Tuproqning g’ovakligi.
Tabiiy joylashuvi buzilmagan tuproq bo‘shliqlarning
umumiy xajmiy
yig’indisiga
tuproq g’ovakligi
deyiladi. Tuproqning g’ovakligi uning solishtirma
og’irligi (CO) bilan xajm og’irligiga (HO) bog’liq. Ularning o‘zgarishi g’ovaklikda
o‘z ifodasini topadi.
Kovaklik (K) tuproqning umumiy hajmiga nisbatan % bilan ifodalanib,
tuproq zichligi (d) hamda qaniq fazasi zichligiga (d) ko‘ra
quyidagi formula
bilan hisobIab chiqariladi:
Tuproqning
g’ovakligi
uning
muhim
xususiyatlaridan
biridir.
G’ovakliklarning mavjudligi aeratsiya va suv harakatiga ijobiy ta’sir etadi.
Strukturali bo‘lakchalarni kubsimon holatda joylashtirilganda ular g’ovak
joylashgan bo‘lib, nazariy hisob - kitoblarga qaraganda bo‘lakchalar orasidagi
g’ovaklik umumiy tizimining 47,6 % ini tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda,
tuproqda qanchalik bo‘lakchalar ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik g’ovak joylashadi va
aksincha, strukturasiz tuproqlarda
esa mexanik elementlar, qanday shaklda
joylashishiga qaramay ular zich bo‘ladi va natijada umumiy g’ovaklik keskin
pasayadi.
24-jadval
Tuproq kovakligini baholash (N.A.Kachinskiy bo‘yicha)
Vegatatsiya davrida
qumoq
va soz
tuproqlar uchun
umumiy kovaklik, %
Kovaklikning sifat
bahosi
Vegetatsiya davrida
qumoq
va
soz
tuproqlar
uchun
umumiy kovaklik, %
Kovaklikning sifat
bahosi
>70
Tuproq
qavargan
bo‘lib,
kovaklik
nihoyatda yuqori
<50
Haydalma
qatlam
uchun qoniqrsiz
65-55
Madaniy
haydalma
qatlam
uchun,
kovaklok a’lo
40-25
Illuvial
gorizont
uchun
xarakterli
bo‘lib,
kovaklik
nihoyatda past
Tuproq g’ovakliklarining shakli va diametri har xil bo‘lishi mumkin. Tuproq
zarrachalari va bo‘laklari o‘rtasidagi kovaklarning katta - kichikligi, shakli hamda
soniga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Mayda kovakli tuproqlar
, kovaklarning diametri 1 mm dan kichikroq bo‘ladi
(lyosslar);
Kovakli tuproqlar
, kovaklarning diametri 1-3 mm gacha (bo‘z tuproqlar,
strukturali bo‘laklardagi kovaklar);
G’alvirak tuproqlarda
diametri 3 mm dan 5 mm gacha bo‘lgan kovaklar
uchraydi;
Teshikli tuproqlar
bunday tuproqlardagi bo‘shliqlarning diametri 5 mm dan
10 mm gacha bo‘ladi;
Serkovak tuproqlar
, bunday tuproqdagi bo‘shliqlar diametri 5 mm dan 10 mm
gacha bo‘ladi;
Naysimon
kovakli tuproqlar, bunday tuproqlarda yer qazuvchi yirik
jonivorlarning inlari bo‘ladi.
Agarda tuproq yuzasida yoriqlar mavjud bo‘lsa, ular katta-kichikligiga qarab
quyidagilarga bo‘linadi:
Kichik yoriqli tuproqlar
, bunday tuproqlarda yoriqlarning eni 3
mm dan
kichikroq bo‘ladi;
Darz ketgan tuproqlar
, bunday tuproqlardagi yoriqlarning eni 3 mm dan 10
mm gacha bo‘ladi;
Yoriq (tirqishli) tuproqlar
, bunday tuproqdagi yoriqlarning eni 10 mm dan
ortiq bo‘ladi.
Shunday qilib, tuproqning kovakligi muhim morfologik belgi bo‘lib xizmat
qiladi. U tuproqda yashayotgan butun tirik organizmlarni havo, oziqa moddalari va
suv bilan ta’minlaydi. Keyingi yillarda tuproq g’ovakligini o‘rganish
maqsadida
takomillashgan maxsus mikroskoplar ishlatilmoqda va g’ovaklikni tabaqalashga
kirishildi.
50>