Turizm ma'naviyat va madaniyat targibotchisi


Turizmni rivojlantirishga doir talab va takliflar



Download 197,42 Kb.
bet7/7
Sana16.07.2021
Hajmi197,42 Kb.
#121356
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizm 12

Turizmni rivojlantirishga doir talab va takliflar

Yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar negizida Vatan, xalq manfaati turibdi. Barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilyapti. Bunday ijobiy o‘zgarishlar, rivojlanishni yangi bosqichga ko‘tarish uchun, hammamiz o‘z vazifamizni chin yurakdan ado etishimiz, fidoyi bo‘lishimiz lozim. Turizm sohasini rivojlantirish va sayyohlar sonini oshirish borasida soha mutaxassisi sifatida takliflarim quyidagicha:

- Turizm sohasida faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlarni berish hamda yer oldi-berdi ishlari yengillashtirilib, jahon andozalariga javob beradigan mehmonxonalar sonini ko‘paytirish, shu orqali raqobatni kuchaytirish, mehmonxona narxlarini arzonlashtirish. Chunki turpaketlar narxi oshgan sayin, yurtimizga keladigan sayyohlar soni ham pasayib boradi. Buning natijasida ular ancha arzon narxlarga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarga borishni afzal ko‘rishadi.

- «O‘zbekiston havo yo‘llari» bilan kelishgan holda, aviabiletlarni onlayn xarid qilishni yo‘lga qo‘yib, shaffof onlayn xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish taklifi ham juda dolzarb masala. Rivojlangan mamlakatlarda aviakassa tushunchasi kundalik hayotda hech qachon ishlatilmaydigan so‘z. Turizm taraqqiy etgan biror bir davlatda hech kim aviakassaga borib aviachipta xarid qilmaydi. Biror mamlakatga borgisi kelgan odam uyini tark etmagan holda hamma ishlarini kompyuterdan turib bajaradi. Ko‘pgina yevropaliklar mendan: «Nega sizlarda «O‘zbekiston havo yo‘llari» rasmiy veb-sahifasidan onlayn chipta sotib olishning imkoni yo‘q?», deb so‘rashadi. Agarda reys amalga oshmay qolsa, aviakompaniya veb-sahifasida bu haqda hech qanday ma'lumot berilmaydi. Menimcha, agarda bu yo‘nalishda ham islohotlar olib borilsa, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarning soni keskin oshadi.

- «O‘zbekiston temir yo‘llari»da ham biletlarni onlayn sotib olish tizimini yana ham mukammallashtirilsa, nur ustiga a'lo nur bo‘lardi. Qolaversa, «Afrosiyob» tezyurar poyezdiga yirik sayyohlik guruhlariga biletlarni sotib olish ancha mushkul ish. 40 kun qolganda tizimda biletlarni sotib olish imkoni bo‘ladi. Lekin kassaga borsang, biletlar soni allaqachon cheklangan.

- Yaqinda Toshkent shahridagi Islom Karimov nomli xalqaro aeportga Frankfurtdan uchib keldim. Ahvol ilgariga nisbatan ancha yaxshilangan. Navbatda ko‘p turmaysiz, chet el fuqarolariga alohida xizmat ko‘rsatuvchi darcha mavjud, umuman olganda, muhit ancha ijobiy holatda. Lekin jomadoningni naq bir soat kutasan. Xudo ko‘rsatmasin, Frankfurt reysi bilan bir vaqtda Rossiya va Turkiya reyslari ham qo‘nsa, urdi xudo... Sayyohlarning aksariyati «olijanob», naq ikkita reys chiqib bo‘lgach, keyin chiqishadi. Shuning uchun sayyohlar uchun samolyotdan tushgan zahoti alohida yashil yo‘laklar yaratilsa va ular qanaqa reys bir vaqtda kelishidan qat'i nazar, tezroq aeroportni tark etishga imkoni bo‘lsa, ushbu sohani rivojlantirishda ancha ijobiy natijaga erishgan bo‘lar edik.

- Men shu Vatanni sevib ardoqlovchi barcha fidoyi yurtdoshlarim singari O‘zbekistonni rivojlanishi tarafdoriman va bunda, albatta, yurtimiz tinchligi hamma narsadan ustun, deb bilaman. Bu borada mamlakatimizda barcha chora-tadbirlar ko‘rilgan. Lekin shunday bo‘lishiga qaramasdan, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarga bir davlatdan bizning yurtimizga chegara orqali o‘tayotganda ular uchun ham alohida tizim yaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ya'ni, ularni cho‘chitmasdan tekshiruvdan o‘tkazib, ozroqqina xushmuomalalik bilan chegaradan o‘tkazish.

- O‘zbekistonni turistik davlat sifatida yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan soha mutaxassislari bilan hamjihatlikda O‘zbekiston to‘g‘risida bitta ixcham «sayyohlar uchun qo‘llanma» tayyorlanib, uni barcha tillarga tarjima qilib, arzon narxda yoki agarda imkoni bo‘lsa, bepul chet sayyohlik firmalariga tarqatish. (Har gal Yevropada bo‘lsam, albatta kitob do‘konlarida soatlab vaqt o‘tkazaman, afsuski O‘zbekiston to‘g‘risida birorta sifatli fotoalbom yo‘q. Butun dunyo mamlakatlari (mubolag‘asiz) to‘g‘risida kitoblar mavjud. Albatta O‘zbekiston to‘g‘risida sayyohlar uchun qo‘llanmalar 3–4 ta bor, lekin uni o‘zbeklar emas, yurtimizga kelib ketgan sayyohlar yoki chetdan kelgan soha vakillari o‘zi bilganicha yozishgan).

- O‘zbekiston haqida qiziqarli ma'lumotlar bilan fotoalbomni turizm sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda (ularning g‘oyalari bilan) nashrga tayyorlab, turli tillarda yuqori sifatda chop etish. Uning narxi qimmat bo‘lmasligi zarur va O‘zbekistonda barcha kitob do‘konlari hamda sayyohlar tashrif buyuruvchi do‘konlarda sotishni yo‘lga qo‘yish. Bu loyiha ustida ijodiy guruhim bilan hozirda ishlamoqdaman.

- Yurtimiz, urf-odat va an'analarimiz, milliy qadriyat va boy tarixiy merosimiz haqida hujjatli va badiiy filmlar konkursi e'lon qilinsa va eng saralarini rag‘batlantirib, ular yaratgan filmlarni ingliz, nemis va boshqa tillarga dublyaj qildirib, xalqaro konkurslarda qatnashsak, sayyohlar soni oshishi tayin.

- Yilning eng go‘zal va tartibli xonadoni, ko‘chasi, mahallasi, qishlog‘i, tumani, shahri, viloyati ko‘rik tanlovlari e'lon qilinsa va har yili ularni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilsa, bizning tanti va tirishqoq yurtdoshlarimiz o‘z yashab turgan joyini yaqin yillarda «jannat»ga aylantirib yuborishi aniq. Rivojlangan Yevropa davlatlarida bu juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Germaniyada har yilgi tanlovda ko‘p joylar mahalliy aholi tashabbusi bilan obodonlashtiriladi. Shuning uchun Germaniyaning qaysi qishlog‘i yoki shahriga borsang, ko‘zing quvonadigan darajada hamma joyni bezab qo‘yibdi. Bu esa, o‘z navbatida, sayyohlarni o‘ziga jalb etishi tayin



48 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: 1. O`zbekiston Respublikasining ―Turizm to`g`risida‖gi qonuni. 1999 yil. 2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi ―O`zbekturizm Milliy kompaniyasini tashkil etish to`g`risida‖gi Farmoni. // «Xalq so`zi» gazetasi, 1992 y. 28 iyul. 3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Buyuk ipak yo`lini qayta tiklashda O`zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to`g`risida‖gi Farmoni. // «Xalq so`zi» gazetasi, 1995 y. 3 iyun. 4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―O`zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infrastrukturasini barpo qilish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi Qarori. // «Xalq so`zi» gazetasi, 1995 y. 4 iyun. 5. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to`g`risida‖gi Qarori. // «Xalq so`zi» gazetasi, 1998 y. 9 avgust. 6. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo`lgan davrda O`zbekistonda turizmni rivojlantirishga oid davlat dasturi to`g`risda»gi Farmoni. // «Xalq so`zi» gazetasi, 1992 y. 16 aprel 7. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―O`zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesi va xalqaro turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi Qarori. // «Xalq so`zi» gazetasi, 2002 y. 3 sentyabr. 8. I.A. Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. –T.: O`zbekiston, 2009. -56 b. 9. I.A.Karimov. «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir». -T.: O`zbekiston, 2005 y. - 92 b. 10. I.A Karimov. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. ―Xalq so`zi‖, 2010 yil 28 yanvar 11. I.A.Karimov. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. ‖Xalq so`zi‖, 2010 yil 30 yanvar. 49 12. I.A Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. .‖Xalq so`zi‖, 2011 yil 22 yanvar. 13. Birjakov M.B. Vvedenie v TURIZM.- izdanie 9-e, pererabotannoe i dopolnennoe. – SPb.: 2007. – 576 s. 14. Bogolyubov V.S., Orlovskaya V.P. Ekonomika turizma. M.:2005. – 151 b. 15. Bolshoy glossariy terminov mejdunarodnogo turizma. Pod. red. M.B. Birjakova, V.I. Nikifirova. Vtoroe izdanie. V dvux tomax. M.: SPb. Izd. «Niveskiy fond», 2003. 16. Bolshoy glossariy i tolkoviy slovar terminov, primenyaemix v gostenichnom menejmente i turizme. M., Izd. vo ZAO Korporatsiya «Akadem servis», 2000 g. 17. Butko I.I., Sitnikov V.A., Transportnoe obslujivanie turizma: Ucheb. posob.– M.: IKTS «Mart», 2006. – 336 s. 18. Bistrov S.A., Vorontsova M.G. Turizm: makroekonomika i mikroekonomika. – SPb.: «Izdatelskiy dom Gerda», 2008. – 464 s. 19. Vavilova E.V. Osnovi mejdunarodnogo turizma. Uchebnoe posobie. M., GARDARIKI, 2005. 20. Vetkin V. A. Texnologiya sozdaniya turistskogo produkta. – M.: GrossMedia: ROSBUX, 2008. – 200 s. 21. Volkov YU.F. Vvedenie v gostinichniy i turisticheskiy biznes. – Rostov n/D: ―Feniks‖, 2004. -352 s. 22. Voskresenskiy V.YU. Mejdunarodniy turizm: ucheb. posob. – M.: YUNITIDANA, 2007. – 255 s. 23. Geografiya turizma: uchebnik / kol. avtorov; pod red. A. YU. Aleksandrovoy.- M.: KNORUS, 2008. -592 s. 24. Golsheva E. Mirovie tendentsii i razvitie turistskogo potentsiala Uzbekistana. // Ekonomicheskoe obozrenie. 2004. №10. -54 s. 25. Danilov S. Turizm regeona: programinniy podxod. // Bozor, Pul va Kredit. 2008. №3. 57 b. 26. Drazdov A.V. Osnovi ekologicheskaya turizma. M.; 2005 50 27. Dracheva E.L. Spetsialnie vidi turizma. Lechebniy turizm: uchebnoe posob. – M.: KNORUS, 2008. – 152 s. 28. Durovich A.P. Marketing v turizme. Minsk: OOO ―Novoe znanie‖, 2001. – 489 s. 29. Durovich A. P. Marketingovie issledovaniya v turizme: Ucheb. posob. — SPb.: Piter, 2008. — 384 s. 30. Jukova M.A. Industriya turizma: menedjment organizatsii. - M.: Finansi i statistika, 2006. -200 s. 31. Zamedlina E.A., Kozireva O.N. Ekonomika otrasli: turizm: Uchebnoe posobie. – M.: INFRA-M, 2007. – 205 s. 32. Zdorov A. B.Ekonomika turizma: Uchebnik. - M.: Finansi i statistika, 2007. - 272 s. 33. Zorin I.V., Kvartalnov V.A. Entsiklopediya turizma. M. Finansi i statistika, 2000. 34. Ibadullaev N.E. O`zbekistonning turistik resurslari. Ma`ruzalar kursi. Sam ISI — 2008. -114 b. 35. Ibadullaev N.E. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishida turistik resurslarning o`rni. // «Janubiy O`zbekistonda geografiya maktabining shakllanishi va rivojlanishi» Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. Termiz shahri, 20-21 aprel. 2006 y. - 118 b. 36. Ibadullaev N.E. Turizmni rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar. // «Geografiyaning dolzarb muammolari». Ilmiy-amaliy anjuman mater
Download 197,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish