tuproQning mexanik tarkibini pipetka yordamida o’rtacha namuna olish yo’li bilan laboratoriya sharoitida aniQlash.
Mashg’ulotdan maqsad. Tuproq zarrachalarinining foiz hisobidagi nisbiy miqdori ularning mexanik tarkibi deyiladi.
Mexanik analiz qilishning hozirgi davrda juda ko’p usullari mavjud. Bular ichida eng ko’p tarqalgan va ixchamlashtirilgani pipetka metodi hisoblanadi. Buning uchun tuproqnipg ҳar xil katta-kichiklikdagi zarrachalaridan suspenziya tayyorlanadi. Suspenziyadan pipetka yordamida o’rtacha namunalar olib ularning tarkibi aniqlanadi, prostent miqdorida hisoblanadi.
Pipetkaning umumiy ko’rinishi va kerakli asbob-uskunalar aks ettirilgan. Bu metod yordamida (Mexanik analiz қilish 2 қismdan iborat). Tuproqni analizga tayyorlash va har xil kattalikdagi mexanik zarrachalarning miqdorini aniqlashdir.
Tuproq namunasini analizga tayyorlashning asosiy maqsadi-agregatlarni buzish va tuproqning bir-biriga yopishib yotgan mexanik elementlarini to’la-to’kis qismlarga ajratishdan iborat. Bu jarayonni tezlatish uchun har xnl ximiyaviy eritmalar qo’llaniladi.
Natriy bilan to’yingan tuproqlar esa suvda juda yaxshi bo’tanalashgan suspenziya hosil qiladi.
Natriy oksalat bilan karbonatli tuproq o’rtasida ketadigan reakstiya quyidagicha:
Na
T uproq -Ca + Na2C2O4 = tuproq + Ca2C2O4
Na
CaCO3+Na2C2O4= Ca2C2O4+Na2CO3
Na
T uproq-Ca+Na2CO3=tuproq + CaCO3
Na
Ishlash tartibi. Teshiklari 1 mm. li elakchadan o’tkazilgan tuproqdan analitik tarozida 20 g olib 250 ml yassi taglik kolbachaga solinadi. Ayni bir vaqtda mexanik analiz uchun olinayotgan har bir tuproq namunasidan 3-5g atrofida alohida byukslarda uning gigroskopik namligini aniqlash uchun tuproq olish kerak. So’ngra 1 gramm tuproqqa 1 ml hisobida natriy geksametafosfat eritmasi solinadi. (ko’pgina olib borilgai tekshirishlar ko’rsatishi bo’yicha tuproqning singdirish kompleksidagi kalstiyning o’rnini batamom natriy egallashi uchun 1:1 nisbat yetarli deb topilgan) va u yaxshilab tuproq bilan qorishtiriladi. Natijada kolbachada xamirsimon bo’tqa hosil bo’ladi. So’ngra mana shu bo’tqa ustiga 70-80 sm3 distillangan suv quyib, u yaxshilab aralashtiriladi. Shu tarzda tayyorlangan bo’tqa elektr plitka yoki qum hҳammomi ustiga qaynatish (bunda kolba og’zida shisha voronka bo’lishi lozim) uchun qo’yiladi. Bo’tqa bir soat davomida qaynatiladi. Shundan so’ng bo’tqa xona tempuraturasigacha sovitiladi. So’ngra 1 litrli maxsus stilindrga bir-biriga kiydirilgan 1-0,25, 0,25-0,1 mm li elakchalar orqali suzib o’tkaziladi. Elakchalarda yig’ilib qolgan zarrachalar yaxshilab yuviladi, og’irligi aniq bo’lgan chinni piyolacha yoki alyumin byukslarga solinadi va suv hammomida parlatish uchun qo’yiladi. Piyolachalardagi suv to’liq bug’latilgach, ular termostatda 105-1100 issiqlikda 4-6 soat davomida quritiladi. So’ngra eksikatorda sovitilgach, analitik tarozida tortilib, har qaysi piyolachadagi zarrachalarning og’irligi va prostent miqdori aniқlanadi (quyida keltirilgan hisoblash tartibiga qarang).
Agarda analiz uchun olinayotgan tuproq u yoki bu darajada sho’rlangan bo’lsa, bunday tuproqlarni mexanik analiz qilishdan oldin Cl va SO4 ionlari tamom bo’lguncha distillangan suv bilan yuvish kerak.
Tsilindrdagi bo’tana suyuqlikning hajmn 1 litrga etkaziladi. So’ngra suyuqlikdan uy temperaturasini, tuproq qattiq fazasinnng solishtirma massasini bilganimiz qolda ayrim zarrachalarning silindrdan olish vaqtini va olish chuqurligini belgilab olamiz. Suyuqlik maxsus o’rnatilgan pipetkalar yordamida olinadi. Pipetkani stilindrga botirish chuqurligi va namuna olish muddati 1-jadvalda ko’rsatilgan.
Olingan namuna chinni piyolachaga solinadi va pipetkaga yopishib qolgan zarrachalar ham suv bilan yuvib tushiriladi. Piyolachadagi loyli suyuqlik to’liq bug’latilgach, termostatda 105°S issig’likda quritiladi (4-6 soat), so’ngra eksikatorda sovitilib analitik tarozida tortiladi va pipetka bilan olingan tuproq zarrasining og’irligi topiladi. Boshqa mexanik zarrachalardan ham namuna olish 1-jadvalda ko’rsatilganidek bajariladi. Stilindrdagi suyuqlpk ҳar bir namuna olishdan oldin aralashgich (meshalka) yordamida chayqatiladi.
Har bir gruppa zarrachalarining olish vaqti va chuqurligini Stoksning quyidagi formulasi orqali topamiz:
V=
bu yerda,
V - zarrachaning cho’kish tezligi, sm/sek hisobida;
g - jismning erkin tushish tezligi 98 sm/ga teng;
d1 - cho’kadigan zarrachalarning solishtirma massasi, g/sm3;
d - eritmaning solishtirma massasi, g/sm3;
n—eritmaning yopyshqoqligi (yopishqoqlik temperatura o’zgarishi bilan keskin o’zgaradi).
Pipetka yordamida quyidagi gruppa mexanik zarrachalar ajratiladi.
I namuna (sekundlik) 4 xil zarrachalar yig’indisi + dispergator-0,05-0,001 mm (0,05-0,01, 0,01-0,005, 0,005-0,001 va 0,001 mm dan kichik zarrachalar). II namunada (minutlik) 3 xil zarrachalar yig’indisi + dispergator -0,01-0,001 mm (0,01-0,005, 0,005-0,001 va 0,001 mm dan kichik zarrachalar). III namuna (soatlnk) 2 xil zarrachalar yig’indisi + dispergator - 0,005-0,001 mm (0,005-0,001 va 0,001 mm dan kichik zarrachalar), IV namunada (sutkalik) 1 xil zarracha + dispergator-0,001 mm - dan kichik.
Har qaysi gruppa zarralar og’irligini hisoblashda, keyingi olingan namuna og’irligini oldingi namuna og’irligidan olib tashlash bilan zarralarning haqiqiy og’irligi topiladi. Masalan 0,01-0,005 mm li ikkinchi gruppa zarrachalar og’irligini (0,4252 g) birinchi gruppa zarrachalar (0,05-0,01 mm) og’irligidan (0,6324 g) olib tashlash bilan birinchi gruppa zarrachalariniig haqiqiy og’irligi aniqlanadi. Oxirgi gruppa (IV namuna) zarrachalaridan esa dispergator og’irligi olib tashlanishi kerak. Dispergator og’irligi quyidagicha topiladi. Analiz uchun olingan tuproqqa solingan miqdordagi dispergator (masalan, 20 ml) 1 litrli stilindrga solinadi va bir litrgacha distillangan suv bilan suyultiriladi. Suyuqlik uy temperaturasiga kelgach, undan pipetka orqali namuna olib, chinni piyolachaga solinadi va suvli hammomda bug’latiladi. Suyuqlik batamom bug’langach, termostatda quritilib, eksikatorda sovitiladi va analitik tarozida tortiladi.
Dispergator og’irligi esa oddiy proporstiya yo’li bilan topiladi.
25 ml — a gr
1000 – x
X=
bu yerda;
a-chinni piyoladagi quruq qoldiq. Mana shu topilgan miqdor oxirgi gruppa zarrachadan olib tashlanadi. Shu tartibda aniqlangan har qaysi gruppa zarrachalarning prostent miqdori quyidagicha hisoblanadi:
X =
x-ma’lum kattalikdagi mexanik zarrachalar miqdori, % hisobida;
a -zarrachaning haqiqiy og’irligi, gramm hisobida;
v - pipetka hajmi, ml hisobida;
s - analiz uchun olingan absolyut quruq tuproq, gramm hisobida;
1000 -suyuqlikning umumiy hajmi, ml da;
100-prostentga aylantirish koeffistienti.
Pipetkani suspenziyaga botirish chuqurligi va har xil temperatura muhitida o’rtacha namuna olish
(Stoks formulasi bo’yicha hisoblangan. N.A.Kachinskiy ma’lumoti 1958 y)
Do'stlaringiz bilan baham: |