o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni
tashkil etish, yoshlar ma’naviyatni yuksaltirish ular o’rtasida kitobxonlikni
keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish kabi muhim
masalalar ko’rsatib o’tilganligiga guvox bo’lishimiz mumkin. Albatta,
prezidentimizning bu tashabbusi yoshlarga davlat darajasidagi qaratilayotgan
yana bir e’tibordir.
Bugungi kunda Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazi (ARM) da
5 ta bo’lim faoliyat ko’rsatadi. ARMda 3 ta abonement, 4 ta o’quv zali 80
o’rinli, talabalar turar joylarida 2 ta o’quv zali 40 o’rinli, Jalaquduq
tumanida ARMning 5 ta shoxobchasi mavjud. Hozirgi kunda Axborot-resurs
markazining umumiy fondi 48730 nomda 172228 nusxani tashkil qiladi.
Axborot-resurs markazidagi Elektron o’quv zali 20 ta o’rinli bo’lib, barcha
kompyuterlar Internetga ulangan. ARM da Wi-Fi zonasi mavjud. Kitobxonlarga,
ayniqsa talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, Telegram ijtimoiy tarmog’ida
ishga tushirilgan ARM ning @andmiarm_bot saxifasiga institutdagi mavjud
ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 2124 nomda 74,15 Gb hajmdagi fan dasturida
keltirilgan asosiy adabiyotlar, o’quv-uslubiy majmualar, shuningdek badiiy
adabiyotlar joylashtirildi.
Axborot-resurs markazi fondidan institutga biriktirilgan Akademik litseylar,
kasb-hunar kollejlarining 27 nafar professor-o’qituvchilariga 42 nomdagi
darslik va o’quv qo’llanmalar hamda elektron kutubxona ma’lumotlar bazasidan
29 Gb hajmda 316 nomdagi ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlarni kompakt
disklarga ko’chirib berish orqali amaliy yordam ko’rsatildi. Axborot-resurs
markazida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib
qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi hamda Axborot-resurs
markazining faoliyatini tubdan takomillashtirish bo’yicha “Yo’l xaritasi”
ishlab chiqildi. Axborot-resurs markazi kompyuterlariga o’rnatilgan “ARMAT”
dasturiga jami 16362 nomdagi o’quv adabiyotlarning bibliografik tavsifi
kiritilgan.
Hozirgi kunda Axborot-resurs markazi 48 ta kompyuter, 2 ta printer, 1 ta
skaner bilan ta’minlangan. Kompyuterlarning 20 tasi elektron o’quv zaliga, 5
tasi Mashinasozlik fakultetidagi ochiq universal o’quv zaliga, 10 tasi 1- va
2-sonli talabalar turar joylaridagi o’quv zallariga, qolgan 13 tasi
bo’limlarga o’rnatilgan. ARM dagi kompyuterlar Internet tizimi va ichki lokal
tarmoqqa ulangan. Lokal tarmoq tezligi 100 Mb/s va Internet tezligi 1 Mb/s ni
tashkil etadi. ARM da Wi-Fi zonasi mavjud.
Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi www.
https://natlib.uz
saytidan turli fan sohalariga oid adabiyotlar yuklab
olinmoqda. Jahon ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasiga onlayn kirish, ya’ni
EBSCO, SCOPUS, ScienseDirect va boshqa ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan
professor-o’qituvchilar va ilmiy izlanuvchi xodimlar, talabalar ro’yxatdan
o’tib foydalanib kelmoqdalar.
Kuni kecha “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovining institut bosqichi
o’tkazildi. Tanlov natijalariga ko’ra “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti
“Intellekt” jamoasi faxrli 1-o’rinni ko’lga kiritdi. 2 va 3-o’rinlar
Avtomobilsozlik fakultetining “Ittifok” xamda Avtomatika va elektrotexnika
fakulteti “Qodiriy izdoshlari” jamoalariga nasib kildi. Jamoalar institut
Axborot resurs markazi tomonidan takdim etilgan kitoblar jamlanmasi va
institut rektorining diplomlari bilan takdirlandilar.
Biz yuqoridagilar bilan chegaralanib qolmaymiz, yurtboshimiz
ko’rsatib bergan 5 ta tashabbusni faoliyatimizning asosiy mezoniga
aylantirib, yoshlarni ma’naviy yetuk inson bo’lib yetishishida
mas’uliyatimizni yanada oshiramiz.
Xayrullo Vasiyev suxbatlashdi
Do'stlaringiz bilan baham: