi. Bu xizmatni tijorat
501
direktori, direktor o’rinbosari yoki moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo’yicha menejer
shug’ullanadi.
Ma’muriy xizmat mehmonxona majmuasining barcha xizmat bo’limlarining
ishini tashkillashtirilishiga javob beradi. U moliya, xodimlar (kadrlar) bilan ta’minlash
masalalari bilan shug’illanadi, xodimlarga yetarli ish sharoitlarini yaratish, texnika
xavfsizligiga, ekologiya va yong’inga qarshi qo’yilgan normativ talablarni bajarilishini
nazorat qiladi, hamkorlar va tashqi aloqalar bilan shug’illanadi. Bu bo’limni oliy toifali
menejer yoki mehmonxona direktorining o’zi boshqaradi.
Bu ishga otel xizmatchilari juda jiddiy munosabatda bo’ladilar. Mijozlarni va
ularni buyumlarini xavfsizligini ta’minlash mehmonxona xizmatchilarining dastlabki
majburiyatlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek xavfsizlik xizmati yong’in chiqish
xavfsizligiga ham javobgardir. Xavfsizlik xizmati keng ma’noda jismoniy xavfsizlik
va mehmonlarni mulklari va mehmonxonaning xususiy mulklarining xavfsizligiga
javobgar.
Bino va binoning hududi, otel hududidagi tungi yoritgichlar, otel yonidan
o’tuvchi yo’lovchilardan va bezorilardan saqlash, suvdagi xavfsizlikni ta’minlash,
vestibyuldagi buyumlarni, ofisdagi aloqa xizmatini Shuningdek restoran va bardagi
mulklarni yaxshi saqlanishini ta’minlashdir.
Mulklarni xavfsizligini ta’minlashning asosiy sharti har qanday holatga qarshi
signalizatsiya o’rnatilganligidir. YOng’in chiqqandagi signalizatsiya hamma otellarda
bor hisob.
Mehmonxonalarda Shuningdek yordamchi va qo’shimcha xizmatlar mavjud.
YOrdamchi xizmatlar: kir yuvish, choyshablar almashtirish, xona tozalash xizmatlari,
kiyim tozalash va boshqalar.
Qo’shimcha xizmatlar: kichik ta’mirlash, sartaroshlik, sauna, basseyn, biznes
markaz, savdo shaxobchalari, sport-sog’lomlashtirish markazi va boshqalar.
Mehmonxona majmuasining qurilishidan ancha ilgari u loyihalashtiriladi.
qurilayotgan majmua atrof landshaftiga moslashtirilishi hamda ekologiya talablariga
javob berishi kerak. Mehmonxona qurilishida yana zarur bo’lgan talablardan bu – avto
va aerovokzallarga, temir yo’l stantsiyalariga chiqishga qulay aloqa yaratilishi, hamda
mehmonxonaga keladigan qulay transport yo’llarini mavjudligidir.
Barpo etilayotgan mehmonxona kompleksi asosiy va yordamchi binolarga
bo’linadi.Mehmonxonaning asosiy binosiga alohida turgan yoki turkompleksga kirgan
oshxona, yotoq korpusi, sport binolari va boshqalar kiradi.
Mehmonxona binosi o’z funktsiyasiga ko’ra yashash va xizmat ko’rsatish
bo’limlariga bo’linadi. Xizmat ko’rsatish bo’limlari bu – ma’muriy, xizmat-ko’rsatish
va yordamchi xo’jalik binolaridir.
Ma’muriy bino bo’limiga vestibyul, ma’muriy xizmat ko’rsatish, byuro xizmati,
qabulxona, direktsiya, kadrlar bo’limi, ta’minot bo’limi, garderob, yukxona, shveytsar
xizmati bo’limlari kiradi.
Xizmat ko’rsatuvchi bino bo’limiga aloqa agentligi, transport xizmati kassasi,
gazeta, jurnallar, kitoblar, suvenirlar, parfyumeriya sotuv kiosklari, dori kiosklari,
sartaroshxona, restoranlar, kafe, barlar, konferentsiya zallari, kiyim tozalash va tikish,
poyafzal ta’mirlash, kutubxona, trenajyor zallari va boshqalar kiradi.
502
Yordamchi xo’jalik xonalar: xizmat qiluvchi xodimlarga ajratilgan xonalar,
choyshablar saqlanuvchi xonalar, kir yuvish xonalari, ta’mirlash ustachilik xonalari,
suv isitish xonalari va boshqalar. Mebel va nomerlarni pardozlash bu mehmonxona
intereriga bog’liq. «Interer» so’zi mehmonxonaning ichki qiyofasi degan ma’nolarni
anglatadi. Mehmonxona mebeli va boshqa yumshoq jihozlar xonalarning shinamligini
va mehmonxonaning asosiy intererini belgilaydi. Mehmonxona mebellari maishiy,
idora xizmatiga oid, restoranga oid va maxsus mebellarga bo’linadi. Maishiy
mebellarga nomerdagi krovatlar, shkaflar, javoncha (tumbochka), stol va stullar kiradi.
Idoraga oid mebellarga ofisni jihozlash uchun hamda turli xizmat xonalariga xizmat
qiluvchi mebellar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |