qarorini qabul qilinishiga nima sabab deb o’ylaysiz?
– Taraqqiyotning yangi bosqichiga dadil qadam tashlab borayotgan
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar tufayli yurtdoshlarimiz
ongida yangicha dunyoqarash shakllanib, bugun shiddat bilan ro’y berayotgan
o’zgarishlar zamirida, avvalo, inson manfaatlari ko’zlangani bois xalqimiz
qalbidan chuqur joy olmoqda. Birgina ta’lim tizimini olaylik. Bugun ta’lim
inson uchun yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq etishning muhim omillaridan
biriga aylandi. Ayniqsa, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashib borayotgan
O’zbekiston uchun mehnat bozori talablariga tez moslasha oladigan oliy ta’lim
tizimini rivojlantirib borish masalasi yanada dolzarb ko’rinishga keldi.
O’zbekistonning bugungi kuni uchun iqtisodiyotning innovatsiyalarga
asoslangan rivojlanishini ta’minlash vazifasi turmoqda. Shuning uchun
O’zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlar iqtisodiyotdagi yangi o’zgarishlar
paydo bo’lishi bilan chambarchas bog’liq bo’lib qolmoqda. O’zbekiston ta’lim
tizimida keyingi yillarda qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Bu
o’zgarishlar esa O’zbekiston oliy ta’lim tizimida yechilishi zarur bo’lgan
muammolarni ko’rsatib qo’ydi. O’z navbatida Prezident Qarorida respublikada
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy
sohalardagi yangilanishlarda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini
ta’minlashga to’siq bo’layotgan quyidagi 7ta asosiy muammolar keltirilgan:
birinchidan, oliy ta’lim tizimida o’qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim
olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob
bermasligi;
ikkinchidan, professor-o’qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik
ko’nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligining ta’lim
sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotganligi;
uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning
mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi natijasida
iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda muammolar
keltirib chiqarayotganligi;
to’rtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali
jamoatchilik nazoratining o’rnatilmaganligi natijasida ushbu sohada ko’plab
muammolarning, eng avvalo, korruptsiya holatlarining saqlanib qolishiga sabab
bo’layotganligi;
beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan
k e n g q a m r o v l i v a t i z i m l i o ’ z g a r i s h l a r d a g i i s h t i r o k i h a m d a
tashabbuskorligining sezilmasligi, ularning ushbu yo’nalishdagi faoliyati
hanuzgacha qoniqarsiz ekanligi;
oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va
mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka
tuShuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki yo’lga
qo’yilmaganligi;
ettinchidan, oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g’oyalar
bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda
mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o’rganish, tahlil qilish va ularning
yechimi bo’yicha taklif kiritish borasida professor-o’qituvchilar, yosh
olimlar va talabalarning tashabbus ko’rsatishlari uchun zarur shart-
sharoitlar yaratilmaganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: