1.3-rasm. Turarjoy majmuining loyihaviy gorizontallar usulida vertikal rejalashtirish.
Odatda, maydoni unchalik katta bo’lmagan turarjoy guruhlarida tashqi suvlarni qochirish ochiq suv qochirish tizimi orqali amalga oshiriladi. Mikrorayonlarda esa maydonning kattaligidan kelib chiqqan holda, kuchli yomg‘ir paytlarida ariqlarda tirbandlik vujudga kelmasligi uchun yer osti suv qochirgich tizimlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turarjoy dahalari va mikrorayon ichki qatnov qismlarini loyihalash ruxsat etilgan bo’ylama va ko’ndalang qiyaliklarni inobatga olgan holda maydonni vertikal rejalashtirish jarayonida amalga oshiriladi (1.2- jadval).
Ichki yo’llar va maydonlarda bo’ylama va ko’ndalang qiyaliklari.
1.2-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |