Ijtimoiy sohada: Aholining moddiy turmush darajasini ko‘tarish maqsadida ularning qo‘shimcha daromad manbai bo‘lmish shaxsiy tomorqalarida mahsulot yetishtirishni rag‘batlantirish rivojlantirishga yordam berish; mehnat resurslarining ijtimoi ishlab chiqarishda bandlik darajasini oshirish uchun joylarda yirik sanoat korxonalari filiallarini, turli ixtisosliklarga ega bo‘lgan kichik korxonalarni tashkil etish, uy mehnati va xalq hunarmandchiligi turli sohalarining rivojlanishiga keng yo‘l ochi berish; aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy mutanosib rivojlantirish, bu borada shahar va qishloq o‘rtasidagi farqlarni mo‘tadil holatga keltirish; qishloq aholisining moddiy turmush darajasini oshirishdagi asosiy omil sifatida aholi punktlarida toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni keng miqyosda amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |