Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Alyuminiy
dala shpati, loy minerallari, slyuda, epidot, granat, 
korund tarkibida uchraydi. Diaspor, bemit, gidrargillit birikmalari sifatida 
tuproqda to‘planadi. Yalpi alyuminiy tuproqda 15-20% bo‘lishi mumkin, 
tropik tuproqlarida esa 40 % va undan ham oshishi mumkin. 
Temir
tuproqda birlamchi va ikkilamchi minerallar, magnetit, 
gematit, glaukonit, rogovaya obmanka, piroksen, biotit, xlorit, loyli 
minerallar tarkibiga kiradi. Temir oksidlari tuproqda kristall va amorf 
holatda (getit, gidrogetit) ham uchraydi. Temir elementi (Fe
2
O
3
) kvarsga 
boy qumli tuproqlarda 0,5-1,0%, lyoss yotqiziqlardagi tuproqlarda 8-10%, 
ferrallit va laterit, ferromagnezial tropik va subtropik tuproqlarda 20-
50%ni tashkil qilishi mumkin. Tuproq tarkibida temir S.V.Zonn bo‘yicha 
ikki xil silikatli va nosilikat holatida bo‘ladi. Silikatli temir birlamchi va 
ikkilamchi minerallar kristallik panjarasida bevosita ishtirok etadi. 
Nosilikatli temir yoki erkin holatdagisi ya’ni: a) kristallik holatdagi 
oksidlar va gidrooksidlar, b) amorf temir yoki gumus-temir birikmalar va 
harakatchan almashinuvchi yoki suvda eriydigan temir birikmalari. 
Kalsiy
. Tuproq tarkibida kalsiy karbonatlar sifatida, tog‘ jinslarining 
kimyoviy yemirilishidan hosil bo‘lib, ularning miqdori 1-3%, cho‘l va 
sahro tuproqlarida esa 10-15% bo‘lishi mumkin. Tuproqning yuza qismida 
biogen jarayonlar natijasida to‘planadi. U tuproqning singdirish sig‘imida 
almashinuvchi kation, kalsit, gips, plagioklaz minerallari sifatida uchraydi. 
Magniy
. Tuproq tarkibida magniy deyarli kadmiy elementi bilan 
barovar miqdorda bo‘lib, u smektit, vermikulit, xlorit, dolomit, olivin, 
piroksen minerallari va sho‘rlangan yerlarda xlorid va sulg‘fat birikmalari 
sifatida uchraydi. Magniy tuproqning singdirish sig‘imida kalsiydan 
keyingi o‘rinni egallaydi. Tuproq tarkibida magniy tuzlarining ko‘payishi 
sho‘rtoblanish jarayoni bilan bog‘liqdir. 
Kaliy
. Umumiy K
2
O miqdori tuproqda 2-3%ni tashkil qiladi. Kaliy 
loyli mineral gidroslyudalarda (illitlar) va yirik zarrachalar tarkibidagi 
biotit, muskovit va kaliyli dala shpatlarda uchraydi. Kaliy o‘simlik tanasi 
va boshqa organlarning shakllanishida ishtirok etadi.
Kaliy fotosintez jarayonida vitaminlar sintezida, fermentlar faolligini 
oshirishda qatnashadi. Tuproq tarkibida kaliy yalpi, harakatchan, 
almashinuvchi va almashmaydigan, suvda eriydigan holatda bo‘lishi 
mumkin. 
Natriy
. Tuproq tarkibida Na
2
O 2-3%ni tashkil qilib, natriyli dala 
shpatlari tarkibiga kiradi, yirik zarrachalarda 5-6%, loy zarrachalarida esa 
0,5-1,0% gacha tushib ketadi. Natriy sahro va cho‘l tuproqlarining 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
66 
singdirish sig‘imida xloridlar va sulg‘fat birikmalari sifatida sho‘rxok va 
sho‘rtob tuproqlarida to‘planib sho‘rlantiradi. 
Uglerod
tuproqning gumusida, organik moddalar va karbonatlar 
tarkibini tashkil qiladi. Uglerod tuproq tarkibida 2%, qora tuproqlarda 
10%, torfli tuproqlarda bundan ham ko‘p bo‘ladi. Uglerod muhim biogen 
element bo‘lib, yerdagi hayotning asosini tashkil etadi. O‘simlik quruq, 
qismining 45% ini uglerod tashkil etib, atmosfera va tuproq havosidan, 
barglar va ildiz orqali SO
2
sifatida olib, uglevodlar, uglevodorodlar, 
organik kislotalar (yog‘lar, efirlar, spirtlar), aminokislotalar, gumus 
kislotalar tarkibida ishtirok etadi. Tuproq tarkibida gumusning kamayib 
ketishi bilan uglerod ham ozayib ketadi. Shuning uchun tuproq tarkibida 
uglerodni ko‘paytirish uchun yerga organik o‘g‘itlar solish va almashlab 
ekishni joriy etish lozimdir. 
Azot
. Tuproq tarkibida azot gumusda, ammoniyli –(NH
4
+
) va nitrat 
(NO
3
-
) tuzlarda, oksidlardagi organik azot va ularning parchalanishidagi 
mahsulotlarida aminokislotalar, peptidlar, amidlar va aminlar holida 
bo‘ladi. Tuproqdagi azotning asosiy qismi organik moddalar tarkibida 
saqlanishida, uning miqdori gumus zahirasi bilan bog‘liq. Tuproqda azot 
gumusning 1/40 va 1/20 qismini tashkil qiladi. Azot atmosferadan 
mikroorganizmlar yordamida tuproqda to‘planishi mumkin. Azot tuproqda 
0,1-0,4% gacha miqdorda bo‘ladi. O‘simlik talabiga binoan tuproqqa 
ma’lum darajada mineral o‘g‘it solinadi. Masalan, bir gektar yerdan 30 
s/ga g‘o‘za hosilini olish uchun 250-300 kg/ga azot o‘g‘itlarni tuproqqa 
solish tavsiya etiladi. Azot o‘simliklar rivojlanishida oqsil, xlorofil, nuklein 
va fosfotid organik moddalar tarkibiga kiradi. Ammoniy va nitrat ionlari 
sifatida tuproq eritmasidan o‘simlik ildizlari orqali sintez qilinadi. 
Fosfor
. Tuproqda fosfor juda kam bo‘lib, R
2
O
5
yalpi miqdori 0,1-
0,2% dan oshmaydi. O‘simlik tarkibida fosfor 1% dan oshmaydi. Tuproqda 
fosfor organik va mineral holatda bo‘ladi. Organik fosfor fitin, nuklein 
kislotasi, nukleproteidlar, fosfatidlar va fosfatlar shaklida bo‘ladi. Gumus 
tarkibida organik fosfor barcha tuproq fosforining 14-44 % ini tashkil 
etadi. 
Mineral fosfor ortofosfat kislotasining Ca, Mg, Fe va Al tuzlaridan 
iborat. Tuproqdagi mineral fosfor apatit, fosforit, vivianit minerallari 
tarkibiga kiradi. Yer po‘stlog‘i tarkibida fosfor magmatik tog‘ jinsi apatitda 
saqlangan bo‘ladi. Fosfor muhim biologik element sifatida protoplazma, 
fermentlar va vitaminlar tarkibiga kiradi. O‘simlik tomonidan tuproqdan 
fosforning singdirilishi muhit (rN) bilan bog‘liq. Tuproq eritmasida erish 
darajasiga muvofiq fosfatlar gidrooksil apatitning (Sa
10
(ON)
2
(RO
4
)
6
eng 
barqaror va kam eriydigan shakli hisoblanadi. So‘ngra erish darajasiga 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
67 
ko‘ra uch kalsiyli fosfat (Sa
4
(RO
4
)
2
, ortokalsiy fosfat (Sa
8
N
2
(RO
4
)
6
·5 N
2
O), 
monetit (SaNRO
4
), brushit (SaNRO
4
·5 N
2
O) turadi. 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish