H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
161
tuproqlar bilan qiyosiy solishtirishdir. Tuproqni baholaganda unumdorlik,
xossa va xususiyati bilan bir qatorda, geografik o‘rni,
iqtisodiy
ko‘rsatkichlari, ya’ni maydoni, masofasi, inshootlar bilan ta’minlanishi,
mehnat resurslari, yerdan foydalanuvchi raqobati qo‘shnilar e’tiborga olinadi.
Tuproqni
baholash, bonitirovka, yer kadastrining tarkibiy qismi bo‘lib,
asosan, yerni o‘rganish, baholash, yer osti va usti resurslarini hisobga olish,
reyestri, ahvoli, maydoni, bahosi
va daromadini o‘z ichiga oladi.
Insoniyat tarixida yerni baholashdan maqsad – asosan, sifatiga qarab
soliq solish tizimini ishlab chiqishdan iborat edi. Sobiq Ittifoq davrida yer,
asosan, xalq
,
jamoa mulki hisoblanib, vazifa yerdan faol foydalanish hamda
unumdorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va muhofaza
qilishdan iborat edi. Yer zahirasi foydalanishga binoan, besh turkum, tarkibiy
qismlarga bo‘lingan:
•
qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar;
•
xalq yashayotgan qishloqlar va shaharlarga ajratilgan yerlar;
•
sanoat, transport, oromgoh-sanatoriyalar, qo‘riqxonalar uchun
belgilangan yerlar;
•
davlat o‘rmonchilik fondi;
•
davlat tasarrufidagi yerlar.
Yuqorida
keltirilgan yerlar, ulardan foydalanuvchilar hisobiga, davlat
hujjatlari va qaroriga asosan ajratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Oliy Majlis
tomonidan Yer kadastri qonunlarining loyihasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi
.
Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Yer qo‘mitasi tuzilib,
barcha tuproqlarga taalluqli bo‘lgan loyiha va ilmiy tekshirish institutlari
uning tasarrufiga o‘tkazildi.
Yer davlat ixtiyorida bo‘lib, uning shartnoma asosida dehqonlarga,
fermerlarga va boshqa jamoa va shirkat xo‘jaliklariga,
chorvachilik
korxonalariga, fuqorolarga uzoq muddatga foydalanish uchun ijara sifatida
berishga qaror qilindi.
Shuning uchun, asosiy dolzarb masalalardan biri, jamoa, shirkat, fermer
xo‘jaligi tuproq xaritalari, agrokimyoviy xaritanomalarni qaytadan tuzib,
tuproq boniteti, narxini, yer kadastrini yangi sharoitga moslab ishlab
chiqishdir. Dastavval tuproqlarning agronomik xususiyatlari,
hududiy
sharoiti, meliorativ holatini hisobga olgan holda, agroishlab chiqarish tizimini
tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Tuproqni agroishlabchiqarish guruhlashda
ikki xil usul mavjud bo‘lib, birinchisida tuproqlarning suv fizik, issiqlik
xususiyatlari, kimyoviy tarkibining bir -biriga yaqinligi, o‘xshashlik
qobiliyati, meliorativ va yuvilishga qarshi chora-tadbirlarning umumiyligi
bilan ajratish. Bu tadbir barcha qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun umumiydir.
Ikkinchisida esa, o‘simlik turlarining tuproq sharoitiga bog‘liqligi bilan
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
162
belgilanadi. Masalan, paxta, bog‘dorchilik, sabzavot-poliz va g‘alla
ekinlarining talabiga mos keladigan tuproqlar guruhi.
Bonitirovka usuli yerning ishlab chiqarish holati,
uning iqtisodiy
bahosini, narxini ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
Yerni
baholash
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar
qadimgi
Misr,
Messopatamiya, Nil, Tigr va Yefrat daryolari vodiysidagi dehqonchilik tarixi
bilan bog‘liq. Xitoyda yer sharoitiga qarab, soliq solish ikkinchi asrda,
Yaponiyada esa uchinchi asrdan boshlab joriy etilgan edi. Rossiyada esa yer
solig‘ini joriy etishda dastlabki asos K.S.Veselovskiy va V.I.Chaslavskiy
(1851, 1879) tomonidan tuzilgan tuproq xaritalari edi. V.V.Dokuchayev
tomonidan yerning sifat baholanishida esa, birinchidan, tuproqning
unumdorligi, asosiy xossalari va ikkinchidan, iqtisodiy
,
qishloq xo‘jaligi
ko‘rsatkichlari hisobga olingan edi.
Hozirgi
kunda
respublikamiz
tuproqlarining
bonitirovkasi
“Yergeodez-kadastr” Davlat Qo‘mitasiga qarashli Tuproqshunoslik va
agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan
va muntazam tekshirib boriladi. Bonitirovka darajasiga tuproqning asosiy
xossalari (gumus, oziqa elementlar miqdori, muhit, suv-fizik xususiyatlari)
olinib, eng unumdor qora tuproqlar 100 ga teng qilib belgilangan. Bu
ko‘rsatkichga, yillar davomida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan
o‘rtacha hosil qo‘shilar edi. Ikkinchi usulga binoan, tuproq turining xossa va
xususiyatlari, kimyoviy tarkibi hisobga olinib, yetishtirilgan hosil e’tiborga
olinmaydi.
Shuning uchun N.F.Tyumensev (1975) tomonidan tuproq bonitetida
ekologik va ichki sharoitlarni ham hisobga olish taklif etilgan.
Birinchisiga
tabiiy va antropogen omillar, ikkinchisiga esa morfologik tuzilish, ona jinsi,
mexanik va mineralogik tarkibi, gumus miqdori, kimyoviy va fizik
xususiyatlari, sho‘rlanish darajasi, botqoqlanish darajasi, yerning toshligi,
gips va karbonatlar miqdori kiritilgan.
Bonitet bali qo‘yidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi:
B=3f/3m*100
3f - baholanayotgan tuproqdagi oziqa moddalarning (gumus, azot,
fosfor va kaliyning) o‘rtacha miqdori;
3m - tuproqning 100 ballga tenglashtirilgan asosiy ko‘rsatkichi.
O‘zbekistonda tuproq boniteti "UzYERLOYIHA"
instituti
mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: