H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
30
Tuproqning 20 sm chuqurligigacha va atmosferaning 2 m
balandligigacha harorat va namlikning faol mavsum va o‘rtacha
yillik
miqdori qishloq xo‘jaligida batafsil o‘rganiladi.
Tuproq paydo bo‘lishida biologik omilning roli.
Tuproq hosil bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydigan omil tirik jonivorlar
hisoblanadi. Tuproq paydo bo‘lishining boshlanishi mineral substratga
mikroorganizmlarning qo‘nishi bilan bog‘liqdir. Mayda jonivorlar,
lishayniklar, suv o‘tlari tog‘ jinslarini yemirib, oliy o‘simliklarning
rivojlanishi va o‘sishi uchun sharoit yaratib beradi. Dunyo bo‘yicha yirik
jonivorlarning taxminiy miqdori 10
12
tonna (Vernadskiy, 1960),
V.A.Kovdaning hisobiga ko‘ra (1983), quruqlikdagi
hamma jonivorlar
hisobiga ko‘ra hosil bo‘ladigan biomassa taxminan 3
·
10
12
-17
·
10
12
tonnaga
teng bo‘lib, jumladan, o‘rmon – 11
·
10
11
– 11
·
10
12
, o‘tlar - 11
·
10
11
,
hayvonlar - 11
·
10
9
KD ga tengdir.
O‘simlik qoplami mintaqalar bo‘yicha turli miqdorda tarqalgan
bo‘lib, bir necha guruhlarga yoki fitotsenozlarga bo‘linadi. Har bir
o‘simlik guruhiga mos mahlum turdagi mikroorganizmlar mavjid.
O‘simlik
formatsiyasi daraxtlar, dasht va cho‘l o‘simliklariga bo‘linadi.
Hali
madaniy
o‘simliklar
formatsiyasi
ajratilmagan.
O‘simlik
formatsiyalari biomassasi, kimyoviy tarkibi, tuproq massasiga ta’siri ham
turlichadir. Tuproq organik miqdori gumus hosil bo‘lishi va to‘planishi
o‘simlik xazonining turiga va tarkibiga bog‘liq. O‘simlik tarkibi N, C, O,
H dan tashqari 70 dan ortiq makro- va mikroelementlar, kislotalar, yog‘lar,
smolalar, oshlovchi moddalardan tashkil topgan. O‘simlikning vegetativ
organlarida yuqoridagi qayd qilingan moddalar turli darajada tarqalgan.
O‘simlikning yog‘och qismida sellyuloza 60 % dan ko‘proqdir.
Daraxt bargida va o‘tlar tarkibida bu moddaning miqdori kam
bo‘ladi. Shuning uchun o‘simlik formatsiyalari ostida turli toifadagi
tuproqlar hosil bo‘ladi. Masalan, o‘rmon o‘simliklari
formatsiyasi ostida
podzol, dasht o‘simliklari tagida esa qora tuproqlar hosil bo‘ladi. Bu
tuproqlar kimyoviy tarkibi, xossa va xususiyatlari bilan bir-biridan keskin
farq qiladi (4-rasm).
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
31
4-rasm
. Turli formatsiyaga oid o‘simlik ildizlarining tuproq profilida
tarqalishi.
O‘rmon qiyining hosil bo‘lishi, tarkibi nina va keng bargli
o‘rmonlarda turlicha bo‘ladi. Gumus hosil bo‘lish jarayoni nina bargli
o‘rmonlarda sekin rivojlanadi. O‘rmon qiyidan gumus hosil bo‘lishida
zambrug‘lar faol ishtirok etadi. O‘rmon ostida yuviladigan suv rejimida
podzol tipdagi tuproqlar paydo bo‘ladi. Gumus hosil bo‘lishi fulg‘vat
tipiga mansub bo‘lib, podzol tuproqlar kam gumusli hisoblanadi. Keng
bargli o‘rmonlar ostida gumus hosil bo‘lishida
daraxt yaproqlari, o‘t-
o‘simliklarning tanalari qatnashib, gumus fulg‘vat tipiga mansub bo‘ladi.
O‘t-o‘simliklar rivojlangan dashtlarda hosil bo‘lgan chimning yil sayin
chirishi natijasida gumusga boy qora tuproqlar hosil bo‘ladi. Bo‘z
tuproqlar mintaqasida ham chim hosil bo‘lib, tuproqning yuza qatlamida
gumus to‘planadi
va asosan, gumat tipiga mansub bo‘ladi. Biroq uning
miqdori qora tuproqlardan bir necha marta kam bo‘ladi.
Cho‘l mintaqalarida o‘simlik qoplami kam miqdorda bo‘lganligi
tufayli gumus 1% dan kam to‘planadi. Tuproq hosil bo‘lish jarayonida
o‘simliklardan tashqari ko‘p miqdorda umurtqali va umurtqasiz hayvonlar
faol ishtirok etadi (5-rasm). Ular o‘lchamiga binoan 4 guruhga bo‘linadi:
a) mikrofauna – o‘lchami 0,2 mm dan kichik bo‘lgan organizmlar;
b) mezofauna – o‘lchami 0,2-4 mm gacha bo‘lgan organizmlar;
v) makrofauna – o‘lchami 4-80 mm gacha bo‘lgan organizmlar;
g) megafauna – o‘lchami 80 mm dan katta bo‘lgan organizmlar.
Yuqorida ko‘rsatilgan organizmlar tuproqdagi organik moddalarni
parchalashda tuproqning
yumshashi va uning suvi, hajmini yaxshilovchi
kovakchalar hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
32
5-rasm
. Tuproq tirik biotasining tarkibi va ulushi
Hayvonot qoldiqlari chirib, tuproq gumusi tarkibiga qo‘shiladi.
Tuproqda yashovchi jonivorlar ichida umurtqasizlar ko‘pchilikni tashkil
qiladi. Ularning biomassasi umurtqalilar
biomassasiga nisbatan ming
martagacha ko‘proqdir.(5-rasm).
Yomg‘ir chuvalchanglarining miqdori har gektariga 1,2 mln.
donagacha bo‘lishi mumkin. Tuproq tarkibidagi organik va mineral
moddalarni yomg‘ir chuvalchanglari o‘z oshqozonidan o‘tkazib, uni
donachalarga aylantiradi (Darvin, 1882-yil).
N.A.Dimo mamlakatimiz tuproqlarida chuvalchang, termitlar va
boshqa organizmlar faoliyatini chuqur o‘rganib, 1
gektar yerdan
chuvalchanglar o‘z ichagidan 500-600 tonna tuproqni o‘tkazib, 60-70 yil
davomida 1 metr qalinlikdagi tuproqni qayta ishlashi mumkin. Har bir
gektar tuproqda chuvalchang kaproliti 25 tonnani 1 yilda ishlab chiqarishi
aniqlangan
(6-rasm).
Tuproq
mahsulotlarini
qayta
ishlashda
chumolilarning roli katta bo‘lib, ular o‘simlik ildizlari, tanalari va tuproqni
aralashtirib g‘ovakchalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: