III. Amaliy qism
Topshiriq. Yer haydashda burilishlarni qoʼshib hisoblaganda traktor 7,0 km/soat tezlikda harakatlansa: PYa-3-35, PN-4-35 va 5 korpusli pluglarda kuniga 8 soatdan ishlansa 78 gektarli dalani necha kunda haydaladi? Har bir plug uchun alohida hisoblang.
Plugning soatlik ish unumdorligini quyidagi ifoda orqali hisoblaymiz.
Wc = 0,1*Bish *Vish*Ʈ, ga/soat
Bu yerda; Bish - mashinaning ish kengligi, m (1.75 m ga teng PYa-3-35, PN-4-35 markali pluglarda)
Vish - agregatning ish tezligi, km/soat (7,0 km/soat)
Ʈ - ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti.(0.80 ga teng)
U holda agregatning soatlik ish unumdorligi quyidagicha buladi.
Wsoat = 0,1*1,75 *7*0,80 = 0.98 ga/soat
Demak bizga berilgan topshiriq bo’yicha PYa-3-35, PN-4-35 markali plugni bir soatdagi ish unumi 0.98 ga\soat ekan. Buni bir kunlik ish soatiga ko’paytib olamiz va bizga bir kunda qancha gektar yer haydalishi malum bo’ladi.
8*0.98=7.84
Demak bizda bir kunda 7.84 ga yer haydalar ekan. Endi proporsiya yordamida 78 ga maydon uchun necha kun kerak ekanligini aniqlab olamiz.
Bu chiqqan natijani yaxlitlab olsak 78 ga yerni PYa-3-35, PN-4-35 markali pluglarda haydash uchun 10 kun kerak bo’lar ekan.
Xulosa
Tuproq hosil bo’lish jarayonining har xil yo’llar bilan rivojlanishi hayotning suvdan quruqlikka chiqishi bilan bog’liq bo’lib, bu holat bundan 400—500 mln yillar avval o’tgan va asta-sekin tuproq, qobiq yuzaga kela boshlagan.
Tuproq qobiq turli ekosistemalarda uchraydigan o’simliklar o’sish, rivojlanish va fotosintez jarayonining o’tishi uchun zarur bo’lgan suv, mineral moddalar, gaz
bilan ta’minlaydi va sayyorada organik moddalarning hosil bo’lishiga asos soladi.
Tuproq ma’lum darajadagi qattiqroq yaxlit tana bo’lsa ham, uning zarrachalar orasi o’simliklarni mineral va organik moddalar bilan ta’minlovchi oziqa manbai, erigan makro va mikroelementlar, organik moddalar to’planadigan joydir. Ulardan tashqari tuproqda o’simliklarning qoldiqlari , chirindilari to’plangan bo’lib , ular o’z nvbatida boshqa hayvonlarga (sichqon ,sug’ur , qurt-qumursqa ) yashash muhiti hisoblanadi. Organizmlarning hayot faoliyati natijasida tuproqda doim moddalar almashinuvi va har xil energiyaning siklik o’zgarishi hamda migratsiyasi bo’lib turadi. Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo’lib, o’zgaruvchan dinamik hosiladir. yer yuzi turli qobiqlari o’rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi. Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim xalqasi deb yuritsa bo’ladi. Tuproqda u yoki bu mikroelementlar etishmasligi yoki optiqchaligi organizmlarning rivojlanishi va insonning sog’lig’iga bevosita ta’sir ko’rsatadi; Tuproq kasallik tarqatadigan; ko’plab mikroorganizmlar uchunzarur hayot muhiti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |