Turli tipdagi
tupgoqlar
qattiq qismining zichligi bi
r
xil emas.
U tuproq
tarkibidagi organik moddalar miqdoriga
va
mineral qismi komponentlari
(tarkibiy qismlari) ning nisbatiga bog'liq.
Tuproqlarda organik moddalar
qancha k
o‘p bo‘lsa ular qattiq qismining zichligi shuncha past
va
tuproqlarda
temir oksidlari qancha k
o‘p bo‘lsa shuncha yuqori.
Tuproqning xajm og’irligi juda o‘zgaruvchan bo‘lib, asosan, agregatlarning
zichlashish darajasiga bog’liq bo‘ladi. Ustki haydalma qatlam, odatda, kichik xajm
og’irligiga (1,1-1,3 g/cm
3
) ega, chunki bu qatlamda agregatlar g’ovak joylashgan
bo‘ladi. Quyi qatlamda agregatlar miqdori kamayib borganligi hamda agregat va
zarrachalarning zich joylashganligi tufayli bo‘shliqlar miqdori kamayib boradi,
natijada xajm og’irlik ortadi (1,5-1,7 g/cm
3
). Strukturali
tuproqlarning yuqori
qatlamlari kichik xajm og’irlikga ega bo‘lib, u butun vegetatsiya davomida
o‘zgarmay turishi mumkin.
O‘zbekiston tuproqlarida agregatlarning kamligi hamda ularning suvga
chidamsizligi xajm og’irligini vegetatsiya davomida juda o‘zgarib
turishiga olib
keladi. Sug’orish suvlari agregatlarni buzadi va ularni yanada zichlashishiga sabab
bo‘ladi. Yangi sug’oriladigan yerlar asta – sekin zichlashib tuproq qovushmasining
zichligi jihatidan o‘rtacha o‘rinda. Turli tipdagi o‘rtacha o‘rinda turadi. Turli tipdagi
sug’oriladigan tuproqlar qovushmasining zichligi jihatidan bir biriga yaqin turadi
shunday bo‘lsa ham sahro xududidagi va gidromorf tuproqlar, ayniqsa,
kuchli
zichlashgan bo‘ladi. Umuman, quyi qatlamlardagi tuproqning xajm og’irligi ustki
qatlam tuproqning xajm og’irlikka nisbatan kattaroq bo‘ladi. Eng katta xajm og’irlik
haydalma osti qatlamiga to‘g’ri keladi.
Sug’oriladigan tuproqlar sug’orilmaydigan tuproqlar yoki qo‘riq yerlarga
nisbatan zichroq qovushmali va kamroq kovakli bo‘ladi.
Tuproqning xajm og’irligi uning unumdorligini belgilashda, ayniqsa madaniy
o‘simliklarning bir me’yorda rivojlanishida va ularning hosildorligini oshirishda
muhim ahamiyatga ega.
Shuni ta’kidlash kerakki, tuproqlarda mavjud
mikroagregatlar oz miqdorda
bo‘lsada, butun vegetatsiya davomida xajm og’irligini juda ham ko‘tarilishiga
to‘sqinlik qilib, o‘ziga xos fizik tartiboti vujudga keltirishga sabab bo‘ladi. Buni biz
ushbu darslikning maxsus bo‘limlarida ba’zi bir misollarda ko‘ramiz.
Hozirgi vaqtda xajm og’irlikni o‘rganish maqsadida tuproq – meliorativ
tekshirish ishlarida har xil xajmdagi silindrlar (250, 500, 1000 cm
3
) ishlatiladi.
Xajm og’irlikni aniqlash bilan biz uning zichlashish darajasini bilamiz, bu esa
uning muhim
morfologik belgisi hisoblanib, ayrim agrotexnik tadbirlarni ishlab
chiqishga yordam beradi.
Tuproq zichligiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
O‘ta zich tuproq
– belkurak va pichoq bunday tuproqlarga o‘tmaydi;
Zich tuproq
– bunday tuproqlarning zarralari jips birikkan bo‘ladi va ularga
belkurak zo‘rg’a o‘tadi;
G’ovak tuproq
– bunday tuproqlarning zarralari yoki strukturali elementlari
o‘zaro yaxshi birikmagan bo‘ladi va ularni belkurak osonlik bilan kesadi, bu
tuproqlar belkurak bilan ag’darilganda zarralarga yoki strukturali bo‘laklarga ajralib
ketadi;
Sochiluvchan tuproq
– tarkibida sochiluvchan qum bo‘ladi.
Nam holida
zichligi kamayadi va haddan tashqari ho‘l bo‘lsa, u oquvchan bo‘ladi.
Tuproqning xajm og’irlik ko‘rsatkichi tuproq g’ovakligini hamda uning
tarkibida qancha miqdorda tuz,
chirindi, oziq moddalar va suv borligini hisoblab
chiqishda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: