Turizm qishlog‘i



Download 79,95 Kb.
bet1/13
Sana01.06.2022
Hajmi79,95 Kb.
#628339
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

O‘zbekistonda birinchi “Turizm qishlog‘i”ni tashkil etishga doir loyihaga start berildi 20.06.2019 18-iyun kuni Toshkent viloyatining Parkent tumani Kumushkon MFY hududida O‘zbekistonda birinchi “Turizm qishlog‘i”ni tashkil etishga doir loyihaga start berildi. Unda Toshkent viloyati hokimi v.b.Rustam Xolmatov, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.b. Abdulaziz Aqqulov hamda tegishli idoralar vakillari ishtirok etishdi. Loyihaga ko‘ra, mazkur hududda 50 ta mehmon uyi, 20 ta xonadon negizida etnoqishloq, 20 ta xonadonni o‘z ichiga oluvchi milliy taomlar qishlog‘i, 15 ta xonadonni qamrab olgan hunarmandlar qishlog‘i, 10 ta xonadon jalb qilingan san’atkorlar qishlog‘i va 20 ta xonadonda agroturizm qishlog‘ini yaratish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu erda mehmonxona, xalq kutubxonasi, yoshlar ijodiyot markazi, xalq o‘yinlari va sport namoyishlari maydonchasi, o‘tovlar shaharchasi, turizm axborot markazlari, suvenirlar va hunarmandchilik mahsulotlari do‘koni, zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalar, sayyohlar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, sun’iy sharsharalar hamda 7 ta mavsumiy dam olish maskanlarini tashkil qilish va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi. Viloyat hokimi Rustam Xolmatovning so‘zlariga ko‘ra, olib boriladigan ishlar natijasida viloyatdagi 450 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi, sayyohlar soni yiliga 250 ming (xorijiy sayyohlar 60 ming) nafarga, turizm xizmatlari hajmi esa 50 milliard so‘mga yetkaziladi hamda byudjetga soliq to‘lovlari qo‘shimcha yiliga 3 milliard so‘mdan to‘lanishi ta’minlanadi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi v.b. Abdulaziz Aqqulov “Turizm qishlog‘i” loyihasi doirasida mehmon uylari, turizm axborot markazlari, mehmonxona majmuasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari Qo‘mita tomonidan amalga oshirilishiga doir tashabbus bildirdi. Shu bilan birga, hududni sayyohlar bilan ta’minlash hamda u yerda turizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishini qayd etdi. “Dunyo bo‘yicha 30 mingta turizm qishlog‘i bor. Qozog‘istonda 4 ta shunday qishloq bor, Tojikistonda yaqinda 1 turistik qishloq ochildi. Shunday ekan, O‘zbekistonda turizm tezkor rivojlanayotgan bir davrda bunday qishloqlarning yaratilishi so‘zsiz soha rivoji uchun xizmat qiladi”, - dedi u. Abdulaziz Aqqulovning so‘zlariga ko‘ra, turizm qishloqlari yetti ko‘rsatkich bo‘yicha talabga javob berishi kerak va Kumushkon MFYda bularning bari mavjud. Qo‘mita raisi hududda infratuzilma borasida kamchiliklar mavjud bo‘lgani bois bu borada birgalikda ish olib borilib, ularning bartaraf etilishini ta’kidladi. Shuningdek, u mehmon uylari faoliyatiga ham alohida to‘xtaldi. “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Turizm qishlog‘i” loyihasini amalga oshirishda mehmon uylari faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi, zero mehmon uylari qanchalik to‘g‘ri tashkil etilsa, qo‘yilgan maqsadlarga shunchalik tez erishiladi. Yevroittifoq bilan bu yo‘nalishdagi qo‘shma loyihamiz mavjud bo‘lib, Kumushkon hududida tashkil etiladigan 50 ta mehmon uyi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ularning egalari uchun maxsus treninglar o‘tkazishni tashkillashtiramiz. Ikkinchidan, mahalliy aholi orasidan mazkur hududlarni yaxshi biladigan yo‘lboshlovchilarni tayyorlashimiz kerak bo‘ladi. Shu bilan birga hududlar bo‘ylab ekskursiya marshrutlarini tashkil qilishimiz lozim. Bundan tashqari, selfi zonalarni yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Internet tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadigan bo‘lsak, Kumushkonga kelayotgan sayyohlarning o‘zlari uni targ‘ib qilishadi. Turizm qishloqlarini yaratishda Axborot markazlari faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi va Qo‘mita bunga doir mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Asosiysi, mahalliy aholi yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanib, hududda olib borilayotgan islohotlarni amalda his qilishi kerak”, - deya xulosa qildi Abdulaziz Aqqulov. Подробнее: https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=532

Varganza - Oʻzbekistonning birinchi agroturizm qishlogʻi (fotojamlanma) 28.09.2019 Kitob tumanining Varganza qishlogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Qashqadaryo viloyat hokimligi bilan hamkorlikda “Anor” xalqaro agroturizm festivali boʻlib oʻtmoqda. Festivalni oʻtkazishdan maqsad Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, boy madaniy merosimiz va tarixiy anʼanalarimizni toʻliq saqlab qolish va koʻpaytirish, milliy hunarmandchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va shu asosda hududda agroturizmni rivojlantirishdan iboratdir. “Anor” xalqaro festivali doirasida Varganzaga birinchi agroturizm qishlogʻi maqomi berildi. Festival tadbirlari bugun Varganza anorzorlari orasidagi bayramona bezatilgan dala shiyponida davom etdi. Tadbirga 22 xorijiy mamlakatdan mehmonlar tashrif buyurishdi, ular kuy-qoʻshiqlar va qaynoqqina tandirdan uzilgan patir nonlar bilan kutib olindi. Varganza mahalla fuqarolar yigʻini raisiga agroturizm qishlogʻining ramziy kaliti topshirildi. Kitob shahrining “Rizvongul” folklor jamoasi ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar barchani raqsga chorladi. Festival tadbirlari doirasida oʻtkazilgan kimoshdi savdosi ayniqsa qizgʻin tus oldi. Shartga koʻra, xorijiy mehmonlar shiypon bilan tutashgan anorzorga kirib, anorlardan uzib chiqishdi. Eng yaxshi pishgan anor uzgan ishtirokchilar varganzalik otaxonlar tomonidan aniqlandi. Tanlangan meva savdoga qoʻyilganida Kitob tumani hokimi Rustam Sagdullayev gʻolib boʻldi. Eʼtiborli tomoni shundaki, savdodan tushgan mablagʻ Varganzada festival davomida tugʻilgan birinchi chaqaloqqa hadya qilinadigan boʻldi. Shundan soʻng Varganza anorini kim chiroyli kesib koʻrsatishini aniqlashga yoʻnaltirilgan bellashuv oʻtkazildi. Buni qarangki, mazkur bellashuvda italiyalik mehmonning qoʻli baland keldi va unga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining sovgʻasi topshirildi. Varganzada anorning paydo boʻlishi haqidagi rivoyat asosida tayyorlangan sahna koʻrinishi ham mehmonlarni qiziqtirib qoʻydi. Emishki, anor dastlab Hazrati Bashir ota tomonidan Qorabuloq bulogʻi yaqinidagi Qizilqoyada ekilgan. U kishidan panoh soʻrab kelgan kishilarga Bashir ota bir dasta anor qalamchalarini berar va ekish uchun Varganza qishlogʻidan joy koʻrsatar ekan. Hassasi bilan Qashqadaryodan Varganzagacha chiziq tortib, ariq qazishni buyurgan va anor sizlarning rizq-roʻzlaringiz, uni koʻpaytiring, deya tavsiya bergan. Подробнее: https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=769


Download 79,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish