dunyoning har bir mintaqasida har xil tuproq turi mavjud. Bu tuproq hosil qiluvchi omillar butun kosmosda o'zgarib borishi sababli sodir bo'ladi. Masalan, iqlim butun sayyorada bir xil emas, relyef ham, unda yashovchi organizmlar va hk. Shu sababli, tuproqlar turli xil ekotizimlar bo'ylab harakatlanishimiz bilan asta-sekin o'z tuzilmalarini o'zgartiradi.
Tuproq toshlar, qum, loy, gumus (chirigan organik moddalar), minerallar va boshqa elementlar kabi turli xil tarkibiy qismlardan iborat. Tuproq tarkibiy qismlarini quyidagicha tasniflashimiz mumkin:
- Noorganikqum, loy, suv va havo kabi; Y
- Organik, masalan, o'simlik va hayvonlarning qoldiqlari.
Gumus bu tuproqlarni unumdorligini ta'minlaydigan barcha parchalanadigan organik moddadir. Quritadigan barglardan hasharotlar jasadigacha ular tuproq chirindi qismidir. Bu yuqori qatlamlarda uchraydi va ba'zi minerallar bilan birgalikda sarg'ish-qora rangga aylanib, yuqori unumdorlikni beradi.
1. Tuproq haqida tushuncha va uning ta’rifi. Tuproq va uning xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar va bilimlar qadimgi davrlardan boshlab dehqonchilik talablari asosida yuzaga kela boshladi. Ilmiy fan sifatida tuproqshunoslik fani Rossiyada X1X asrning oxirlarida rus olimlari V.V.Dokuchayev., P.A.Kostichev., N.M.Sibirsev., V.R.Vilyams g‘oyalari va asarlari tufayli shakllana boshladi va rivojlandi. V.V.Dokuchayev birinchi bo‘lib tuproqning paydo boa‘lish omillari va jarayonlari haqidagi ilmiy nazariyani yaratdi hamda tuproq tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berdi: "Tuproq deganda suv, havo hamda turli tirik va o‘lik organizmlar ta‘sirida tabiiy ravishda o‘zgargan tog‘ jinslarining (qaysi xil bo‘lishidan qat‘iy nazar) "yuza" yoki tashqi gorizontlariga aytiladi". Tuproq mustaqil tabiiy jism sifatida o‘zining kelib chiqishi (genezisi) bilan boshqa tabiiy jismlardan farq qiladi. V.V.Dokuchayev ko‘rsatgandek, yer yuzasidagi barcha tuproqlar "mahalliy iqlim, o‘simlik va hayvonot organizmlari, ona tog‘ jinslarning tarkibi va tuzilishi, maydonning relyefi va nihoyat joyning yoshi kabilarning juda murakkab ta‘siri" natijasida paydo bo‘ladi. Hozirgi zamon tuproqshunos olimlarning tuproq haqidagi ta‘rifida V.V.Dokuchayevning ko‘rsatmalari o‘z ifodasini topgan: «Tog‘ jinslarining ustki gorizontlarida tirik va o‘lik organizmlar hamda tabiiy suvlar ta‘sirida turli xil iqlim va relyef sharoitlarida hosil bo‘lgan yer yuzasidagi tabiiy tarixiy organo-mineral jismga tuproq deyiladi».
Tuproqshunoslik asoschilaridan biri N.M.Sibirsev o‘z ustozi V.V.Dokuchayevning tuproq haqidagi g‘oyalarini yanada rivojlantirib, tuproq haqidagi tushunchaga o‘zining ayrim fikrlarini kiritdi va tuproq paydo bo‘lish jarayonlarining mohiyatini ancha chuqurroq ochib berishga harakat qildi. U tuproqning quyidagi ta‘rifini beradi: "Tabiiy tuproqlar deganda qit‘alarning yuza qismi hosilalari yoki tog‘ jinslarining shunday tashqi gorizontlariga aytiladiki, undagi umumiy ektodinamik hodisalar, shu qatlamgacha kirib borayotgan organizmlarning ta‘siri yoki biosfera tarkibiy qismlaridan yuzaga kelgan jarayonlarning o‘zaro birgalikdagi ta‘siri tufayli kechadi". Bundan ko‘rinib turibdiki, tuproqning paydo bo‘lishida ko‘plab tabiiy omillarning o‘zaro murakkab
Qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproq, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Tuproq insoniyat jamiyatiga nisbatan ikki xil ahamiyatga ega: birinchi tomondan, bu fizik muhit, insonlarning yashashi uchun, hayot uchun makon, ikkinchi tomondan - bu iqtisodiy asos, ishlab chiqarish vositasi. Shuning uchun uni asrab-avaylab, har doim unumdorligini oshirishga g‘amxo‘rlik qilish kerak. Kishilar tomonidan yerdan foydalanish masalalari sosialiqtisodga daxldor katta va murakkab masalalar kompleksidir, jumladan yerga egalik masalalari, yer to‘g‘risidagi qonunchilik, yerga egalik huquqi, yerni iqtisodiy baholash va x.z. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq 11-12 sessiyalari (30 aprel va 28 avgust 1998 yil) da "Yer kodeksi", "Davlat Yer kadastri to‘g‘risida" gi qonunlar muhokama qilinib qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda "Yer umummilliy boylik, O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi» deb ko‘rsatilgan.
O’simlik va hayvonot olami - tuproq paydo kilish jaryonlarga ta’sir etuvchi eng kudratli omillardan biri - tirik organizmlar, ya’ni biologik omillar. Tuproqnig paydo bulishining boshlangich davri xam turli organizmlarning tuproq ona jinslariga ta’siri bilan boglik. o’simlik va hayvonot olamining tuproq paydo bulishidagi roli va axamiyati xakida «Tuproqshunoslik» fanida siz bilan batafsil tanishganmiz.
Tuproqnig yoshi - tuproq paydo kiluvchi jarayonlar ma’lum vakt birligida kechadi. MDHni janubida tarkalgan buz, kashtan va kora tuproqlar yoshi SHimoldagi urmon-sur, podzol, tundra, arktika tuproqlar yoshiga nisbatan ancha katta.Daryo tyer rasalarida - daryo soxillarida eng yosh tuproqlar tarkalgan, undan keyin birinchi tyer rasa, sungra ikkinchi, uchinchi va xakazo. Tyer rasalar buyicha yoshi oshib boradi. Tuproqnig absolyut va nisbiy yoshi ajratiladi. Tuproq paydo bulishidan boshlab xozirga kadarga utgan vakt absolyut yosh xisoblanadi. Nisbiy yosh tuproq paydo bo’lish jarayonlardagi turli boskichlarning bir biri bilan almashinuv vaqtini harakterlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |