«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Tuproqshunoslikda tadqiqot usullari



Download 18,39 Mb.
bet5/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Tuproqshunoslikda tadqiqot usullari.
Boshqa fanlar kabi, tuproqshunoslik ham, fanga mos (adekvat) o’zining tadqiqot usullariga ega. Ushbu usullar tabiiy jism sifatida tuproq spesifikasiga mosdir.
Eng avvalo tuproqni o’rganishda tizimli (kompleks) yondoshishni ajratish lozim, bunda uni o’rab turgan obyektlar va xodisalardan ajralmagan holda o’rganish tushuniladi, ya’ni tuproqni katta sistema (biogeosenoz, biosfera) ning tarkibiy qismi (kichik sistemasi) sifatida o’rganish. Shu bilan birga tuproqning o’zi kichik sistemachalar tarzida paydo bo’lgan.
Profil – genetik usuli – tuproqshunoslikka oid barcha tadqiqotlarning asosini tashkil etadi. U tuproqni yer yuzasidan boshlab butun chuqurligi davomida genetik gorizontlar bo’yicha to ona jinsga qadar o’rganishni va tuproq kesimining o’rgatilayotgan xossalari va parametrlarini taqqoslashni talab etadi. Bu usul tuproq hosil bo’lish jarayonlari rivojining tabiiy qonuniyatlarini aks ettiradi.
Morfologik usul – tuproq kesimining tuzilishini o’rganish tuproqshunoslikka oid tadqiqotlarni o’tkazishda tayanch hisoblanadi va tuproqlarning tabiiy sharoitdagi diagnostikasi asosini tashkil etadi. Morfologik taxlilning uch turi: makromorfologik (tuproqni oddiy ko’z bilan o’rganadi); mezamorfologik (tuproqni lupa va binokulyar yordamida o’rganadi); mikromorfologik (tuproqni mikroskoplar yordamida o’rganadi) turlaridan foydalaniladi.
Morfologik usul tuproqni o’rganishga va ularni tashki (morfologik) belgilariga ko’ra bir-biridan ajratishga imkon yaratadi. Bunda tuproq profilining tuzilishi, tuproq va ayrim gorizontlarining qalinligi, tusi, granulometrik tarkibi, strukturasi, qovushmasi, yangi yaralmasi, qo’shilmasi va x.k. lar o’rganiladi.
Qiyosiy – geografik usul tuproqlarni va tuproq hosil bo’lishga tegishli omillarni ularning tarixiy rivojlanishida va joylarda tarqalishini taqqoslashga asoslangan bo’lib, tuproq genezisi va ular geografiyasi qonuniyatlari haqida asosli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Qiyosiy – tarixiy usul aktualizm prinsipiga asoslanadi, xozirgi vaziyatni o’rganish asosida tuproq va tuproq qoplamining o’tmishini tadqiq qilish imkonini beradi.
Biogeosenotik (ekologik) usul – bunda biogeosenozning barcha komponentlarini: tuproq, o’simliklar, jonivorlar, mikroorganizmlar, atmosfera, tabiiy suvlar, tog’ jinslarini, geografik muhitning muayyan sharoitlarini hisobga olgan holda va bir vaqtning o’zida bir-biri bilan bog’liq holda o’rganish tushuniladi.
Modellashtirish – obyektning ba’zi bir xossalari va belgilarini bevosita uning o’zida emas, balki boshqa, shu obyektga o’xshash bo’lgan obyekt (model) da tadqiq qilish usuli.
Tuproqlar kaliti usuli – tuproqlar kaliti kichikroq maydonlarni sinchiklab genetik-geografik analiz qilish va olingan xulosalarni tuproq qoplami bir xil strukturali yirik maydonlarga qo’llashga asoslangan.
Tuproq monolitlari usuli – tuproq jarayonlarini tabiiy tuzilishi buzilmagan tuproq kolonkalarida (monolitlarda) fizik modellashtirish (namning, tuzlarning xarakati va x.z.) prinsipiga tayanadi.
Tuproq lizimetrlari usuli tabiiy tuproqlardagi moddalarning vertikal ko’chishi jarayonlarini lizimetrlar yordamida o’rganishda keng foydalaniladi.
Tuproq – rejim ko’zatishlari usuli bir tuproqning o’zida uzoq vaqt mobaynida (bir mavsumda, vegetasiya davrida, bir yilda, bir necha yilda) berilgan vaqt oraliqlarida u yoki bu parametr (ko’rsatkich) larni (namlik, temperatura, tuzlar, gumus, azot va boshqa oziq elementlari) miqdorini o’lchash asosida hozirgi tuproq hosil bo’lish kinetikasini tekshirishda qo’llaniladi.
Vegetasion idishlar usuli tuproq – o’simlik sistemasida o’zaro bog’liqlikni o’rganishda keng qo’llaniladi.
Aerokosmik usul. Tuproqshunoslikda aerokosmik usullar bir tomondan, yer yuzasining spektorning turli diapazonlarida va turli balandlikdan olingan fotosuratini asboblar yordamida yoki oddiy ko’z bilan o’rganishni, ikkinchi tomondan tuproqning spektral qaytarish yoki yutish qobiliyatini bevosita samolyotlar va kosmik apparatlardan turib o’rganishni o’z ichiga oladi. Tuproqlar geografiyasi, tuproqning bir qator muhim xossalari-namlik, zichlik, tuz miqdori, gumuslilik va boshqalar dinamikasi shu usul bilan tekshiriladi.
Tuproqli so’rim usuli har bir erituvchi (suv, turli kislotalar, ishqorlar yoki har xil konsentrasiyali tuzlar eritmalari, organik erituvchilar – spirt, aseton, benzol va x.z. lar) ta’sirida nazorat qilinadigan sharoitda tadqiqotchini qiziqtiruvchi qandaydir ma’lum guruhdagi birikmalarni tuproqdan ajratib olishga asoslangan.
Tuproqshunoslikda radioizotoplar usuli tuproqlar va ekosistemalardagi u yoki bu elementlar va ular birikmalarining ko’chish jarayonlarini nishonlangan atomlar asosida o’rganishda qo’llaniladi.
Tadqiqot o’tkaziladigan joyga ko’ra dala va laboratoriya tuproq tekshiruvlariga bo’linadi.
Dala sharoitida o’tkaziladigan tuproqshunoslikka oid tadqiqotlar tuproqlarni o’rganishning ekspedision va stasionar usullari rekognossirovka maqsadidagi marshrutli tuproq tekshiruvlari, berilgan masshtabda tuproq qoplamining kartosxemasini olish, maxsus stasionarlarda, tajriba stansiyalarida ko’p yillik rejimli ko’zatishlar, tuproqlar meliorasiyasi va transformasiyasiga doir tajribalar (shu jumladan ishlab chiqarish sharoitlarida); tabiiy sharoitlardagi modelli tajribalarni (shu jumladan lizimetrlar va stok maydonlaridan foydalanib) o’z ichiga oladi.
Tadqiqotning laboratoriya usullarida tuproqlarning fizik, minerologik, mikromorfologik xossalari tekshiriladi, tuproq jarayonlari fizik va matematik modellashtiriladi, dala ishlari ma’lumotlari ishlab chiqiladi.
Fizikaviy, fizik – kimyoviy, kimyoviy va biologik analitik usullar. Tuproqning xossalari va tarkibini o’rganishda qo’llaniladi.
Tuproqshunoslikda sistemali uslubiy yondoshuvdan keng foydalaniladi. Bunda tuproq bir tomondan o’zaro bog’liq holda harakat qiluvchi ko’plab kichik sistema - bloklardan iborat bo’lgan yaxlit sistema deb qaralsa, ikkinchi tomondan, biosfera va ekosferaning ekosistemalaridagi kichik sistema deb qaraladi.



Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish