Navoiy viloyati. Viloyat O’zbekiston Respublikasidagi shu maqomdagi yangi mamuriy birliklardan bo’lib, u 1982 yil 20 aprelda tashkil etilgan. Uning tarkibiga 8 qishloq tumanlari, yani Konimex, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi va Qiriltepa kiradi. Maydoni 111 ming km2 yoki O’zbekiston Respublikasi hududining 24,7 foizi, Zarafshon iqtisodiy rayonining 2/3 qismiga teng. Aholisi 791 ming kishi (O’zRga nisbatan 3,2 foiz, iqtisodiy rayonda esa 16,1 foiz). Demografik salohiyati jihatidan u Sirdaryo viloyatidan oldinda turadi, xolos (2001 y.).
Navoiy viloyatining mamlakatimiz milliy iqtisodiyotidagi o’rni ancha katta. U respublika yalpi ichki mahsulotining 4,0, sanoat mahsulotining 10,0 va qishloq xo’jaligining 4,0 foizini beradi. Shuningdek, viloyatga O’zbekiston investitsiya hajmining 6,4 foizi to’g’ri keladi. Zarafshon iqtisodiy rayoni doirasida qaraydigan bo’lsak, u holda viloyat rayonning 1/5 qismidan ortiqroq yalpi ichki mahsulotini, 45,5 foiz sanoat hamda 17,1 foiz qishloq xo’jalik mahsulotlarini taminlaydi; uning zimmasiga investitsiya hajmining deyarli 2/5 qismi tushadi. Viloyatda iqtisodiy rayonning 15 foiz qo’shma korxonalari joylashgan, u mintaqaning taxminan ½ qism tashqi savdo oborotini beradi.
Viloyatning geografik o’rni va resurs salohiyati. Navoiy viloyati mamlakatimizning markaziy va shimoliy qismida joylashgan. U katta masofada Qozog’iston Respublikasi bilan chegaradosh. Shuningdek, viloyat hududi g’arbda Buxoro, janub va janubisharqda Samarqand va qisman Jizzax viloyatlari bilan, shimolda va shimolig’arbda Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan tutashgan.
Navoiy viloyati o’zining orografik xususiyatlari bo’yicha Respublikaning boshqa mintaqalaridan keskin farq qiladi. Uning hududida kichikkichik qoldiq tog’liklar mavjud. Pasttekisliklar chekka shimol va shimolig’arbda (Qizilqum cho’llari), botiqlar-Mingbuloq, Molali, Qoratov-viloyatning ichki qismida joylashgan. Balandliklar dengiz sathidan 250-300 m. yuqorida, tog’liklarning eng tepa nuqtalari esa 2000 metrga yaqin (Oqtov tizmasida).
Nurota, Oqtov, Qoratov tizmalari janub va janubisharqda Turkiston va Zarafshon tizmalariga qo’shilib ketadi. Mazkur tog’lar turli xil qazilma zahiralarga boy. Bu jihatdan ayniqsa kichik qoldiq tog’larning ahamiyati katta (Bukontov, Tomditov, Qozoqtov, Quljuqtov, Ovminzotov). Viloyat hududi eng avvalo o’zining oltin zahiralari bilan ajralib turadi. Buyerda oltin, uran, fosforit, asbest, dala shpati, marmar va boshqa konlar mavjud. Aynan ana shu mineral xom ashyo resurslari viloyat iqtisodiyotini shakllantirish, uning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi.
Biroq, iqlimi nihoyatda quruq va kontinental, yog’insochin miqdori juda kam. Bu esa viloyatda qishloq xo’jaligini, xususan, uning dehqonchilik tarmog’ini rivojlantirishga qulay sharoit yaratmaydi. Shu bois, Navoiy viloyati asosan yaylov chorvachiligi, qorako’lchilikka ixtisoslashgan.
Viloyatda gidrografik shaxobchalar rivojlanmagan; Navoiy shahri yaqinida Zarafshon daryosining suvi juda ozayib qoladi. Janubiy rayonlarda sug’orma dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida Quyumozor, Sho’rko’l, To’dako’l suv omborlari qurilgan. Shuningdek, buyerda AmuBuxoro, O’rtacho’l, Konimex kanallari ham mavjud. Nisbatan katta maydonni egallagan Haydarko’lning esa (uning boshlanish qismi qo’shni Jizzax viloyatida) qishloq xo’jaligida ahamiyati yo’q.
Navoiy viloyati hududining uzoq masofada shimoldan janubga cho’zilganligi, uning o’zlashtirilgan hududlari hamda mamuriymarkazini chekka janubda joylashganligi mintaqa ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishini tashkil qilish va boshqarishda biroz qiyinchiliklar tug’diradi. Ayniqsa, viloyatda ichki transport infrastrukturasi va aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish ancha qiyinroq.
Aholisi va mehnat resurslari. Navoiy viloyatining demografik salohiyati uncha katta emas. Hudud suv zahiralariga tanqisligi tufayli aholi zichligining eng past ko’rsatkichlariga ega (1 km2 ga 7,1 kishi-O’zbekistonda oxirgi o’rinda).
O’rtacha har bir qishloq tumaniga 13,9 ming km2 dan yer to’g’ri keladi (Respublikada bu ko’rsatkich 2,7 ming km2 ni tashkil qiladi). Birgina Uchquduq tumanining maydoni 46.6 ming km2 yoki mamlakat hududining deyarli 1G’10 qismiga teng. U bu jihatdan O’zbekistonda Qo’ng’irot tumanidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Shu bilan birga Tomdi tumanining maydoni ham nihoyatda katta-42.5 ming km2. Qolgan tumanlar esa ancha kichik (eng kichigi Navoiy tumani–0,95 ming km2).
Qishloq tumanlarining katta ekanligi hududning qishloq xo’jaligi va aholi joylashuvi uchun qulay sharoitga ega emasligidan darak beradi. Darhaqiqat, aholi zichligi buyerda ancha past. Jumladan, u Uchquduq tumanida 1 kishiga hamyetmaydi, Tomdida bundan ham kam. Faqat Xatirchi va Navoiy tumanlarida aholi zichroq joylashgan (104 va 74 kishi). Tumanlarning aholi soni 27 mingdan (Tomdi) 143 ming kishigacha (Xatirchi) farq qiladi.
Viloyat aholisi 19892000 yillarda 130 ming kishiga ko’paygan, o’sish surati 120,0 foiz, o’rtacha yillik ko’payish 1,70%. Bu borada u Sirdaryo viloyatidan ustunroq, xolos.
Navoiy viloyatida tug’ilish koeffitsienti oxirgi 1999-2001 yillarda 19-20 promillega, o’lim 5,0-5,3 ga, tabiiy ko’payish 14-15 promillega teng. Tug’ilishning eng yuqori ko’rsatkichlari Xatirchi va Nurota tumanlariga to’g’ri keladi. Ayni vaqtda tashqi migratsiyaning aholi sonini o’sishiga tasiri ayrim yillarda salbiy. Masalan, 1998 yilda shahar joylarda migratsiya qoldig’i minus 1,3 ming kishini tashkil qilgan.
Viloyatda 6 shahar va 7 shaharcha mavjud bo’lib, ularning barchasida jami aholining 40,4 foizi yashaydi. Ko’rinib turibdiki, umumiy urbanizatsiya ko’rsatkichi buyerda ancha yuqori. Mazkur holat, bir tomondan, hududda chindan ham sanoatning nisbatan yaxshi rivojlanganligi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, intensiv qishloq xo’jaligi uchun imkoniyat cheklanganligi bilan bog’liq.
Navoiy shahrining aholisi 141 ming kishi, u mamlakatimizdagi 17 katta shaharlar qatoriga kiradi. Takidlash joizki, Navoiy bunday darajaga boshqa tengqur shaharlarga qaraganda juda tez, qisqa muddatda erishdi. Zarafshonda 54 ming, Uchquduq va Nurotada 26 ming kishidan aholi yashaydi. Qolgan shahar va shaharchalarda esa aholi soni 20 mingdan kam.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi 400 ming kishidan ortiqroq, ish bilan band bo’lganlar 320 ming kishi atrofida (2001 y.). Boshqa viloyatlarga qaraganda, buyerda ishsizlar ulushi kattaroq. Jami band aholining 19,4 foizi sanoatga, 23,0 foizi qishloq xo’jaligiga, 11,1 foiziqurilishga, 12,5 foizi-talim, madaniyat, sanat va fanga to’g’ri keladi. So’nggi vaqtlarda yiliga 10 mingdan ko’proq yangi ish o’rinlari yaratilmoqda. Biroq, ishsizlar muammosi to’laligicha hal etilmagan.
Iqtisodiyot. Viloyat xo’jaligi ko’proq birlamchi sektorning tog’kon sanoati va yaylov chorvachiligiga ixtisoslashgan. Respublika mehnat taqsimotida rangdor metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, elektr energetika va qorako’lchilik mahsulotlariniyetishtirish bilan ajralib turadi.
Boshqa viloyatlarda bo’lganidek, buyerda ham bozor islohotlari amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligining deyarli barcha mahsuloti, sanoat mahsulotining 71 foizi nodavlat korxonalarida yaratiladi. Ushbu ko’rsatkichning nisbatan pastligi viloyat sanoatining ixtisoslashuv xususiyatlariga bog’liq.
Navoiy viloyatida 20 dan ortiq qo’shma korxonalar mavjud. Ulardan eng kattalari «Qizilqumsement», «Qizilqum-Rus-Nur», «Elektroximzavod», «Zarafshon-Nyumont» va boshqalar. Ushbu korxonalarning ko’pchiligi viloyatning tashqi savdo oborotida faol qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |