Tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi bitiruv malakaviy ish


III-Bob tajriba natijalari



Download 2,48 Mb.
bet9/13
Sana10.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#772959
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

III-Bob tajriba natijalari
3.1 O’zbekiston g’o’za seleksiyasi istiqbollari
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, muhtaram Prezidentimiz boshchi ligida boshqa sohalar qatorida qishloq xo’jaligining selekstiya sohasiga ham katta e’ti bor qaratib, keng qamrovli islohatlar amalga oshirildi.
Mamlakatimiz selekstioner olimlari, jahon bozori talablariga to’lasincha javob bera oladigan, tabiatning noqulay stress holatlariga va turli xil zamburug’li, virusli kasalliklarga, hasharot va zararkunandalarga nisbatan bardoshli, tezpishar, serhosil va yuqori sifatli tola beradigan g’o’za navlarini yaratishda, amaldagi an’anaviy selekstiya uslublaridan oqilona foydalanib, ularni takomillashtirmoqdalar va zamonaviy ilm- fan yutuqlaridan samarali foydalangan holda, selekstiya ishlarini rivojlantirishda keng miqyosda qo’llab, tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar. Buning natijasida birgina Buxoro viloyati misolida olib qaraganimizda, xususan, g’o’za selekstiyasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi.
Fikrimizning dalili sifatida shuni aytib o’tish joizki, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, Paxta selekstiyasi, urug’chiligi va etishtirish agrotexno logiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro ilmiy-tajriba stanstiyasining (PSUE AITI Buxoro ITS), bir guruh olimlari buyuk selekstioner olim A.M.Battalov bilan hamkorlikda o’rta tolali g’o’zaning Buxoro-6, Buxoro-8, (istiqbolli navlardan ekologik toza oqsil uni va gossipolsiz iste’mol yog’i beradigan Buxoro-9, yuqori hosil va sifatli tola beruvchi, viltga o’ta bardoshli Buxoro-10, Buxoro-11 navlari, shuningdek, A.Battalovning shogirdi q.x.f.n., k.i.x.S.I.Maxsudov tomonidan Buxoro-102 va davlat nav sinovida muvaffaqiyatli o’tayotgan “Sharq” g’o’za navlari hamda ingichka tolali g’o’za navlaridan(A.Battalov asosiy muallif): 1-tip “a” toifaga mansub bo’lgan, ko’sagi yirik, tolasi oppoq, serhosil, yuqori sifatli tola beradigan, tabiatning barcha ekstremal sharoitlariga va kasalliklarga nisbatan bardoshli bo’lgan Buxoro-7 va Buxoro-7/1 navlari, Buxoro Davlat Universitetining katta o’qituvchisi Q.Qo’shshaev va M.Axmedovlar ishtirokida “Jondor qudrati” g’o’za navlari yaratildi.
Xususan, mustaqillik yillarida o’zbek olimlari tomonidan 160 dan ortiq yangi navlar yaratilib, ulardan 30 dan ortig’i Davlat reestirga kiritilib, asosiy maydonlarda ekilmoqda. Ana shunday g’o’za navlaridan Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoitida vujudga kelgan Buxoro-6, Buxoro-8 va Buxoro-102 g’o’za navlarining ekilish maydonlari respublikamizda 1 mln 300 ming gektar maydonga paxta ekilayotgan bo’lsa, mustaqillik yillarida 511 ming gektargacha ekilganligi xususida ma’lumotlar bor.
Yana shuni ta’kidlab o’tish joizki, Buxoro zaminida yaratilgan Buxoro-6 g’o’za navi jahon bozorining paxta sotish yarmarkasida, ya’ni Angliyaning (Liverpul birjasida) “etalon” sifatida qabul qilingan va hozirgi kunga qadar o’z mavqeini yo’qotmasdan kelmoqda. Bundan tashqari, Buxoro olimlari tomonidan yaratilgan barcha “Buxoro g’o’za navlari” o’zlarining serhosilligi, tolasining yuqori sifatliligi, bir ko’sak vaznining yuqoriligi, qurg’oqchilik, garmsel va sho’rlanishga va turli xil kasallik, hasharot va zararkunanlaraga nisbatan bardoshliligi bilan ham respublikamizda rayonlashtirilgan barcha g’o’za navlaridan ustun ekanligi bilan ajralib turishini ushbu navlarni ekib parvarishlagan har bir dehqon va sanoatchi e’tirof etmoqda va farqiga bormoqda.
Bugungi kunda xalqimizga tezpishar,serhosil, tabiat noqulayliklariga, ekstremal sharoitlariga, ayniqsa fuzariozli va vertistelliezli viltga o’ta bardoshli bo’lgan, serhosil,tezpishar yuqori sifatli tola beradigan, ya’ni tola uzunligi (36-38mm) va chiqishi (37-41%), mashina terimiga qulay, ekologik sof tola va paxta yog’i beradigan, tannarxi arzon, xaridorgir g’o’za navlariga bo’lgan ehtiyoj va talab, dehqonu -sanoatchilarimiz hamda chet ellik xaridorlarimiz tomonidan ko’paymoqda.
Ana shu ezgu va maqsadlarni amalga oshirish maqsadida, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, to hozirgi kunga qadar o’zbek selekstionerlari g’o’za navlarining tezpisharligini 15-20 kungacha qisqartirishga, tolaning sifat ko’rsatkichlaridan tola uzunligini nisbatan 10-12(32-38)mmgacha uzaytirishga va tola chiqimini (36-42%)gacha ko’paytirishga, mikroneyer ko’rsatkichlarini 4,9-5,5 dan 4,0-4,8gacha kamaytirishga va oqlililk darajasini sezilarli darajada yaxshilanishiga hamda qo’shimcha hosildorlikni 5-10 st/ga oshirishga muvaffaq bo’ldilar.
Yana shuni izoh sifatida qayd etish joizki, Prezidentimiz tashabussi bilan 2005 yildan buyon poytaxtimiz Toshkent shahrida o’tkazib kelinayotgan Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasiga (2015 yil,15-17oktyabr 11-Xalqaro yarmarka) ellikka yaqin davlatlardan 1000 dan ortiq firma va kompaniyalar tashrif buyurishib, o’zbek paxtasining jahon bozorida xaridorgir ekanligini va unga bo’lgan talab yildan-yilga oshib borayotganligini yana bir bor e’tirof etishib, shartnomalar tuzdilar. Ayniqsa, ushbu g’o’za navlari ichida “Buxoro g’o’za navlari”dan: Buxoro-6, Buxoro-8 va Buxoro-102 navlari 11 yildan buyon 5 ballik reyting tizimidan doimiy ravishda 5 ball olib kelishi hamda chet ellik xaridorlar birinchi navbatda Buxoro-6, Buxoro-8 va Buxoro-102 navlariga shartnomalar tuzishib, ularni sotib olishi juda ham quvonarlidir. Shuningdek, Qoraqalpog’iston respublikasi va viloyatlarda 2015 yilda rayonlashtirilgan g’o’za navlarining hosildorligi va tola sifati bo’yicha ma’lumotlar tahlil etilganda, eng yuqori ko’rsatkichni Buxoro-8 g’o’za navi berib, Buxoro viloyati bo’yicha 43000 gektar maydondan o’rtacha hosildorlik 32,3 st/ga o’rniga 35,4 st/ga, Buxoro-6 navi 48000 gektar maydondan o’rtacha 30,6 st/ga o’rniga 33,6 st/ga, Buxoro-102 g’o’za navi 11390 gektar maydondan 29,8 st/ga o’rniga 32,4 st/ga paxta hosili etishtirilgan.
Respublika bo’yicha ushbu navlarning hosildorlik ko’rsatkichlari olib qaralganda, Buxoro-8 g’o’za navi 99000 gektar maydonga ekilib, davlat rejasiga muvofiq 28,6 st/ga o’rniga 30,4 st/ga paxta hosili, Buxoro-6 navi 110584 gektar maydondan 28,1 st/ga o’rniga 29,8 st/ga yuqori sifatli paxta hosili etishtirildi.
Qoraqalpog’iston respublikasi bo’yicha Buxoro-8 g’o’za navi 1100 gektar maydonga ekilib, reja bo’yicha 23,4 st/ga o’rniga 27,6 stga; Buxoro-102 g’o’za navidan esa 20,9 st/ga o’rniga 22,2 st/ga; Qashqadaryo viloyati bo’yicha Buxoro-8 g’o’za navi 54083 gektar maydonga ekilib, 25,9 st/ga o’rniga 27,5 st/ga, Buxoro-6 navidan 49742 gektar maydondan 25,5st/ga o’rniga 26,8 st/ga va Buxoro-102 g’o’za navidan 22532 gektar maydondan 27,0 st/ga o’rniga 27,3 st/ga; Navoiy viloyatida Buxoro-6 navidan 12842 gektar maydondan 28,0 st/ga o’rniga 31,1 st/ga; Buxoro-102 g’o’za navidan 8947 gektar maydondan 28,1st/ga o’rniga 30,6 st/ga; Xorazm viloyatida Buxoro-102 g’o’za navi bo’yicha 3108 gektar maydondan 26,4 st/ga o’rniga 29,1 st/ga yuqori sifatli paxta hosli etishtirilgan. Respublika bo’yicha rayonlashtirilgan, istiq bolli va yangi g’o’za navlarining hosildorlik, sifat va jahon bozorida xaridorgirligi bo’yicha ko’rsatkichlarini nazarga olib qaraydigan bo’lsak, ayni pallada eng yuqori darajali g’o’za navlari sirasiga: Buxoro-8, Buxoro-6 va Buxoro-102 navlari kirib, Buxoro-8 birinchi, Buxoro-6 ikkinchi va Buxoro-102 g’o’za navi 3 o’rinni egallaydi.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish