Pasport va vizaga oid rasmiyatchiliklar quyidagilardan iborat:
Pasport fuqaro shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir. Unda jinsi, yoshi, tug‘ilgan va
yashaydigan joyi, fuqaroligi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Xorijiy pasportdan tashqari alohida
vaziyatlarda diplomatik, xizmat, konsullik pasportlaridan foydalanish mumkin;
Xorijlik pasporti (shaxsini tasdiqlash) yoki mamlakatda doimiy istiqomat qilayotgan
xorijiy fuqaroga beriladigan fuqaroligi yo‘q shaxslar hujjati;
Er va xotinga (farzandli yoki farzandsiz) beriladigan oilaviy pasportlar;
Bola pasporti, dengizchi pasporti va boshqalar;
1995-yil 26-martdan yettita Yevropa davlatida Shengen bitimi kuchga kirdi va unga
muvofiq Belgiya, Niderland, Lyuksemburg, Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Portugaliya ichki
chegaralarida chegara tekshiruvi osonlashdi. Keyinchalik Shengen bitimiga Yunoniston ham
qo‘shildi. Ikki xil vizalar joriy etildi:
Yagona Shengen vizasi, uch oygacha muddatga beriladi va Shengen bitimini tuzgan
mamlakatlar hududida erkin harakatlanish huquqini beradi.
Uch oydan ortiq muddatda beriladigan milliy kirish vizasi, uni berish Shengen
bitimiga kirgan davlatning alohida huquqidir. Yevropa ittifoqiga kirmagan davlatlar, jumladan
Rossiyalik turistlar uchun kirishning vizali tartibi saqlangan. Kirishning imtiyozli tartibi
Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Latviya va Estoniya fuqaroligiga tegishli.
O‘zbekistondagi bojxona qoidalari.
Xorijiy valyuta olib kirish va olib chiqish
cheklanmagan, deklaratsiya shartnomasida 2000 AQSH $ dan ortiq miqdorda xorijiy valyutani
olib chiqishga mamlakatga muvofiq miqdorda pul olib kirilganini tasdiqlovchi bojxona
deklaratsiyasi bo‘lsa, ruxsat beriladi. Milliy valyutani naqd ko‘rinishida olib chiqish va olib kirish
272000 sum qilib cheklangan (274 AQSH $ atrofida). Yirik miqdordagi milliy valyutani olib
kirish va olib chiqish Markaziy bank ruxsati bilan mumkin (ko‘plab nazorat punktlarida olib
chiqiladigan pullar tekshiruvi amalga oshirilmaydi). 16 yoshdan katta shaxslarga 1000 tagacha
sigaret yoki 1000 gr. tamaki mahsulotlari; 1,5 litrgacha alkogol ichimliklar va 2 litrgacha vino;
shaxsan foydalanish uchun ma’lum miqdorda pardoz vositalari, shuningdek, umumiy miqdori
10.000 $ dan ko‘p bo‘lmagan shaxsan foydalanish uchun mahsulotlar bojsiz olib kirishga ruxsat
berilgan. Giyohvand moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dori-darmon (ularni qo‘llash zaruratini
tasdiqlovchi resepsiz), qurol va o‘q-dori, O‘zbekiston davlat siyosati va islom aqidalariga qarshi
yo‘naltirilgan foto sur’atlar, bosma va videomaterillarni, hayvonlarni (ularni olib kirish uchun
maxsus ruxsat zarur), meva va sabzavotlarni olib kirish ta’qiqlangan. Barcha qimmatbaho
buyumlar (taqinchoklar, foto va video kameralar, kompyuterlar va hakozo) bojxona
deklaratsiyasida qayd etilgan bo‘lishi shart.
Qimmatbaho materiallar va toshlar, muyna, qurol va o‘q-dori, badiiy va tarixiy qimmatga
ega buyumlar (bunga tayyorlanganiga 100 yildan ko‘proq bo‘lgan har qanday buyum kiradi) ni
olib chiqish uchun davlat Madaniyat Vazirligining maxsus ruxsati zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |