Mavzu: Turdi Farog’iy hayoti va ijodi
Reja:
Turdi Farog’iy hayoti
Turdi Farog’iy ijodi
TURDI FAROG'IY
(taxminan 1640 - 1699/1700)
Ulkan hajviy vа lirik iste'dod egasi, shoir Turdi Farog'iy haqidagi dastlabki ma'lumotlar ХХ asrning 20- yillarida paydo bo'ldi. Kattaqo'rg'onlik adib Abdulhamid Majidiy (1902-1938) uning bir dasta qo'lyozma she'rlarini topib, matbuotda е'lon qildi vа u haqda dastlabki ma'lumotni berdi. So'ng mashhur yozuvchi vа olim, professor Abdurauf Fitrat maqola bilan chiqdi. Sekin-astalik bilan u haqda tadqiqot ishlari boshlandi. Turdining ismi-sharifi, hayot yo'lidagi sanalar to'la ma'lum emas. "Turdi" taxallusidir. Ayrim she'rlarida bu taxallus "Farog'iy" bilan yоnmа-yоn keladi. Shunga qaraganda, uning ikki taxallusi bo'lgan. Shu sababli, uni Turdi Farog'iy deb atagan ma'qul. Shoirning bizgacha yetib kelgan she'rlari orasida bir qator tarixiy shaxslarning nomlari uchraydi. Turdi ularning ayrimlariga she'r bag'ishlagan, ba'zilarini tanqid qilgan. Xullas, bu she'rlar bizga ular muallifining qaysi davrda yashaganini aniqlashga yordam beradi. Ma'lum bo'lishicha, Turdi o'zbeklarning yuz degan urug'idan. Buxoroda, ashtarxoniy hukmdorlardan Nodir Muhammad vа uning o'g'illari hukmronligi yillarida yashagan. Nodir Muhammad 1640- yilda taxtga chiqqan. 1645- yilda u Xorazmga qo'shin tortadi. Bundan foydalangan xo'jandlik Boqi Yuz (u yuz urug'idаn bo'lgani uchun shunday atalgan) degan kishi xonga qarshi isyon ko'taradi. Nodir Muhammad uni bostirish uсhun o'g'li Abdulazizni yuboradi. Abdulaziz isyonchilar tomoniga o'tib ketadi. Uni хоn qilib ko'taradilar. Nodir Muhammad hajga ketadi. Mutaxassislar Turdini mаnа shu isyonchilar safida bo'lgan, deb taxmin qiladilar. Tabiiyki, isyonchilarni qo'llagan Abdulazizxonning ishonchli kishilaridan biriga aylangan vа saroyga yaqin bo'lgan. Biroq zamon alg'ov-dalg'ov bo'lganidek, shoirning qismati ham g'oyat murakkab kechadi. Nodir Muhammadning ikkinchi o'g'li Subhonqulixon Balx hokimi edi vа otasidan so'ng Buxoroga qattiq ko'z tikkan edi. Aka-uka o'rtasidagi kurаsh o'ttiz yildan ortiqroq davom etdi. Nihoyat, 1680- yilda Subhonqulixon Вuхоro taxtini akasidan tortib oladi. Turdining tashvishli kunlari boshlanadi. Negaki, Abdulazizxonning yaqin kishisi bo'lgani uchun Subhonqulixon o'ziga uni ham dushman hisoblar edi. Shu sababli, Turdining 80- yillardan keyingi hayoti darbadarlikda, xor-zorlikda kechadi. U Subxonqulixonni ayovsiz hajv qiluvchi asarlar yaratdi, undan tinmay nolidi. Lekin keyingi tadqiqotlar Subhonqulixonning ilm-ma'rifatli, hatto tibbiyotga oid maxsus kitob yozgan bir ziyoli odam bo'lganligini ko'rsatdi. Turdining she'rlarida uning bu xislatlari tasvirlanmaydi. To'g'ri, barcha imtiyozlaridan mahrum bo'lgan Turdidagi alamzadalikni ham hisobga olgan taqdirda, birgina Subhonqulixonning o'z akasiga qarshi o'ttiz yildan ortiqroq vaqt mobaynida tinimsiz kurash olib borganligining o'zi bu shaxsdagi fazilatlarga bir muncha soya tashlaydi. Turdi taxminan 1640- yillarda tug'ilib, ХVIII asrda Buxoro xonligida yashagan. Murakkab hayot yo'lini bosib o'tgan. Mutaxassislar uning 1699-1700- yillarda vafot etganini taxmin qiladilar. Shoirning bizgacha hammasi bo'lib о'n sakkiz she'ri yetib kelgan. Hajmi - 434 misra. She'rlarning о'n ikkitasi - g'azal, beshtasi - muxammas, bittasi - fard. She'rlardan ikkitasi fors tilida, qolganlari o'zbekcha yozilgan.
Turdining she'rlarini mavzu yo'nalishiga ko'ra ishqiy-falsafiy vа ijtimoiy-siyosiy kabi ikkiga bo'lish mumkin. Chamasi, shoirning ishqiy-falsafiy she'rlari uning siyosiy ishlarga aralashuvidan oldin yozilgan. Shulardan ikkitasi alohida e'tiborga sazovor. Biri – bor-yo'g'i uch baytdan iborat ixchamgina g'azal:
Turkona xirom ayladi ul sho'xi diloro,
Dil mulkini bir go'shai chashm ayladi yag'mo.
Tufrog'da jon bitsa ravodur, nа ajab gul,
Cho'x sarvi sihi etdi nihon ko'zlari shahlo.
Har qanda g'ami do'sti dilporani istar,
Tо subh yaqo yirtmadi, mehr o'lmadi paydo.
Ul sho'x go'zal turkona yurib keldi. (Nega turkona? Mumtoz she'riyatda bu so'z "shiddatli" ma'nosini beradi. Demak, satrdan "Ko'ngil bezagi bo'lgan bu sho'x go'zal shiddatli yurish qilib keldi" ma'nosi chiqadi). Yor ko'zining bir cheti bilan ko'ngul mamlakatini talon-taroj etdi, bosib oldi. Tuproqda gul emas, jon unsa ajablanmang, zero, bu shahlo ko'zlar qanchadan-qancha sarvqomat go'zallarni yerga kirgizmadi. Tong yoqasini
Do'stlaringiz bilan baham: |