“Turizm marketingi” fanidan oraliq nazorat savollari
Variant-1
1. Turistik motivlar (dalillar) haqida toliq ma’lumot bering.
Iste‘molchilar xatti-harakatini, manbalari, unga undaydigan sabablarni, bu
hodisa dalillarini aniqlamasdan o‗rganish mumkin emas. Shaxs faolligi, eng qulay
darajada tashkil qilingan va maqsadga yo‗naltirilgan paytda o‗zining eng yuqori
samaradorligiga erishadi. Bu dalillarning ketma-ketligi bilan ta‘minlanadi.
Insonning ruhiy holatini aniqlaydigan tizimni tashkil qiluvchi sifat bo‗lgan
yo‗nalish uning didini, tavsifini, xulqiy xususiyatlarini aniqlaydi.Dalillar, bu —
o‗zida xulqni mujassamlashtiradigan harakatlarning qandaydir ketma-ketligini
ifodalovchi istaklar, orzular, xohishlar yoki fahmlar. Dalillarning farqlovchi
belgisi, bu — ularning maqsadga yo‗naltirganligi. Harakatni maqsadga
muvofiqlashtirish uchun kishi unga nima kerakligini, nima yetishmaganligini
tushunishi lozim.
Inson xulqi dalillar sanoqsizligi bilan aniqlanadi. Hozirgi paytda ularni
o‗rganishga bo‗lgan qiziqish oshgan, xulq dalillarga odamlarning ehtiyojlari bir xil,
deb qaralmoqda.
Ehtiyoj — jon egasi, inson shaxsi, ijtimoiy guruh yoki butun jamiyat hayot
faolligi va rivojlanishini bir maromda ushlash uchun ob‘ektiv zaruratga bo‗lgan
talab. Bozorda ehtiyojlar to‗lov qobiliyatiga ega bo‗lgan talabda ifodalanadi.
Salohiyatli mijozlar ehtiyojlari va ulardan oladigan afzalliklar ma‘lum bo‗lgan
paytdan boshlab, ularning bugun va kelajakdagi xulqini tushuntirib beradigan
imkoniyat
vujudga
keladi.
Masalan,
yangilangan
turistik
mahsulotni
joylashtirishda marketing bo‗yicha mutaxassis o‗z oldiga quyidagi, eng muhim
bo‗lgan bir qator savollarni qo‗yadi:
mahsulotlarning qaysi tavsiflari o‗zgarishi kerak?
qanday yangi reklama va sotish tadbirlari zarur bo‗ladi?
mahsulotning qanday afzalliklari reklamada o‗z aksini topishi kerak va uni
qanday ketma-ketlikda ifodalash kerak?
Marketing tadqiqotlar yordamida mijozda u yoki bu sotuvni amalga oshirish
xohishini uyg‗otish uchun juda muhim bo‗ladi. Buning uchun quyidagilarni bilish
zarur bo‗ladi:
turistik taklif qanday qabul etiladi;
u qanday ehtiyojlarni qondiradi;
qanday omillar talab rivojlanishini rag‗batlantiradi yoki aksincha,
susaytiradi;
u yoki bu xizmatlarni sotish nuqtai nazaridan mijozlar xulqi qanday
bo‗lmoqda;
turizm sohasi yutuqlariga nisbatan mijozlarning fikrlari qanday.
Demak, iste‘molchilar xulqi dalillarning muammolari sinchiklab o‗rganilishi
lozim. Chunki bunday tadqiqotlar bozor talablariga mos holda javob beruvchi
turistik mahsulotlarni aniqlashga imkon beradi. Ayni Shu vaqtning o‗zida
dalillashtirish jarayoni juda murakkab va bir xil bo‗lmasligini hisobga olish kerak
bo‗ladi. Dalillashtirish nazariyalari juda ko‗p. Ulardan eng asosiylarini ko‗rib
chiqamiz.
Z.Freydning dalillashtirish nazariyasi inson xulqini shakllantiradigan, ammo
ayrim paytlarda buni o‗zi ham anglamaydigan ma‘lum psixologik kuchlar ta‘sirini
tan olishga asoslangan. Buni ichki va tashqi tavsifiga ega bo‗lgan xilma-xil
rag‗batlarning insonga bo‗lgan ta‘siri sifatida ifodalash mumkin. Bu nazariya
marketing uchun muhim, chunki insonni iste‘molchi sifatida iztirobga soladigan
ziddiyatli xohishlari jamiyatga mos keladigan usullar bilan qondirilgan bo‗lishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |