ASOSIY QISM
1-Bob.Asosiy tuproq paydo qiluvchi ona jinslar
Mustaqil tabiiy jism - tuproq qattiq (mineral va organik zarrachalar), suyuq (tuproq eritmasi), gazmison (tuproq havosi) va tirik jonivorlar (tuproq organizmlari) kabi bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan turli qismlardan iborat ko‘p fazali dispers (turli zarrachalar to‘plamidan tashkil topgan) sistemadir. Tuproqning mineral qismi uning massasiga nisbatan 80-90 foizni tashkil etib, organogen (torfli) tuproqlarda esa 1-10 foiz atrofida bo‘ladi. Turli tog‘ jinslaridagi mineral zarrachalar tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida tuproqqa o‘tib to‘planadi. Turli omillar, jumladan o‘simlik va mikroorganizmlar ta‘sirida mineral qismi o‘zgarib tuproqqa aylanayotgan g‘ovak holdagi tog‘ jinslariga tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar deb ataladi. Ona jinslar tuproqning material asosi bo‘lib, tuproq paydo qiluvchi jinslarning mexanik, mineralogik va kimyoviy tarkibi va shuningdek fizik, kimyoviy, fizikkimyoviy xossalari unda shakllanayotgan tuproqlarga bevosita ta‘sir etadi. Bu tarkibiy qismlar va xossalar keyinchalik tuproq paydo qiluvchi omillar ta‘sirida asta-sekin turli darajada o‘zgarib boradi. Tuproq ona jinslari o‘zining kelib chiqishi, tarkibi tuzilishi va xossalari bilan keskin farq qiladi. Shuning uchun ham unda o‘sadigan o‘simliklar hamda mikroorganizmlarning rivojlanishi va nihoyat tuproqning paydo bo‘lishi uchun bir xil sharoit mavjud bo‘lmaydi.Tuproqning sifat ko‘rsatkichlari, jumladan potensial unumdorligi darajasi va agronomik qimmati ko‘pincha ona jinslar xarakteri bilan bevosita bog‘liq. Tuproq paydo qiluvchi jinslar Yerning qattiq qobig‘ini va litosferasini tashkil etuvchi turli tog‘ jinslaridan hosil bo‘ladi. Barcha tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra: magmatik, cho’kindi va metamorfik gruppalarga ajratiladi. Litosferaning ko‘p qismi magmatik va metaforfik tog‘ jinslaridan tashkil topgan bo‘lib, faqat yupqa yuza qatlami cho‘kindi tog‘ jinslari bilan qoplangan. Quruqlikning yuza qatlamida (asosan tekisliklarda) cho‘kindi tog‘ jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog‘ jinslari esa 25 foizni tashkil etadi. Magmatik (otqindi) tog‘ jinslari yer qobig‘ining ichki qismidagi yuqori darajali temperatura sharoitida erigan magma (silikatli massa) ning sovib qotishi natijasida paydo bo‘lgan intruziv (yoki ichki chuqurlik) jinslar (granit, diorit, siyenit kabi to‘la kristallangan tog‘ jinslari), effuziv - otilib chiqqan, oddiy temperaturada tez sovigan jinslar obsidian (vulqon oynasi), bazalt singari jinslardir. Magmatik tog‘ jinslari litosferani tashkil etadiganjinslar umumiy massasining 95 foizini tashkil etadi.
Magmatik tog` jinslari sinflari
Jins tarkibi
|
Jinsning nomi
|
SiO2, % ning ulushi
|
minerallar
|
chuqurlikdagi
|
quyma
|
nordon SiO2, 75 65%
|
kvars, dala shpatlari, slyuda
|
Granit
|
Kvarsli, porfir
|
o`rtacha SiO2, 65-52%
|
dala shpatlari, rogovaya obmanka, biotit
|
siyenit, diorit
|
ortoklazli porfir, andezit
|
asosiy SiO2, 52-40%
|
labrador, avgit, olivin
|
gabbro
|
diabaz, bazalt
|
ultraasosiy SiO2, 40% dan kam
|
olivin, avgit, kon minerallari
|
peridotit, dunit
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |