Eslatib o'tainiz, identifikator nomining qaysi registrda yozilishining ahamiyati yo‘q!
Standart funksiyalar va protseduralar, algebrik ifodalar
Funksiya toshunchasi matematika fanidan ma’lum. Funksiyalarning xususiyatlariga qarab turli sinflarga ajratilgan. Masalan, chiziqli, kvadrat, trigonometrik va hokazo. Shunday funksiyalarning ba’zilaridan Paskal dasturlash tilida ham foydalaniladi. Paskalda funksiyalardan foydalanish qulay bo'lishi uchun ba’zi funksiyalar dastur translyatori ta’minotiga kiritilgan. Dastur translyatori ta’minotiga kiritilgan funksiyalar standart funksiyalar deyiladi. Bu funksiyalarning ko'pchiligi sizga MS Excel dasturi orqali tanish. Shu bilan birga Paskalda aniq bir amallarni bajarishga moijallangan standart protseduralar ham ishlatiladi. Quyidagi jadvalda Paskalning ba’zi standart funksiyalarini izohi bilan keltirilgan:
1- misol. Ba’zi funksiyalarni qo‘llanish:
Matematik formulalarda ko‘p ishlatiladigan π sonini ifodalash uchun Paskalda maxsus Pi o‘zgarmas (konstanta) ajratilgan (Pi=3.1415...).
Paskal dasturlash tilida algebraik ifodalar arifmetik amallar yordamida bog‘langan o‘zgarmaslar, o‘zgaravchilar va funksiyalardan tashkil topadi. Algebraik ifodalar bir satrda yoziladi, ya’ni satrdan pastga tushirib yoki yuqoriga ko‘tarib yozish mumkin emas. Masalan, 3ab2 ifoda Paskalda 3*a*sqr(b) yoki 3*a*b*b kabi, a/b2 ifoda a/sqr(b) yoki a/(b*b) kabi yoziladi.
Ifodalarni yozishda amallarni bajarish tartibini ko‘rsatish uchun faqat oddiy qavslar qo‘llaniladi. Qavs ichidagi amallarni bajarish chapdan o‘ngga qarab, matematikada qabul qilingan tartibni saqlangan holda ketma- ket amalga oshiriladi:
funksiyalar qiymatlari hisoblanadi;
ko‘paytirish yoki boyish amali bajariladi;
qo‘shish yoki ayirish amali bajariladi.
Shuni yodda tutingki, Paskal dasturlash tilidagi standart funksiyalar argumenti doimo qavs ichida yoziladi!
O'zlashtirish va ma'lumotlarni ekranga chiqarish operatori
O‘zlashtirish operatori. O‘zlashtirish operatori o‘zgaruvchilarga qiymat berish uchun qo‘llaniladi. U := belgi orqali ifodalanadi. O‘zlashtirish operatorning umumiy ko'rinishi quyidagicha:
o‘zgaruvchi := ifoda;
Bu operator bajarilganda quyidagicha ishlar bajariladi:
ifoda qiymati hisoblanadi;
ifodaning qiymati o‘zgaruvchiga o‘zlashtiriladi, ya’ni xotiraning O‘zgaruvchi uchun ajratilgan qismiga (o’zgaruvchining «eski» qiymati o‘chib ketadi) ifodaning qiymati yoziladi.
1-misol. Bu misolda a va b o‘zgaruvchilarning qiymati qanday o‘zgarishi yaqqol ko'rinadi.
var a,b,m: integer;
begin
a := 8; {a ning qiymati 8 ga teng bo‘ldi}
b := a*5; {b ning qiymati a*5=8*5= 40 ga teng bo‘ldi}
b := b+10; {endi b ning qiymati b+10= 40+10= 50 ga teng bo'ladi}
m:=m*b; {m ning boshlang'ich qiymati berilmagani uchun 0 deb olinadi, demak, m ning qiymati 0*50=0 ga teng bo‘ladi}
end.
Yuqoridagi misollarda o‘zgaruvchilar turli qiymatlarni o‘zlashtirdi. Ammo biz ularning natijasini ko‘rmadik. Chunki ular kompyuter xotirasida qolib, ekranga chiqarilmaydL Ma’lumotlarni kompyuter ekraniga chiqarish uchun chiqarish operatoridan foydalaniladi. Paskalda chiqarish operatori (protsedu- rasi) quyidagi ikki xil ko‘rinishga ega:
Write(chiqarish ro‘yxati) va WriteLn(chiqarish ro‘yxati) bu yerda Write (ing. — yozmoq) va Writeln Paskalning xizmatchi so‘zlari chiqarish ro‘yxati o‘zaro vergul bilan ajratilgan va ekranga chiqarilishi kerak bo‘lgan ifoda, o’zgaruvchi yoki o‘zgarmaslar ketma-ketligi. Chiqarish ro‘yxatida ifoda qatnashsa, avval ifoda hisoblanib, hosil bo‘lgan natija ekranga chiqariladi. Chiqarish ro‘yxatidagi o‘zgarmaslar belgili yoki satrli bo‘lsa, albatta apostrof ichiga olinishi shart.
Write va Writeln operatorlarining farqi shundaki, Write operatori yordamida ma’lumotlar ekranga chiqarilgach yurgich ekranning shu satrida qoladi va ekranga chiqariladigan keyingi ma’lumotlar shu satrga yurgich turgan joydan boshlab chiqariladi. Writeln operatorida esa ma’lumotlar ekranga chiqarilgach yargich keyingi satr boshiga o‘tadi.
Ma’lumotlarni chiqarishda chiqarish formatini ko‘rsatish mumkin. Chiqarish formati chiqarilayotgan ma’lumotlarning ko‘rinishi (formati)ni belgilaydi. Buning uchun chiqarilayotgan o‘zgaravchidan keyin «:» (ikki nuqta) belgisi qo‘yiladi. Masalan, a — haqiqiy turdagi o‘zgaravchi bo'lsa, chiqarish formatida ikkita parametr — chiqarilayotgan songa ajratilgan xonalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(a:10:2); operatori a ning qiymatini chiqarish uchun 10 ta xona ajratadi, shundan bitta xonasi nuqta va ikkita xonasi kasr qismi uchun ajratiladi. Agar son butun bo‘lsa, chiqarish formatida bitta parametr — chiqarilayotgan songa ajratilgan xonalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(b:6);. Satrli va belgili o‘zgaruvchilar uchun chiqarish formati ularning qiymatini chiqarish uchun ajratilgan joy (maydon) uzun- ligini aniqlaydi.
Chiqarilayotgan son yoki matn unga ajratilgan joyning o‘ng chegarasi bo‘yicha tekislanib chiqadi. Masalan, a: = 3.24; bo‘lsa, WriteLn(’a = ’,a:6:2); operatori ekranga a = 3.24 ko‘rinishdagi yozuvni chiqaradi (= belgisidan keyin ikkita bo‘sh joy (probel) qoladi).
Chiqarish formatida ajratilgan joy o‘zgaruvchi qiymatining «uzunligi»dan kichik bo‘lsa, chiqarish formati bekor qilinadi va o^zgaruvchining qiymati to‘liqligicha ekranga chiqariladi. Faqatgina haqiqiy son kasr qismining formati bekor qilinmaydi. Haqiqiy sonni chiqarishda formati ko‘rsatilmasa, u ekranga eksponensal ko'rinishda chiqariladi.
Yodda tuting: ekrandagi natijani ko'nsh uchun ALT+F5 klavishlar juftligi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |