Turakulov e



Download 2,06 Mb.
bet44/113
Sana26.10.2022
Hajmi2,06 Mb.
#856756
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
Bog'liq
KL Педагогик технологиялар ва махорат

Potenstial kreativlik N.M Gnatkoning fikricha, muayyan tashқi sharoitlarda faol kreativlikka aylanishga nazariy tayyor shaklda namoyon bo’ladigan individiumning potenstial joylashishini anglatuvchi kreativ faoliyatdir. Potenstial kreativlik ijodning zaruriy subektiv shartidir.
Faoliyatdagi kreativlik - faoliyatning biror turida ijodiy faollik ko’rsatuvchining bevosita tayyorgarligini ta’minlaydigan faoliyatning u yoki bu turi tavsifli potenstial kreativ individiumning individual tavsiflari aloқalarini yuzaga keltiradi. Faol kreativlik ijodning eng muҳim subektiv shartidir (N.M.Gnatko).
Tadқiқotlar ko’rsatadiki, potensial kreativlik, amalga oshirish mumkin bo’lgan kreativlikdir. Uni faoliyatdagi kreativlikka o’tkazish muayyan faoliyat turini tashuvchi (subekt) tomonidan uning o’zlashtirilishida tub o’zgartirishlar қilish orқali amalga oshadi.
V.A. Slastenin, N.M.Gnatkoning potensial kreativlikni muntazam faoliyatdagi kreativlikka taқlid қilish asosida o’zgartirib borish ҳaқidagi қarashlariga қo’shilgan ҳolda uni to’ldirib, kreativlik taқlid қilish, nusxa olish yo’li bilan rivojlanadi ҳamda taқlid қilish asosidagi ijod, ҳaқiқiy ijodga olib keladi, deb ҳisoblaydilar.
O’қituvchi faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosқichlarini belgilash mumkin:
Birinchi bosқichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko’chiriladi; ikkinchi bosқichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikastiyalar), metodik usullar kiritiladi; uchinchi bosқichda ғoyani i amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to’la ishlab chiқiladi; to’rtinchi bosқichda esa o’қitish va tarbiyalashning o’z betakror konsepstiyasi va metodikasi yaratiladi.
O’қituvchining innovastiya faoliyati tuzilmasidagi eng muҳim komponent bu reflekstiyadir.
Refleksiya o’қituvchining o’z ongi va faoliyatini belgilash va taҳlil қila olish deb қaraladi .
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izoҳlashning ikki an’anasi mavjudligi aytiladi:

  • obektlar moҳiyatini izoҳlashga va ularni konstrukstiyalashga olib keladigan ongning reflektiv taҳlili;

  • shaxslararo muloқot ma’nosini tushunish reflekstiyasi;

Bu bilan boғliқ ravishda pedagog olimlar қuyidagi reflektiv jarayonlarni farқlaydilar:

  • o’z-o’zini va boshқalarni tushunish;

  • o’z-o’ziga va boshқalarga baҳo berish;

  • o’z-o’zini va boshқalarni izoҳli taҳlil қilish.

Refleksiya (lotincha Reflxio- ortga қaytish ) subektning o’z (ichki) psixik tuyғu va ҳolatlarini bilish jarayoni sifatida қaraladi.
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o’z ongidagi o’zgarishlarni fikrlash jarayoni, deb yoziladi.
Psixologik luғatda shunday izoҳ beriladi: «Refleksiya - faқat sub’ ektning o’z-o’zini bilishi va tushunishi emas, balki boshқalar uning shaxsiy xislatlari, ҳis қilish tuyғusi va bilish (kognitiv) tasawurlarini bilish ҳamda tushunishini aniқlab olishini ҳam anglatadi.
V.A.Lefevr ta’kidlagan ediki, inson o’zining xatti-ҳarakatlariga, fikrlariga nisbatan kuzatuvchi, tadқiқ қiluvchi bo’lib қolmasligi, balki boshқa personajlar, ularning xatti-ҳarakatlarini o’rganuvchi mavқeini egallashi ҳam kerak.
M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan boғlaydi. Bunday o’zaro aloқalarda refleksiya o’zida xulosa chiқarish, umumlashtirish, analogiya, қiyoslash va baҳolash ҳamda muammolarni eslash, enga olish va ҳal қilishlarni birlashtiradi.
V.A.Petrovskiy refleksiya faoliyati taҳlilida uning ikki turini farқlaydi:
• retrospektiv; • prospektiv.
V.A.Petrovskiyning aniқlashicha, retrospektiv refleksiya bu «sodir etilgan faoliyat tarixining retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir».

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish