Mikroorganizmlarning tuproq muhitida yashash muddatlari
Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarning turlari
|
Yashash muddatlari
|
Qorin tifi
Ichburug‘
Vabo
Sil kasalligini qo‘zg‘atuvchisi
O‘lat
Tulyaremiya
Spora hosil qiluvchi mikroblar
|
2-haftadan 12 oygacha
haftadan 9 oygacha
1 haftadan 4 oygacha
13 haftadan 7 oygacha
3 kun
1.5 hafta
15 yilgacha
|
Ifloslangan tuproq muhiti infeksiyalar va invaziyalarning uzatilishida muhim omil bo‘lib qoladi. Tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi geokimyoviy epidemiyalarning kelib chiqishini belgilab berishi ham mumkin. SHuning uchun aholi yashash joylarini turli xildagi chiqindilar va iflosliklardan muntazam tozalab turilishiga ehtiyoj tug‘iladi va tuproq muhitining ifloslanishining oldini olishga doir tadbirlarning ishlab chiqilishini talab etadi (SanQM №0272-09 “O‘zbekiston sharoitida tuproqni ifloslanishdan muhofaza qilish sxemalarini gigienik asoslashni tuzish bo‘yicha Sanitariya qoida va me’yorlari”).
Tuproq muhitini ifloslashi mumkin bo‘lgan manbalar juda ko‘p va xilma-xildir. Masalan, qishloq aholi yashash joylarida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish ob’yektlari (pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar, chorvachilik), shahar sharoitida esa xo‘jalik chiqindilari, ko‘cha supirindilari, sanoat korxonalarining chiqindilari bo‘lishi mumkin.
Sanoat korxonalari oxirgi o‘n yilliklarda atrof-muhitni ifloslovchi asosiy ob’yektlar bo‘lib qolmoqda va hattoki qishloq aholi yashash joylarining ifloslanishida ularning tutgan o‘rni yuqori ekanligi aniqlanmoqda: birinchidan zararli moddalarning manbai bo‘lgan korxonalarni shahar hududidan chetga chiqarilishi bo‘lsa, ikkinchidan atmosfera havosiga chiqariladigan gaz, tutun, chang, bug‘, kul ko‘rinishidagi iflosliklar havo oqimlari tufayli qishloq hududlarini ham ifloslaydi. Ifloslangan havo muhitidagi zararli moddalar atmosfera yog‘inlari orqali tuproq muhitini ifloslovchi manbaga aylanadi (kislotali yog’inlar).
Tuproq muhitining kimyoviy ifloslanishi fan-texnika taraqqiyotining eng salbiy oqibatlaridan biri hisoblanadi. Tuproq muhitining kimyoviy iflosliklardan tozalanishi juda sekinlik bilan boradigan jarayon hisoblanadi va shuning uchun ham tuproq muhitini kimyoviy ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik eng asosiy muhofazalash variantidir.
Tuproqning organik ifloslanishiga kelganimizda, uning o‘z-o‘zidan tozalanishini inobatga olish talab etiladi. Organik birikmalarning o‘z-o‘zidan tozalanishi natijasida kichik miqdorlardagi ifloslanishlar oxirgi mahsulotlargacha parchalanib, mineral tuzlar, suv, CO2 va chirindiga aylanadi. Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni juda murakkabdir. Suyuq holdagi iflosliklar tuproq orqali filtrlanadi, kolloidli moddalar va qo‘lansa hidga ega bo‘lgan gazlar sorbsiyalanadi, suyuqlik tarkibidagi organik moddalar esa ularning fizikaviy va kimyoviy xossalariga muvofiq aerobli va anaerobli sharoitlarda parchalanishga uchraydi. Aerobli sharoitda karbonsuvlar va yog‘lar tuproq tarkibida bo‘ladigan mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatlari ta’sirida suv va CO2 hamda chirindi mahsulotigacha parchalanib ketadi.
Oqsilli moddalar aerobli sharoitda ham, anaerobli sharoitda ham 1-bosqichda tuproq mikroorganizmlari ta’sirida ammonifikatsiya jarayoniga uchraydi (Nitrozo bakteriyalar- Nitrozomonas), 2-bosqichda esa aerobli sharoitda nitritlargacha parchalanadi. Keyinchalik nitritlar nitrobakteriyalar (nitro bakteriyalar) ta’sirida nitratlargacha parchalanadi. Anaerobli sharoitda organik moddalarning parchalanishidan qo‘lansa hidga ega bo‘lgan gazlar hosil bo‘ladi.
Tuproqda aeratsiya sharoiti yaxshi bo‘lsa, o‘z - o‘zidan tozalanish jarayoni juda yaxshi ketishi uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari organik moddalarning parchalanishi uchun yuqori bo‘lmagan tuproq namligi hamda bakteriotsid ta’sirga ega bo‘lgan quyosh nurlarining ultrabinafsha radiatsiyasining ahamiyati ham kattadir. Ammo, bu omillar ta’sirida tuproqning yuza qatlami doimo toza bo‘lishi mumkin.
Organik moddalarning parchalanishi natijasida chirindi (gumus) hosil bo‘ladi. Gumus - bu moddalar kompleksi bo‘lib, o‘z tarkibiga gemitsellulozalarni, yog‘larni, organik kislotalarni, mineral moddalarni, protein komplekslarini va sanitar saprofitlarni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |