MAVZU
TURISTIK MARSHRUTLARNI TASHKIL QILISHDA MEHMONXONA XOJALIGI VA UNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTRISH
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………3
I BOB TURISTIK MARSHRUTLAR
1.1 TURISTIK MARSHRUTLARNI TASHKIL QILISH……….7
1.2 TURISTIK MARSHRUTLARNI TASHKIL QILISHDA
YEVROPA TAJRIBASI…………………………………………………..17
1.3 TURISTIK MARSHRUT TURLARI……………………………27
II BOB MEHMONXONALAR VA TURISTIK MARSHRUTLARNING O`ZARO BOG`LIQLIGI
2.1 MEHMONXONALAR TIZIMIDA TURISTIK
MARSHRUTLARNING O`RNI………………………………….33
2.2 YURTIMIZ BO`YLAB TURISTIK MARSHRUT…………..41
XULOSA VA TAKLIFLAR ……………………………………………..46
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………….50
KIRISH
Bugungi kunda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan.
Turizm — iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o‘zi taqozo etmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma'lum va mashhur bo‘lgan ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan. Ular qoldirgan boy ma'naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta. Sohani yanada rivojlantirish uchun, avvalo, zarur infratuzilmani takomillashtirish shart. Birinchisi, transport, ikkinchisi logistika, deb ta'kidladi Prezidentimiz.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda 2017 yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, qariyb 1 million 800 ming sayyoh yurtimizga kelganligi qayd etildi. Bu 2016 yilning mos davriga nisbatan 17 foiz ko‘pdir. Mamlakatimizda sayyohlik xizmatlari eksporti ham 17 foiz ko‘payib, 1 milliard 86 million dollarni tashkil qilgan. Yil oxiriga qadar mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 2,5 milliondan oshishi kutilmoqda.
Mamlakatimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo‘nalishlarda keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi yillarda alpinizm, otda, tuyada, velosipedda sayohat qilish, off-road sayyohatlari, baliq ovi, rafting, heliski, geoturizm, ta'lim turizmi, tibbiy turizm kabi yangi sayyohlik yo‘nalishlari ommalashmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 2 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishni ta'minlash, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishda muhim omil bo‘lmoqda.
3
Farmonda belgilab berilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi.
O‘tgan qisqa davr mobaynida O‘zbekiston turizm salohiyatini kompleks rivojlantirishga qaratilgan 16 normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ushbu hujjatlar asosida turizm sohasi sub'yektlariga sezilarli soliq va bojxona imtiyozlari hamda boshqa yengilliklar taqdim qilindi.
Mamlakatimiz turizm tarmog‘ini Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) talablariga mos kelishini ta'minlash maqsadida turizm terminologiyasi va mehmonxona xo‘jaliklari xavfsizligi talablari bo‘yicha yangi 2 ta davlat standarti ishlab chiqildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Bulardan tashqari, Prezidentimizning tegishli qarori bilan hududlarda turizm sohasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Xiva va Shahrisabz shaharlari hokimlarining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi.
O‘tgan davr mobaynida davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish hamda hududlarning turizm salohiyatini keng targ‘ibot qilishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi. Jumladan, Buxoro va Samarqand shaharlarida sayyohlar uchun kunu tun faoliyat ko‘rsatuvchi, har birining hududi 10 gektardan iborat «Qadimiy Buxoro» va «Samarqand siti» turizm hududlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.
Qarorga ko‘ra, 2018–2019 yillarda soha oldida turgan muhim masalalar yechimiga bag‘ishlangan alohida dastur tasdiqlandi va uning to‘liq ijrosini ta'minlash va sohada olib borilayotgan ishlarni idoralararo muvofiqlashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashi tuzildi.
Dastur asosida yuqoridagi kabi alohida turizm hududlari Toshkent, Urganch shaharlarida va Farg‘ona viloyatida tashkil etilishi belgilangan.
Shuningdek, dastur doirasida turizmning tibbiy, rekreatsiya, agro va ekoturizm yo‘nalishlari bo‘yicha alohida dasturlar qabul qilinishi ham belgilab qo‘yildi.
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik obektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb yozadi
Zamonaviy turizm istiqbollaridan biri — noyob tabiiy maskanlar hisoblanadi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ekoturizm eng rivojlangan yetakchi davlatdir. Yurtimiz boy hayvonot va o‘simlik dunyosi, betakror landshaft manzarasi, milliy an'analar va taomlar oshxonasi bilan sayyohlar e'tiborini qozonib keladi. Ugom–Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i, uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimi va Chimyon–Chorvoq kurort-rekreatsiya zonalarida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari yig‘ilishda har bir yo‘nalish bo‘yicha, ya'ni Yevropa, Osiyo va boshqa qit'alardan keladigan sayyohlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish, charter reyslar va temir yo‘llarda qatnovlar sonini ko‘paytirish, turizm rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini mukammal o‘zlashtirish, ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlik obektlarini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Mamlakatimizda turizm yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi 5 oliy o‘quv yurti, jumladan, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda o‘ndan ortiq o‘rta maxsus bilim yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlik sohasida ta'lim olayotgan yoshlar, sohada mehnat qilayotgan mutaxassislarning Yevropa hamda Osiyoning yirik sayyohlik markazlari va o‘quv yurtlarida malaka oshirishiga ko‘maklashmoqda.
Soha istiqbolida yana bir muhim jihat — bu hududlardagi barcha madaniy-tarixiy meros obektlari, tabiiy o‘lkashunoslik, milliy qo‘riqxona hududlarining yagona ma'lumotlar bazasini yaratish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mintaqalarda turizmni rivojlantirish uchun joylardagi mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilik kuchlarini birlashtirishdan iborat. Bu boradagi izchil ishlarni amalga oshirishda mamlakatimizda mustahkam huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, hududlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan va jarayon izchil davom etmoqda.
5
Mamlakatimiz turizm industriyasi jadal rivojlanishida xususiy sektorning ustuvor ishtirokini ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozir yuzlab tadbirkor va hunarmandlar turizm sohasiga jalb qilingan bo‘lib, ular suvenir mahsulotlari ishlab chiqarish, mehmonxona xo‘jaligi, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Turizmni rivojlantirishda xorij mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan sayyohlik ko‘rgazma va anjumanlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtimiz milliy madaniy merosini chet ellarda ommalashtirish, mamlakatimizga xorijlik sayyohlarni ko‘proq jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlari Madrid, Riga, Berlin, Parij, Tokio, London, Moskva, Istanbul kabi dunyoning yirik shaharlarida qator ko‘rgazmalar tashkil etmoqda yoki xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashmoqda. Bu, albatta, o‘z samarasini berib, xorijiy sayyohlarning yurtimizga oqimi tobora ko‘paymoqda.
Yig‘ilishda turizm industriyasini jadal rivojlantirishda xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish, ularga imtiyozlar taqdim etish, sohada kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi sayyohlik mahsulotlari turini ko‘paytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari mutasaddi qo‘mita, vazirlik va idoralar rahbarlariga sayyohlikni mavsumiy emas, balki yil davomida daromad manbaiga aylantirish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, sayyohlarni jalb qilishdayangicha usul va yondashuvlardan samarali foydalanish, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
6
I BOB TURISTIK MARSHRUTLAR
1.1 TURISTIK MARSHRUTLARNI TASHKIL QILISH
Sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.
Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyoxlik guruxlari AQShga joʻnatiddi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi.
Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada boʻlgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning "Buyuk Temurning hayoti va faoliyati" kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyoxlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.
Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari boʻyicha uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar).
Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi (27-iyul 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.
7
"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarkand, BuxoroShahrisabz, Toshkent). Bu yoʻnalish eng qad. yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay gʻamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik turizm yoʻnalishi (Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarkand hududdari boʻylab). Bu yoʻnalish Oʻzbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstre mal turizm yoʻnalishi (Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari boʻylab); liniy turizm yoʻnalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq.
Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Turizm toʻgʻrisida"gi qonuni kabul kilingan (20-avgust 1999). Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida"gi farmoni (15-aprel 1999) sohani rivojlantirishda muhim omil boʻldi.
Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va oʻrta turistik korxonalarning xizmat koʻrsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb kilish maqsadida 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda "Xususiy sayyoxlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada boʻlib faoliyat olib boradi. Oʻzbekistonda "Kumushkon" turistik bazasi va "Sanzar" kemping majmuasi mavjud boʻlib, ular "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda koʻplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan mehmonxonalar soni tobora oʻsib bormoqda.
8
2016 yilda O‘zbekiston turizm sohasini tubdan isloh qilish jarayoni boshlandi. Turizm sohasidagi o‘zgarishlar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u hududlarning jadal rivojlanishini ta’minlay oladi.
Tahlillar sohaga tegishli asosiy ko‘rsatkichlarning ijobiy dinamikasini ko‘rsatdi. Xususan, 2016-2019 yillar oralig‘ida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro sayyohlarning sonida sezilarli o‘sish kuzatildi. Solishtirish uchun, 2016 yilda mamlakatga 2 million chet ellik sayyohlar tashrif buyurgan bo‘lsa, 2019 yilda ularning soni 3,3 barobarga ko‘payib, 6,7 millionga yetdi.
2018 yilda chet ellik sayyohlar soni 2017 yilga nisbatan 98%ga, sayyohlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar soni esa 131%ga ko‘paydi.
E’tiborli jihati shundaki, sayyohlar sonining oshishi turli hududlarda turlicha ro‘y bermoqda. Misol uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurganlar soni yillik o‘rtacha 22-25 foiz atrofida ko‘paygan bo‘lsa, uzoq xorijiy mamlakatlar fuqarolari orasida yillik o‘sish 50 foizni tashkil etdi.
Shu bilan bir qatorda ichki turizm ko‘rsatkichlarida ham ijobiy natijalar qayd etildi. 2016 yil bilan solishtirganda 2019 yilda mahalliy sayyohlarning soni deyarli 2 barobarga ko‘payib, 14,7 millionga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |