Bog'liq Турар-жой ва жамоат биноларининг техник эксплуатацияси
2.1.1. Konstruktiv unsurlarning ko’riklarini turlari va davriyligi.
Bino konstruktiv unsurlarining ko’riklari 3 turga bo’linadi: umumiy, qisman va navbatdan tashqari.
Umumiy ko’rik bir yilda 2 marta – bahor va kuzda o’tkazilishi kerak; bunda bino to’la ravishda, xususan, konsturksiyalar, muxandislik qurilmalari, bino pardozi va tashqi obodonlashtirish unsurlarining barchasi ko’rib chiqiladi.
Bahorgi ko’rik yoz mavzumida bajariladigan joriy remont ishlari bo’yicha ish hajmlarini aniqlash, hamda u yoki bu uylarni keyingi yilgi kapital remont qilish rejasiga qo’yish masalasini hal etish maqsadida o’tkaziladi. Bunday masalalarni aynan bahor vaqtida, qorlar erib binoning tashqi qismi butunlay ko’rik uchun qulay holatga tushganida va binoga uning konstruksiya va qurilimlariga qishgi iqlimiy ta’sirlar o’z vaqtida yaqqol seziladigan davrdaechish osonroq ko’chadi.
Kuzgi ko’rik qor qoplamasi ko’riklarni o’tkazishni qiyinlashtirishi mumkin bo’lgan, isitish mavsumi boshlanmasdan avval o’tkazilishi kerak. Honalarning ko’rigi qavatlararo chordoq xonalaridan boshlanib erto’la xonalarida tugallanishi kerak. Bunda orayopmalarning, ayniqsa sanitar uzel ostidagi poydeorlar, o’rta devorlar va balkonlarning holaii aniqlanib chiqiladi.
Bahorgi va kuzgi ko’riklarni o’tkazishning taqvimiy muddatlari turar-joy boshqarmasi rahbariyati tomonidan mahalliy iqlimiy sharoitni hisobga olgan holda belgilanadi. Ko’rik o’tkazish uchun uylarni ekspluatatsiya qilish shirkati rahbari raisligida, shirkatning nazoratchi-texnigi ishtirokida va mahalla qo’mitalari vakillari qatnashuvida komissiya tuziladi. Bu komissiya tarkibiga kerak bo’lgan hollarda loyiha ishlab chiqarilgan va ilmiy tashkilot ekspertlari ham kiritiladi.
Binoning umumiy ko’rigi natijalari va bino konstruksiyalari va uning qurilmalarini saqlanishini ushlab turish bo’yicha belgilangan tadbir-choralar bayonnomada aks ettiriladi. Bayonnoma 2 nushada tuzilinib, bir nushasi shirkat idorasida saqlanishi va ikkinchisi shahar turar-joy boshqarmasiga kapital remont rejasini tuzishda va turar-joy jamg’armasining texnik holatini yaxshilash bo’yicha umumiy chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanish uchun yuboriladi.
Binoning ayrim qismlari va unga o’rnatiladigan qurilmalarni qisman ko’rikdan o’tkazish zudlik bilan bartaraf etilishi talab qilinuvchi nuqson va shikastlanishlar ma’lum bo’lganida tegishli ixtisosga ega bo’lgan shtatdagi ishchi (tomqoplamasi, slesor- santexik) tomonidan o’tkaziladi.
Bino konstruksiyalarida yoki qismlarida defrmatsiyalar borligi hollatlarida ularda qisman ko’rik nuqson ma’lum bo’lgan daqiqadan bir kunda o’n kungacha ebo’lgan muddat ichida o’tkazilishi kerak.
Navbatdan tashqari ko’rik tabiiy ofat hodisalardan sel, kuchli shamol,ko’p qor yog’ishi va shu kabilardan ketish 1-2 kun ichida o’tkaziladi. Bundan deformatsiyalanishi yoki buzilishi mumkin bo’lgan konstruksiya va qurilmalar ko’rib chikiladi.
Ko’rikning tarkbi va uning ketmaketligi har bir ayrim xolatda tabiiy ofatning tavsifiga ko’ra belgilanadi.