[править | править код]
Материал из Википедии — свободной энциклопедии
Перейти к навигацииПерейти к поиску
См. также: Этнология
Для термина «Народоведение» см. также другие значения.
Этногра́фия (от др.-греч. ἔθνος — народ и γράφω — пишу) — наука, изучающая народы-этносы и другие этнические образования, их происхождение (этногенез), состав, расселение, культурно-бытовые особенности, а также их материальную и духовную культуру[1].
Н. Н. Харузин (1865—1900) определял этнографию как науку, «которая, изучая быт отдельных племён и народов, стремится отыскать законы, согласно которым шло развитие человечества на низших ступенях культуры»[5].
Этнография
I Этногра́фия (от греч. éthnos — племя, народ и ...графия
общественная наука, изучающая народы-этносы и др. этнические общности, их этногенез, быт, культурно-исторические отношения. Основной предмет Э. составляют черты традиционной повседневной (бытовой) культуры народа, образующие его этнический облик. Главный источник Э.— данные, полученные методом непосредственного наблюдения жизни народа (стационарные и экспедиционные исследования, сбор коллекций и др.); используются также материалы анкетных опросов. Во взаимодействии с другими науками (археология, история) Э. воссоздаёт этническую историю, Первобытнообщинный строй (по его пережиткам у современных народов). С искусствоведением и фольклористикой Э. связывает проблематика народного творчества (См. Народное творчество), с экономическими науками, социологией — исследование хозяйственной деятельности и социальной структуры, с языкознанием — проблема языкового родства, влияний и т. д. Данные географии используются при изучении взаимодействия этноса и природной среды, типов расселения, при составлении этнографических карт (См. Этнографические карты). Миграции и численность народов исследуются совместно с демографией, Этногенез — с антропологией. Э. ставит и решает как познавательные, так и практические проблемы этнических аспектов перестройки быта, современных этнических процессов, формирования новых наций, борьбы с пережитками и т. д.
UDK: 397.4 ZARAFSHON VOHASI LO‘LILARINING AN’ANAVIY TURMUSH TARZIDAGI ETNOIJTIMOIY JARAYONLAR Z.O. Qoryog‘diev Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali E-mail: koryogdiyev.zufar@gmail.com Annotatsiya. Maqolada Zarafshon vohasi lo‘lilarining an’anaviy turmush tarzi va undagi etnoijtimoiy jarayonlar ilmiy adabiyotlar hamda dala etnografik materiallari orqali qiyosiy tahlil qilingan. Lo‘lilarning vohaga kirib kelish tarixi, kundalik hayot tarzi va ko‘chmanchi turmush tarzidan turg‘unlashuv jarayonlariga o‘tish bilan bog‘liq etnomadaniy o‘zgarishlar tadqiq qilingan. Kalit so‘zlar: etnoijtimoiy jarayonlar, etnik guruh, turg‘unlashuv, e’tiqod, etnik stereotip, jamoaviy mehnat, etnoassimilyasiya. Этносоциальные процессы в традиционным образе жизни цыган Зеравшанского оазиса Аннотация: В статье сопоставительно анализируются этносоциальные процессы в традиционным образе жизни цыган Зеравшанского оазиса по научным литературам и полевым этнографическим исследованиям. Исследуются этнокультурные трансформации, связанные с историей прихода цыган в оазис, их образ жизни, переход от кочевой жизни к процессу оседания. Ключевые слова: этносоциальные процессы, этническая группа, оседать, религия, этнический стереотип, общественный труд, этноассимиляция. Ethnosocial processes in a traditional Gypsies (luli) lifestyle of Zerafshan oasis Abstract: This article is devoted to the comparative analisys of ethnosocial processes in a traditional Gypsies lifestyle of Zerafshan oasis, according to the scientific literatures and the field ethnographic investigations. The ethnocultural transformations connected with the history of Gypsies arrival to the oasis, their lifestile, transformation from nomadism into settlement is investigated. Keywords: ethnosocial processes, ethnic group, to settle, religion, ethnic stereotype, ethnoassimilation. Dunyo miqyosida yashovchi turli xalqlardagi etnoijtimoy jarayonlarni, ularning tarixini, hozirgi kundagi zamonaviy etnomadaniy aloqalarini ilmiy asosda tadqiq qilish Etnologiya faniningdolzarb vazifalaridan biridir. Qolavera, etnoslararo munosabatlar qizg‘in kechayotgan bugungi davrda turli xalqlarning milliy mentaliteti va ijtimoiy-madaniy jarayonlar dinamikasini tadqiq qilish juda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu zaruratdan kelib chiqib, maqolada Zarafshon vohasi lo‘lilarining etnoijtimoiy jarayonlarini etnografik materialar asosida tahlil etishga imkon qadar harakat qildik. Tarixdan ma’lumki, lo‘lilarning azaldan o‘z hududi va milliy davlatchiligi bo‘lmagan, ular dunyoning deyarli barcha mamlakatlari bo‘ylab tarqalib ketgan. Afsuski, hozirga qadar lo‘lilar tarixi va etnografiyasi etarlicha o‘rganilmagan. Lo‘lilarning turmush darajasida qanday transformatsion jarayonlar yuz bermasin, ular madaniyati qanchalik modernizatsiyalashmasin, atrofidagi xalqlarda lo‘lilar haqida o‘ziga xos stereotiplar mavjud bo‘lib kelmoqda. Lo‘lilar odatda boshqa etnik guruhlardan alohida, ulardan ajralgan holda hayot kechirib keladilar. Shuning uchun ularning ijtimoiy, huquqiy, maishiy holatini o‘rganish nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Etnik stereotip (u yoki bu etnoslar haqida, ularning mentaliteti haqidagi barqaror, soddalashgan tasavvur) va avtostereotip (o‘zi haqidagi tasavvurlar) [5] kabi tushunchalarni chuqur tahlil qilish millatlararo munosabatlarni o‘rganishda muhim hisoblanadi. So‘nggi yillar mobaynida mamlakatimizda millatlar o‘rtasida tolerant munosabatlar rivojiga katta e’tibor qaratilayotgani bunday ijtimoiy muammolarning tarixiy va etnopsixologik omillarini to‘g‘ri anglash imkonini bermoqda. Dastavval lo‘lilarning kelib chiqish tarixi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsak. Tarixiyetnografik adabiyotlarda lo‘lilarning qachon va qayerdan kelib chiqqanligi, ularning ona vatani yoki vatandoshlari kimlar ekanligi bir muncha bahs-munozarali masala bo‘lib, bu borada olimlarning turli talqinlarini ko‘rishimiz mumkin. O‘z navbatida, lo‘lilarning o‘zlari ham ushbu savolga aniq javob aytishga qiynalishlarini inobatga oladigan bo‘lsak, buni tabiiy hol deb baholash mumkin. Zeroki, jahongashta lo‘lilar uzoq davrlar mobaynida er kurrasining turli mintaqalariga tarqalib, ko‘plab xalqlar orasiga kirib borishi asnosida ularning tili va odatlari qisman o‘zgardi. Lo‘lilar turli xalqlar orasida muayyan vaqt yashab turib, beixtiyor ulardan ko‘p narsalarni o‘zlashtirganlar. Shunday ekan, qaysi bir xalq boshqa xalqqa nisbatan ularga hayot tarzi, tili, tashqi ko‘rinishi jihatidan yaqinroq ekanligi haqida xulosa chiqarish birmuncha mushkul hisoblanadi. Ammo, aksar tarixchi olimlarning ishlarida lo‘lilar qadimdan Hindiston diyorida istiqomat qilganlari va aynan u yerdan keyinchalik butun dunyo bo‘ylab tarqalganliklari haqida fikrlar qayd qilingan. Xususan, A.Shile [3] o‘zining “Цыгане” nomli maqolasida lo‘lilarning Hindistondan tarqalishini bu mamlakatning buyuk sarkarda Amir Temur tomonidan fath etilishi bilan bog‘laydi. Uning qayd etishicha, Amir Temur qo‘shini Hindistonga kirib borishi bilan uddaburon lo‘lilar o‘zlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ixtiyoriy ravishda ayg‘oqchi-josuslar va armiyaga oziqovqat yetkazib beruvchilar sifatida amirning xizmatiga kirishadi. Bu vazifalar lo‘lilar uchun ham manfaatli edi, ham ularning turmush tarziga hamohang edi. Shu sababli lo‘lilar Amir Temur qo‘shini bilan birgalikda Kavkazorti mamlakatlarigacha yetib borishgan. Yuqoridagi qaydlarning haqiqatga yaqinligini, ya’ni lo‘lilarning Hindistondan kelib chiqqanliklarini toponimik tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. O‘zbekistonning turli mintaqalarida lo‘lilarni turli nomlar bilan atashgan bo‘lib, ularni “lo‘li”, “jo‘gi”, “mo‘ltoni” deb ham atashadi. Bu Karachi va Mo‘lton shaharlari nomi bilan bog‘liq, degan farazlar mavjud. Markaziy Osiyo lo‘lilarining ayrim guruhlari jo‘gi (hindcha - kambag‘al, qashshoq), “hindistoniy”, “bo‘lujiy” deb atalishi ham lo‘lilarning asl vatani Hindiston bo‘lganligini tasdiqlaydi. Shuningdek, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, lo‘lilarning dastlabki guruhlari milodning boshlarida ̶ V-VII asrlarda va keyingi davrlarda Shimoliy Hindistondan tarqala boshlagan. Ularning ayrim guruhlari Hindistondan Balujiston – Afg‘oniston – Eron – Kavkaz – Turkiya orqali Yunonistonda, ikkinchi yo‘l Hindiston – Eron orqali Markaziy Osiyoda tarqalgan. Shu asnoda lo‘lilar Markaziy Osiyoga, xususan Zarafshon vohasiga bundan ko‘p asrlar oldin kelib joylashganlar. Ularning lingvistik xususiyatlari o‘zgargan hamda moddiy va ma’naviy madaniyatning ayrim unsurlari atrofdagi xalqlar bilan assimilyasiyalashgan. Mintaqada yashovchi aksariyat lo‘lilar ikki tilda, ya’ni o‘zbek va tojik tillarida so‘zlashsalarda, tojik tili ularning turmush tarzida asosiy til hisoblanadi. O‘tmishda lo‘lilarning yerga egalik huquqi bo‘lmagan va ular bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishiga to‘g‘ri kelgan. Keyinchalik lo‘lilar shaharlarga hamda qishloq aholi punktlariga yaqin joylarda doimiy to‘xtash joylariga ega bo‘la boshlaganlar. Samarqand va Buxoro atrofidagi shunday to‘xtash joylaridan lo‘lilar istiqomat qiladigan turar joylar hamda kvartallar shakllana boshladi. Xususan, Buxoro shahri atrofidagi Otbozor mahallasida 80 ta xo‘jalik, Bohauddin Naqshband ko‘chasida 70 ta xo‘jalik, Galaosiyo shaharchasida 100 ta xo‘jalik, Geologlar ko‘chasi va ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2018-yil, 4-son 50 Sadriddin Ayniy mahallalarida 100 dan ortiq xo‘jalik istiqomat qiladi. Har bir xo‘jalikda o‘rtacha 10 nafar kishi istiqomat qilishini hisobga oladigan bo‘lsak, Buxoroda taxminan 3500 nafar atrofida lo‘lilar yashashining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Dala tadqiqotlari davomida guvohi bo‘lganimizdek, ba’zi lo‘li xonadonlari kamida 2-3 ta oilalardan iborat bo‘lib, hatto 15-20 nafar qarindoshlar bir xonadonda istiqomat qiladilar. Bunday yirik xo‘jaliklardan iborat lo‘li mahallani katta tajribaga ega vakil boshqaradi. Vakillikka mahallaning yoshi ulug‘, hurmat-e’tiborga ega oqsoqollaridan biri munosib ko‘riladi va uning boshchiligida barcha ishlar amalga oshiriladi. Xususan, Buxoro shahrida joylashgan “Otbozor” mahallasining oqsoqoli - bir necha yillar Buxoro aeroportida ishchi, so‘ng Vobkent tumanidagi kolxozda kolxozchi bo‘lib ishlab kelgan Panji bobo Azamatov boshchiligida hozirgi kunda mahallanining ijtimoiy munosabatlari tartibga solib kelinmoqda. U kishining ma’lumot berishicha, “mahalla katta hududni o‘z ichiga olib, bu yerda o‘zbeklar va lo‘lilar hamjihatlikda, o‘zaro inoq bo‘lib yashab kelishmoqda.” [1] Bu mahallada turli kasb egalari va ijtimoiy-iqtisodiy toifaga mansub kishilar istiqomat qiladilar. Voha lo‘lilari etnografiyasini o‘rganish asnosida ularni shartli ravishda uch ijtimoiy toifaga bo‘lish mumkin. Birinchi ijtimoiy guruh o‘qimishli yoki ziyoli lo‘lilar bo‘lib, bu toifa nisbatan ozchilikni tashkil qiladi. Dala etnografik tadqiqotlari natijasida ular orasida olim, shifokor, harbiy va boshqa kasb egalarini kam uchratdik. Ikkinchi ijtimoiy guruh jamiyatning o‘rta bo‘g‘iniga mansub lo‘lilardan iborat. Bu guruhga mansub lo‘lilar asosan dehqonchilik, fermerlik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanadilar. Shuningdek, ular orasida musiqachilar va milliy cholg‘u asboblarini mohirona ishlata oladigan san’atkorlar ko‘pchilikni tashkil qiladiki, ularni voha aholisi juda yaxshi musiqachilar sifatida bilishadi. Uchinchi toifa lo‘lilar tilanchilik va folbinlik bilan shug‘ullanishadi va ularni aholi gavjum bo‘lgan barcha joylarda uchratish mumkin. Lo‘lilarning fikricha, tilanchilik bilan shug‘ullanish bugungi kunda nisbatan kamayib bormoqda. Buning sababi – etnoassimilyasiya, ya’ni lo‘lilar orasida ma’lumotli odamlarning ko‘payishi, shuning natijasida ularning atrofdagi voqeliklarga munosabatlari o‘zgarib, dunyoqarashlaridagi o‘sish, o‘zbeklar bilan aralashib ketish jarayoni, desak xato bo‘lmaydi. Biroq, lo‘lilar qaysi makon yoki zamonda bo‘lmasin o‘zlarining an’anaviy mashg‘ulotlari tilanchilikdan butkul voz kechmay kelayaptilar. Ularning bu odatlarining ham moddiy, ham falsafiy asoslari bor. Moddiy asosi shundan iboratki, lo‘lilar o‘zlari uchun qulay makonni izlab ko‘chib yurishlari, doimiy mashg‘ulot turi bilan shug‘ullanishlariga to‘sqinlik qilgan. Kun kechirish, tirikchilik uchun pul topishning oddiy usuli esa tilanchilik bo‘lgan. Ammo, bu ham asosiy sabab emas, nazarimizda. Lo‘lilarda “O‘z ruhiyatingni dunyo bo‘ylab izla!” degan falsafa, qoida mavjud. Ular uchun o‘z ruhiyatini topish, ozodlik ruhini topish, hech qayerga va hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan ruhni topish ajdodlardan meros qadriyat hisoblanadi. Hozirga qadar lo‘lilar uchun bu keng olam o‘z uyi, o‘z Vatanidir. Ular dunyo kezib o‘z rizq-nasibalarini terishni sharaf deb biladilar. Lo‘li oilalarida yoshu-qari birdek ishlaydi, barchaning o‘ziga xos vazifalari bor. Keksa ayollar fol ochish, mahallalar bo‘ylab aylanib, mol ayirboshlash bilan shug‘ullanishsa, keksa yoshli erkaklar yelkalariga qopni tashlab olib, ko‘cha kezib tilanchilik qilishadi. Erkaklari hunarmandchilik, dehqonchilik, ko‘chalardan ikkilamchi xom ashyolarni yig‘ish va qayta ishlashga topshirish kabilar bilan shug‘ullansalar, ayollari aholi eng gavjum joylarda xayr-ehson so‘rash bilan band bo‘ladilar. Lo‘li bolalari esa tarbiyani, hayot darsini ko‘chada o‘rganishadi. Ayrim lo‘lilarning bashang qiyinish, dabdabali hayot kechirish imkoniyati bo‘lsa ham ular bunday hashamatdan o‘zlarini tiyib, arzon matodan eski kiyimlar kiyib yurishni afzal ko‘rishadi. Lo‘lilarning fikricha, inson bu dunyoga yalang‘och keladi va yalang‘och ketadi. Agar u bunday hashamatga o‘rgansa, sekin-asta hashamatning, nafsning quliga aylanadi. O‘zaro muloqotda bo‘lgan lo‘li onaxonlardan biri shunday deydi: “Biz lo‘lilar sizlarning uyingizga eshikma-eshik yurmasak, kasal bo‘lamiz. Bolalarimiz, nevaralamiz oyoqyalang, yalang‘och yursa ham, kasal bo‘lmaydi. Lekin, uyda o‘tirsak, ukol-dori olamiz, kasalxonaga yotamiz. Aytishlaricha, turli xalqlarga rizq arpa ko‘rinishida teng taqsimlangan ekan, lo‘lilarga esa rizqni berishda arpa ularning orqasidan sochib yuborilgan ekan. Shuning uchun biz odamlarning orqasidan yurib rizqimizni teramiz. Bizlarning rizqimiz sizlarning ustingizda, bir kishini aka deymiz, bir kishini uka deymiz. Ursangiz ham, so‘ksangiz ham yana boraveramiz.”[2] Demak, lo‘lilarda tilanchilik qilish qadriyat darajasiga ko‘tarilgan mashg‘ulot sanaladi. Bu qadriyatni hurmat qilish esa o‘zaro munosabatlarda inobatga olinsa, o‘rinli bo‘lardi. Yuqoridagi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish evaziga orttiriladigan lo‘lilarning kundalik daromadi kamtarona hayot kechirish uchun etarli bo‘lib, ular orasida mulkiy tabaqalanish kuchli emas. Urushlar davri, boshqa etnos vakillari bir burda nonni topolmay yurgan ocharchilik yillari, jahon iqtisodiy inqirozi va boshqa tangliklar ham lo‘lilarning hayot tarziga uncha sezilarli ta’sir qilmagan. Chunki, ularda doimo umumiy moddiy ta’minot manbai bo‘lib, bir burda noni va rizq-nasibasi mavjud. Lo‘lilarda diniy qadriyatlar ham o‘ziga xos jihatlariga ega. E’tiqodi jihatdan vohada yashaydigan lo‘lilar musulmonlardir. Lo‘lilar barcha musulmonlardek dafn etish, namoz o‘qish, xatna qilish kabi amallarni bajaradilar. Shu bilan birga ularda islom dinigacha bo‘lgan ibtidoiy dinlar elementlari, xususan, jin, pari, alvasti, yovuz kuchlar haqidagi tasavvurlar izlari ko‘plab saqlanib qolgan. Ular piyoz, achchiq qalampir, non, o‘tkir buyumlar, qo‘chqor shoxlari, bo‘rining tirnoqlari balo-qazolar va yomon ko‘zdan asrashiga qat’iy ishonishadi. Lo‘lilarda jayra yoki uning tikanlari ham shunday ilohiy kuchga ega, degan tasavvur bor. Qarshi lo‘lilari uchun jayra go‘shtini sevib iste’mol qilish odati saqlangan bo‘lsa, Samarqand lo‘lilari esa qadimiy totemistik tasavvurlarning ayrim unsurlari tufayli, bu jonivor qachonlardir inson bo‘lganligini aytishadi va uning go‘shtini iste’mol qilish ta’qiqlangan.[4] Shunga o‘xshash lo‘lilarning o‘zlariga xos qadriyatlarini saqlab qolish uchun ham ular o‘z etnoslari doirasida asrlar davomida biqiq hayot kechirib kelganlar. Ular o‘z muammolarini har kimga ham aytavermaganlar. Begonalar bilan ochiq muloqotga osonlikcha kirishmaydilar. “Lo‘li mahalla” ular uchun begonalar yaqin yo‘lay olmaydigan qal’a misoli bo‘lgan. Shu sababli ularning jamiyatga assimilsiyalashuvi qiyin kechgan. Lo‘lilarning atrofida yashaydigan xalqlar ularning ichki hayot tarzini, fe’l-atvorini, dardu-tashvishini, kamchiligu-yutuqlarini bilmaganliklari uchun turli uydirmalar paydo bo‘lgan. Bu uydirmalar xalqlarning lo‘lilarga nisbatan o‘zgacha nigoh bilan qarashiga olib kelgan va o‘z o‘rnida lo‘lilarning ham boshqa xalqlarga qo‘shilishiga to‘sqinlik qilgan. Ammo, lo‘lilar bugungi kunga kelib atrofidagi etnoslardan butkul aloqani uzgan, deb aytolmaymiz. Etnografik dala tadqiqotlari davomida shu narsaga guvoh bo‘ldikki, lo‘lilar o‘zbeklar bilan iliq qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari olib bormoqdalar. Bir-birlarining to‘y-ma’rakalarida, ta’ziyalarida ishtirok etadilar. Lo‘lilarda jamoaviylikka intilish ruhi kuchli ekanligini payqash esa qiyin emas. Xulosa qilib aytganda, lo‘lilar qadimiy etnik guruh bo‘lib, dunyoning boshqa joylarida yashovchi lo‘lilar kabi Zarafshon vohasi lo‘lilari ham Hindistondan kelib chiqqanlar. Lo‘lilar ko‘p asrlar davomida darbadar turmush kechirdilar. Vohaga ko‘chib kelganlaridan so‘ng mahalliy o‘troq aholining ta’siri doirasida ularda o‘troqlashuv jarayoni kechdi. O‘troq yashashga o‘tish darhol ro‘y bermay, bu uchun ikki asrga yaqin davr kerak bo‘ldi. Bu jarayon lo‘lilarning etnomadaniyatiga ijobiy ta’sir etdi. Bu ijobiy o‘zgarishlar lo‘lilarning ma’naviy madaniyatida, maishiy hayotida, oila-nikoh va qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlarida, bilim olish imkoniyatlarining vujudga kelishida, ish bilan ta’minlanganlik darajasining ortishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Hozirgi davrda lo‘lilarning o‘troq hayotga moslashuvi, ijtimoiy mehnat ko‘nikmalarini egallashi bilan bog‘liq sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning mohiyatini anglab borayotgan lo‘lilar o‘zlarining azaliy kasb-korlari bilan shug‘ullanish barobarida jamiyat hayotining turli jabhalarida faoliyat yuritishga harakat qilmoqdalar. Bugunga kelib lo‘lilar mamlakat fuquroligiga ega hamda ishlab chiqarish korxonalariga, obodonlashtirish, fermerlik, tadbirkorlik va boshqa ko‘plab sohalarga kirib bormoqdalar. Ammo, o‘troqlashtirish va ijtimoiy mehnatga jalb qilish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, ushbu etnik guruh savodxonlik darajasi past, ijtimoiy va madaniy jihatdan jamiyatning qoloq qismi bo‘lib qolmoqda. Ayrim lo‘li bolalari maktabgacha ta’lim muassasasi va maktablarga qatnamaydilar. Buni ota-onalar moddiy imkoniyatning cheklanganligi, o‘quv qurollari va kiyim-kechak uchun mablag‘ berolmasliklari bilan izohlaydilar. Maktabga bormagan va xat-savod chiqarmagan farzandlar esa biror yaxshiroq ish o‘rniga ega bo‘lolmaydilar. Mahalliy hokimiyat organlari hamda jamoat tashkilotlari bunday salbiy ko‘rinishlarni bartaraf etish uchun lo‘lilar bilan ishlashda jahon amaliyotida to‘plangan tajribalar va aniq chora-tadbirlar asosida ish olib borsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |