Tuproqlarning element tarkibi



Download 48,32 Kb.
bet4/4
Sana27.06.2022
Hajmi48,32 Kb.
#709379
1   2   3   4
Bog'liq
Tuproqlarning element tarkibi

3-jadval
Har xil tuproqlarning 1 metr qalinligida elementlarning o‘rtacha miqdorlari %, (Kudrin, 1963).
Konkretsiyalarda ko‘pincha lantanoidlar, mikro va ultro mikroelementlar to‘planadi.

Shuqırliq, sm

Qurǵaq qaldıq

Сa

Mg

Na

Cl

S

Au
10-7

Mo
10-4

Cd
10-3

La
10-3

Sm
10-3

Sr

1-3

4,26

0,24

0,62

0,28

1,63

0,57

0,080

3,50

6,8

20,6

8,5

0,076

3-30

2,63

0,25

0,25

0,30

0,36

0,57

0,070

3,30

6,2

18,8

6,7

0,057

30-49

2,16

0,23

0,15

0,20

0,11

0,57

0,060

2,80

6,1

8,9

6,7

0,087

49-92

1,76

0,26

0,14

0,15

0,22

0,37

0,70

2,90

6,1

20,1

5,5

0,071

92-130

3,13

0.31

0,44

0,57

0,21

0,57

0,010

2,80

0,9

15,5

5,5

0,079

130-150

2,39

0,25

0,15

0,78

1,16

0,57

0,060

2,80

0,8

14,2

6,5

0,057

200-250

2,97

0,23

0,36

0,50

0,62

0,57

0,008

1,90

1,20

10,1

7,7

0,062

370-390

2,41

0,28

0,30

0,36

0,88

0,27

0,005

2,10

4,8

9,,8

7,0

0,057

Shuni alohida qayd etish kerakki, sho‘rlangan tuproqlarda, sho‘rxoklarda elementlar assotsiatsiyasi va tarkibi, tarqalish qonuniyatlari sho‘r bo‘lmagan tuproqlardan farq qiladi. Buni biz o‘tloqi saz sho‘rhoklari misolida ko‘rshimiz mumkin.
5-jadval
O‘tloqi saz sho‘rxoklarning kimyoviy tarkibi, %

Albatta analiz natijasida keltirilgan ma’lumotlar to‘liq emas, balki uni boshqa elementlar bilan ham to‘ldirishi mumkin. Tuproqlar tarkibidagi elementlar assotsiatsiyalari ularning, ya’ni tuproqlarning tipi, tipchasi, ko‘rinishi va boshqalarga bog‘liq.


Tuproq tarkibidagi elementlar miqdorini Orlov quyidagi guruhlarga bo‘ladi.
1. Kremniy va kisloroddan iborat bo‘lib, birgalikda ular tuproqni 80-90% gacha miqdorini tashkil qilishlari mumkin, ya’ni tuproq massasini bir necha foizdan 90% gachasi Si02 dan iborat bo‘lishi mumkin. Bu guruhga kremniyli birikmalar guruhi deb nom berish mumkin.
2. Alyuminiy, temir, kalsiy, natriy, uglerod guruhi bo‘lib, bular 0,1% dan boshlab bir necha foyizgacha bo‘lishi mumkin.
3. Titan, marganets, azot, fosfor, oltingugurt, vodorod guruhi bo‘lib, bular makroelementlardan mikroelementlarga o‘tuvchi guruhni tashkil qiladi.
Mikro va ultromikroelementlar guruhi bo‘lib, bular 10-3-10-1% miqdorda bo‘ladi. Bularga Ba, Sr, B, Rb, Cu, V, Cr, Ni, Co, Li, Mo, Cs, Se va boshqalar kiradi. Bu bo‘linish nisbiy bo‘lib, bunda birinchi va ikkinchi guruh elementlariga tipik makroelementlar deyiladi.
Nisbiyligining isboti tariqasida temir bilan magniyni keltirishimiz mumkin. Bular tuproqda tipik makroelement, lekin o‘simlik tarkibidagi xlorofilda (Mg) qon tarkibidagi gemoglobinda (Fe) mikroelement va boshqa shunga o‘xshash misollar keltirish mumkin. Yechimiga qarab boshqa tasnifdan ham foydalanish mumkin.
Masalan: V.M.Goldshmidt (1924) tasnifi. Bu tasnifga ko‘ra barcha elementlar 4 guruhga birlashadi.
1. Litofil elementlar. Bularga Si, Ti, S, P, F, Cl, Al, Se, Na, K, Ca, Mg va boshqa, jami 51 element kiradi. Bular biosferada oksidlarni, gidroksidlarni, kislorodli kislotalar tuzlarini hosil qiladi.
2. Xalkofil elementlar. Cu, Zn, Pb, Ag, Cd, Mn, Fe va boshqalar bo‘lib, bular oltingugurt bilan ko‘proq birikmalar hosil qiladi.
3. Siderefillyer. Bular Fe, Co, P, C, Pt, Au, Sn, Mo bo‘lib, temir bilan qotishmalar hosil qiladi.
4. Atmofillyer. N, H, C, O, He, No, Ar, Kr, Xe, Cl, Br, J bo‘lib, yer atmosferasining asosiy qismini tashkil qiladi. Goldshmidt tasnifi geokimyoviy bo‘lib, undan tuproq kimyosida foydalanish nisbatan qiyin.
Tuproqshunoslik va tuproq kimyosi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tasnif A.I.Perelman tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda elementlar ikkiga faol va sust (passiv) guruhga bo‘linadi.
Havo migrantlari.
Suv migrantlari.
Havo migrantlari o‘z navbatida ikkiga faol va sust havo migrantlariga bo‘linadi. Faol migrantlar biosferada kimyoviy birikmalar hosil qila oladi (O,H,C,N,J).
Suv migrantlari bir necha guruhchalarga bo‘linadi. Bunda ularning oksidlanish - qaytarilishdagi ishtiroki, harakatchanligi, vodorod sulfid ishtirokidagi harakatchanligi va boshqalar nazarda tutiladi.
Harakatchan va juda harakatchan elementlar-Cl, Br, S, Ca, Na, Mg, Sr, Ra, F, B.
Kuchsiz harakatlanuvchi kationlar va anionlar - K, Ba, Rb, Li, Ra, F, B.
Qaytariluvchi, gilli muhitda harakatchan elementlar-Fe, Mn, Co.
Qaytariluvchi, vodorod sulfidli muhitda inert, gilli, oksidlovchi muhitda harakatchan va kuchsiz harakatchan-Zn, Cu, Ni, Rb, Cd.
Kam harakatchan, ko‘pchilik tabiiy hollarda-Al, Ti, Cr, Bi, V va lantanoidlar.
Perelman bu elementlarning biofilligiga qarab ularning maxsus qatorini tuzdi. Bu qatorda maksimal biofillikka C, yuqoriga, N, H o‘rtachaga O, Cl, S, P, B, Br va boshqalar quyi (past) Fe, Al lar to‘g‘ri keladi. Bu xususiyat o‘simliklarning biologik singdirish koeffitsentini aniqlashda, uni hisoblashda qo‘l keladi. Bu bo‘linishlar ham nisbiy bo‘lib, ular tuproq kimyosi, tuproq-genetik xususiyatlari, ularni o‘rganishni chuqurlashtirish uchun yanada mukammalashtirishga muhtoj. Masalan tuproq kesmasida elementlarning migratsiya qobiliyati, migratsiya jarayoni, mexanizimi va boshqalar turli tuproq sharoitida o‘rganilishga muhtoj bo‘lgan muammolardan hisoblanadi. Bu o‘rinda pedomorf elementlar guruhiga alohida e’tibor berilishi lozim. Ular tuproq profilining asosini tashkil qiladi.


Download 48,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish