4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda vujudga kelayotgan jahon iqtisodiy va
siyosiy tizimidagi shiddatli o‗zgarishlar ko‗pgina iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan
va taraqqiy etayotgan davlatlarda mazkur jarayonlarni chuqur tahlil qilib, o‗zlari
uchun to‗g‗ri yo‗lni tanlab olishlarini taqozo etmoqda. Chunki, mamlakat iqtisodiy va
ijtimoiy ahvoliga ta‘sir etuvchi har qanday jarayonning mazmun va mohiyatini
chuqur o‗rganish tanlangan yo‗lning nechog‗lik to‗g‗ri yoki aksi ekanligini ko‗rsatib
beradi.
Bugungi kunda turizm iqtisodiyotini isloh qilish va milliy taraqqiyot modelini
mukammallashtirishga o‗zining salmoqli hissasini qo‗shuvchi tarmoq sifatida
shakllanishi uchun muayyan shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, turizmni
rivojlantirishning milliy
modelining shakllanish xususiyatlari umummilliy,
shuningdek, hududiy iqtisodiy taraqqiyotga o‗zining ijobiy ta‘sirini ko‗rsatadi.
O‗zbekistonga kelayotgan turistlar yildan-yilga ko‗paymoqda. Xususan, 2015
yilda
mamlakatimizga
2
million
nafardan
ko‗proq
sayyoh
tashrif
buyurgan. Mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish va sayyohlarga
ko‗rsatilayotgan xizmatlar ko‗lamini kengaytirish doimiy e‘tiborda bo‗lib kelmoqda.
Shu boisdan ham, XXI asrning eng serdaromad sohalaridan biri hisoblangan
turizm sanoatining yangi asrda hududiy va jahon miqyosida rivojlanishini tahlil va
tadqiq qilish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Chunki,
zamonaviy
turizm
sohasini
mamlakat
va
dunyo
miqyosida
rivojlanish
tendensiyalarini tahlil qilish va kerakli xulosalarni chiqarish, uning barqarorligi va
kelajagini belgilab beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasining tez sur‘atlar bilan o‗sishi
yurtimizga katta hajmdagi valyuta tushumlarini kirib kelishi va yangi ish
o‗rinlarining paydo bo‗lishiga olib kelmoqda. Bu haqda respblikamiz Birinchi
Prezidenti I.A.Karimov quyidagicha ta‘kidlaydi: ―Turizm sodda qilib aytganda,
dunyoni tushunish, dunyoni anglash, shu bilan birga, dunyo sahnasiga chiqish
5
demakdir. Biz ana shu muhim sohani rivojlantirishimiz, uning keng imkoniyatlaridan
foydalanishimiz kerak.‖.
1
Darhaqiqat, turizm sohasi o‗z navbatida sayyohlik sohasining rivojiga bog‗liq
bo‗lib, uning taraqqiyotini belgilovchi omil hisoblanadi. Chunki, olimlarning
ta‘kidlashicha, sayohat boshqa xalqlar haqida bilim beradi va masofaviy jihatdan
uzoq bo‗lgan davlatlarni ham bir-biriga yaqinlashtiradi. Shu bilan birga, turizm
sohasi o‗z navbatida mehmondorchilik sohasi bilan birgalikda mintaqalardagi
xizmatlar, yalpi ichki mahsulot va investitsiyalarning tarkibidagi o‗zgarishlarni
amalga oshirishga o‗z hissasini qo‗shmoqda.
Demak, turizm sohasi iqtisodiy ko‗rsatkichlarning rivojlanishiga hissa qo‗shishi
natijasida respublikamizning mintaqalarini rivojlantirishga ham o‗zining ijobiy
ta‘sirini o‗tkazadi hamda mintaqalarning iqtisodiy salohiyati yaxshilanadi.
Xususan, Xorazm viloyati mintaqasida turizm sohasini rivojlantirish sohadagi
mavjud muammolarni hal qilishni taqozo qiladi, sohani keng taraqqiy qildirishning
zamonaviy va yangi turlarini tadbiq qilishni talab qiladi. Bu esa Xorazm viloyat
mintaqasida turizm sohasini rivojlantirish holati, ahvolini tahlil qilish, infratuzilma
tarmoqlarining ta‘siri va turizmni rivojlantirishning yo‗nalishlari va istiqbollarini
o‗rganish bilan bog‗liq. Tanlangan mavzuning dolzarbligi ham bevosita ana shular
bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: