21.4. Turizm rasmiyatchiligiga oid hujjatlar
«Forma» lotin tilidan tarjima qilinganda o‘rnatilgan tartib ma’nosini beradi. «Formalniy»
o‘rnatilgan namuna bo‘yicha bajarilgan demakdir. «Formalnosti» - «Rasmiyatchilik» - biror bir
muhim va ma’suliyatli ishni bajarishda talab qilinadigan, qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan
shartlar yoki harakatlar majmuidir.
Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif buyurmoqchi bo‘lgan shaxslar
odatda faqat chegaraga oid va bojxona rasmiyatchiliklari mavjud deb o‘ylashadi. Biroq, turist o‘z
davlatiga olib kirishi mumkin bo‘lgan bir talay hayot uchun o‘ta xavfli kasalliklar mavjud, tropik
mamlakatlarga kirishni tartibga solib turadigan sanitar – epidemiologik qoidalar ham juda muhim
ekanligiga e’tirozlar bo‘lmasa kerak. Tibbiy sanitar qoidalarini bilish va ularga qat’iy amal qilish
turistni sayohat chog‘idagi ko‘plab ko‘ngilsizliklardan saqlaydi.
Chegaradan hayvonot va o‘simliklar namunalarini o‘tkazishning qat’iy belgilangan tartibi
ham xorijga safar chog‘ida sug‘urta qilish masalasi ham turist uchun muhim ahamiyatga egadir.
Bundan tashqari, bir qator boshqa, qonunchilik tomonidan davlat manfaatlari va jamoat
xavfsizligi hamda sayohat qilayotgan shaxslar va atrof-muhit muhofazasi nazarda tutilgan xalqaro
turizmning keng ommaga deyarli noma’lum shartlari va qoidalari ham mavjud.
Shunday qilib, turizm rasmiyatchiliklari – bu turist, turistik firmasi (keyinchalik turfirma)
va boshqa davlatga tashkil qilinayotgan sayohatni tayyorlash va o‘tkazishga aloqador boshqa
barcha tashkilotlar amal qilishi lozim bo‘lgan, u yoki bu davlat yoxud bir guruh davlatlar
qonunchiligini bir vaqtning o‘zida qabul qilgan qat’iy shartlardan iborat.
Turizm rasmiyatchiligiga amal qilish, go‘yo bu ish ahamiyatli bo‘lmagan yoki ma’nosiz,
qandaydir ortiqcha va kerakmas rasmiy qoloq marosimlarni bajarish, deb o‘ylash haqida gap ham
bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, bu yerda o‘rnatilgan tartibga uning ichki mohiyati emas,
faqat tashqi tomoniga e’tibor berib, ko‘r-ko‘rona amal qilishni anglatadigan «quruq rasmiyatchilik
- formalizm» atamasini eslash ham noo‘rin. Ba’zi turizm rasmiyatchiliklari bevosita turistga
tegishlidir, masalan, xorijiy pasport olish zarur, chegaradagi nazorat va bojxona tekshiruvidan
o‘tish tartibiga amal qilish, bir qator tropik mamlakatlarga safar qilishda «sariq bezgak»ga qarshi
emlash va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |