* Joy nomlarining lug’aviy-ma’naviy guruhlarini aniqlash;
* Tumandagi joy nomlariga geografik tahlil etish orqali ular orasidagi o’xshash jihatlar va noo’xshashliklarni ko’rsatish;
* Joy nomlarini ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy geografik xususiyatiga ko’ra tasniflanishi va uning tamoyillarini aniqlashni;
Mavzuni tadqiq etishda O’zbekistonning davlat tili haqidagi qonuniga shuningdek toponimika va geografik atamashunoslikka oid ilmiy ko’rsatishlarga tayanildi.
X.X. Hasanov, S.Qarayev, T.Nafasov, Z.Dusimov, N.Oxunov, S.Naimov olimlar tomonidan qo’llangan yo’l va usullar malakaviy bitiruv ishi uchun muhim yo’llanma vazifasini o’tadi.
Malakaviy bitiruv ishini yozishda geografiya va boshqa fanlar uchun umumiy bo’lgan so’rov tasniflash, qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.
Malakaviy bitiruv ishi asosiy yo’nalishidan kelib chiqib kirish, ikki bob, hamda xulosa va takliflardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |