Jadval ko'rinishdagi miqdorlar
Kundalik hayotda ko‘p turdagi jadvallardan foydalaniladi: dars jadvali, shaxmat yoki futbol o'vinlari bo‘yicha musobaqa jadvali, Pifagor (karra) jadvali, kelishiklar jadvali va boshqalar. Jadvalni tashkil etuvchilar uning elementlari deyiladi. Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar bir o'lchovli (chiziqli), ikki o'lchovli (to‘g‘ri to‘rtburchakli), uch o‘lchovli (parallelopipedli) va hokazo bo'ladi. Biz bu darslik chegarasida chiziqli va to'g‘ri to'rtburchaкli jad vallarni ko‘rib chiqamiz.
Chiziqli jadvallar satr yoki ustun shaklida ifodalanadi. Masalan, sinfingizdagi o'quvchilar ro'yxati sinf jurnalida ustun shaklidagi jadval ko'rinishida yozilgan. O'quvchilarning familiyalari bu jadvalning elementlarini tashkil etadi. Ularning har biri o‘z tartib raqamiga ega va har bir tartib raqamga faqat bitta o'quvchining familiyasi mos keladi.
Ikki o‘lchovli jadvallar ustunlar va satrlardan tashkil topadi (main protsessori va elektron jadvallarga oid mavzularni eslang). Ularning elementlari ustun va satrlar kesishgan kataklarda joylashadi. Bunday jadvallarda biror elementni ko‘rsatish uchun uning nechanchi satr va nechanchi uslunda joylashganligini, ya’ni satr va ustun bo'yicha tartib raqamlarini bilish kerak bo'ladi. Demak, ikki oichovli jadvalning har bir elementiga ikkita (satr va ustun bo'yicha) tartib raqami mos keladi.
Paskal dasturlash tilida jadvallar bilan ishlash uchun massiv tushunchasi kiritilgan. Massiv — jadval ko'rinishidagi miqdor bo'lib, u aniq sondagi bir turJi va tartiblangan (ya’ni, tartib raqamiga ega) elementlar majmuidan iborat. Massiv elementlarining tartib raqami butun sonlarda ifodalanadi. ya’ni ular manfiy son bo'lishi ham mumkin.
Paskalda har bir massiv o‘z nomiga ega bo'lib. ularni nomlash o'zgaruvchilarni nomlash kabidir. Masalan: a5, dars_jadvali, tub_sonlar. Massiv elementlarining tartib raqami indeks deb ataladi va indeks kvadrat qavs ichida yoziladi. Masalan, a[5] yozuvi — a nomli massivning beshinchi elementini bildiradi, ya’ni massiv nomi — a, indeks — 5.
1-misol. A nomli 7 ta elementdan iborat chiziqli jadvalni hosil qiling.
Demak. jadval elementlari va ularga mos qiymatlar quyidagicha moslikda ekan:
Ikki o'lchovli massiv elementlari ikkita indeks orqali aniqlanib, ular o'zaro vergul bilan ajratib yoziladi va birinchi indeks satr tartib raqaminl, ikkinchi indeks ustun tartib raqamini bildiradi. Masalan, S[4,3] yozuvi — S nomli massivning 4-satri va 3-ustuni kesishgan katakda joylashgan elementini bildiradi.
2-misol. S nomli 4x5 (4 ga 5, ya’ni 4 ta satrli va 5 ta ustunli) to'g'ri to'rtburchakli jadvalni tasvirlang (katakchada ko’k rangda jadval elementlari yozilgan).
Jadvaldan ko'rinadiki, masalan, S[l,3]=1.37, S[2,2]=0.5, S[4,6]= -1.09.
Daslurda massivlar o'zgaruvchilar kabi albatta tavsiflanishi zarur.
Buning uchun Paskal dasturlash tilining Array xizmatchi so’zi ishlatiladi. Bu so'zdan keyin kvadral qavs ichida massivning birinchi va oxirgi elementlarining tartib raqamlari o'zaro ikkita nuqta (..) bilan ajratib yoziladi. Davomida Paskalning of xizmatchi so‘zi va undan keyin massiv elementlarining turi yoziladi.
Masalan: var A: array[1..7] of char; {1-misoldagi elementlari 1 dan7gacha tartiblangan char (belgili qiymati) turdagi A nomli chiziqli massiv}
S: array[1..4,2..6] of real; {2-misoldagi satrlari 1 dan 4 gacha va ustunlari 2dan 6 gacha tartiblangan real (haqiqiy qiymati) S nomli ikki o'lchovli massiv)
bma: array[-2..100] of integer; {-2 dan 100 gacha tartiblangan butun turdagi bma nomli chiziqli massiv}
Do'stlaringiz bilan baham: |