Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi



Download 14,93 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi14,93 Kb.
#19989


AIM.UZ




Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi

Niderlandiya Parlamentlararo guruhining taklifiga binoan Parlamentlararo ittifoq (PAI) va Jahon turistik tashkiloti (JTT) bilan birgalikda 1989 yilning 10 aprelidan 14 apreligacha Gaagada o‘tkazilgan Turizm bo‘yicha parlamentlararo konferensiya yakka tartibdagi hamda jamoaviy tarzdagi turistik sayohatlar, safarlar va boshqa yerlarga borib turishlarni boshqarish barcha mamlakatlarning manfatlariga javob beradi, bular iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishga hissa qo‘shib, xalqaro hamkorlik a’zosi bo‘lgan davlatlar o‘rtasida ishonch va hamjixatlik vaziyatini yaratishga, demak, butun dunyoda tinchlikni mustaxkamlashga ko‘maklashadi, ushbu faoliyatni amalga oshirishda rivojlanayotgan mamlakatlarning turizm sohasidagi alohida muammolarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi, deb hisoblaydi. Konferensiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson xuquqlari umumiy deklaratsiyasini va, jumladan, quyidagilarni eslatib o‘tadi. Ushbu Deklaratsiyaning 24- moddasida bunday deyiladi: «Har bir inson dam olish va bo‘sh vaqtga ega bo‘lish, shu jumladan, ish vaqti oqilona cheklanishi va haq to‘lanadigan davriy ta’tilga chiqish xuquqiga ega». Shuningdek BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1966 yil 16 dekabrda qabul qilingan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xuquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktning 7-moddasiga binoan davlatlar har bir inson uchun dam olish, bo‘sh vaqtga ega bo‘lish, ish vaqti oqilona cheklanishi va haq to‘lanadigan davriy ta’tilga chiqish xuquqini ta’minlab berishni o‘z zimmalariga oladilar. BMT Bosh assambleyasi tomonidan xuddi o‘sha sanada –1966 yil 16 dekabrda va siyosiy xuquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktning 12–moddasida: «Xar bir inson har qanday mamlakatdan, shu jumladan, o‘z mamlakatidan chiqib borishiga xaqli», deb ta’kidlanadi. Gaaga konferensiyasi BMTning Xalqaro turizm va sayohatlar bo‘yicha konferensiyasi qabul qilgan qarorlar va tavsiyalarni (Rim, 1963 yil sentyabr), jumladan, ularning dunyodagi turli mamlakatlarda turistik rivojlanishga va xalqaro turizm borasidagi hukumatlar rasmiyatchiligini soddalashtirishga ko‘maklashadiganlarini hisobga oladi. Turizmning insonparvarlik jihatini alohida ta’kidlagan Jahon turizmi bo‘yicha Manila deklaratsiyasida va Akapulko hujjatlarida, Turist kodeksida va Turizm xartiyasida bayon qilingan prinsiplardan ruhlanishini bayon qiladi. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST), BMTning ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNЕSKO), Xalqaro dengiz tashkiloti (XDT), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), BMTning atrof muhit bo‘yicha dasturi (GONЕP), Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti (INTЕRPOL) va Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) XTT bilan yaqindan xamkorlik qilishining ahamiyatini qayd etadi. Gaaga konferensiyasi Inson xuquqlari umumiy deklaratsiyasida belgilab qo‘yilgan har bir insonning asosiy huquqini mehnat qilish huquqiningtabiiy oqibati sifatida tantanali ravishda tasdiqlaydi.

Konferensiya BMTning inson xuquqlari to‘g‘risidagi hujjatlarida hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy yuridik hujjatlarda har bir insonning dam olish, bo‘sh vaqtga ega bo‘lish, haq to‘lanadigan davriy ta’tilga chiqish huquqi, shuningdek ushbu vaqtni ta’lim olish va ko‘ngil ochish maqsadlarida ta’tillarda bo‘lishga, erkin safarlarga borishga sarf qilish va ichki hamda xalqaro turizmdan olinadigan ne’matlardan foydalanish xuquqi qayd etib qo‘yilganligini ma’lum qiladi, ayni Gaagada 1925 yilda turistlarni tashish bilan shug‘ullanadigan rasmiy uyushmalarning Birinchi xalqaro kongressida Rasmiy turistik tashkilotlar xalqaro uyushmasi barpo etilganligini, uning 1975 yilda Jahon turistik tashkilotiga aylantirilganligini eslatadi. Turizm bo‘yicha Gaaga Deklaratsiyasini xalqaro hamkorlik, xalqlar o‘rtasidagi yaqinlashuv vositasi hamda yakka tartibda va jamoaviy tarzda rivojlanish omili deb e’lon qiladi, parlamentlarni, hukumatlarni, turistik faoliyat uchun javob beradigan davlat tashkilotlari va xususiy tashkilotlarni, turizm soxasidagi professionallarni, shuningdek, turistlarning o‘zlarini Deklaratsiyaning prinsiplarini quyida bayon qilingan holida puxtalik bilan e’tiborga olish va hamisha o‘z faoliyatida ularga asoslanishga da’vat etadi.
Download 14,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish