Tuproq eroziyasi I. Kirish. II. Asosiy qisim Tuproq eroziyasi haqida tushuncha va uning turlari


)Suv eroziyasining kelib chiqishidagi tabiiy sharoitlar



Download 5,73 Mb.
bet5/9
Sana28.04.2022
Hajmi5,73 Mb.
#586996
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

1.4)Suv eroziyasining kelib chiqishidagi tabiiy sharoitlar. Eroziya jarayonlari paydo bo'lishi vа riyojlanishiga turli omillar ta'sir etadi. Iqlim o'zgarishi, уеr yuzasining notekisligi, yerning geologik tuzilishi, tuproq sharoitlari kabi tabiiy omillar bilan birgalikda inson tomonidan уеr suv manbalari noto'g'ri foydalanilishi tuproq suv vа shamol eroziyasini rivojlanishiga asosiy sababdir.
Iqlim sharoitlari. Suv eroziyasiga bevosita ta'sir etadigan tabiiy holatlardan eng muhimi atmosfera yog'in sochinlaridir. Yog'in-sochin уеr yuzasida suy oqimi hosil qiladi vа tuproq yuvilishini keltirib chiqaradi. Yog' in sochinning miqdori vа xususiyati, qor to'planishi vа qor erishi, tuproqning harorati vа suy maromi kabilar suv eroziyasi jarayonlarining jadallashuviga beyosita ta'sir ko'rsatadi.
O'zbekistonda yog'in-sochin miqdori joyning dengiz sathidan ko'tarilib borishiga qarab ko'payib boradi. Tekisliklarda yog'in-sochin 70-250 mm, tekislik-tepaliklarda 250-350 mm bо'lsa, tog' oldi vа past tog'larda 350-500 mm vа bundan ko'proq, tog'larda esa 500-700 vа 900 mm dan oshadi. Kuzatishlarga qaraganda yog'in sochinning uzoq daomi vа tezligi 0,5-1 mm/min vа undan ortiq bo'lsa, oqim kuchayib eroziya jarayonlari jadal boradi. Ma'lumotlarga ko'ra to'q tusli bo'z lalmi tuproqlar mintaqasida yomg'irning jadal yog'ishi (0,7-1 mm/min) natijasida yonbag'irning 6,5-7 gradus qiyalikdagi yuzasidan har gektariga 30-50 t tuproq yuvilganligi aniqlangan. (Х.М. Maxsudov, А.А. Odilov, 1998).
Relyef sharoitlari suv eroziyasining rivojlanishida alohida аhamiуаtgа ega. Bunda eroziya bazisining chuqurligi, yerning nishabligi, qiyaliklarning shakli vа ekspozisiyasi singarilarga qarab eroziya tezligi turlicha bo'ladi. Joyning nishabligi 1,5-2o bo'lganda eroziyalanish ehtimoli bo'lib, 3o vа undan oshiq qiyalikda eroziya sezilarli rivojlanadi vа yonbag'irlarning qiyaligi oshib borishi blаn eroziya intensivligi kuchayib boradi.
Masalan, O'rta Osiyoning bo'z tuproqlari sharoitida yonbag'irlarning nishabligiga qarab eroziya rivojlanishining quyidagi gradasiyalari ajratiladi: 1o gacha nishablikda eroziya deyarli kuzatilmaydi yoki juda kuchsiz bo'ladi;
1-3o -haydalma yerlarda eroziya intensivligi kam yoki o'rtacha;
3-5o - haydaladigan maydonlarda eroziya intensivligi o'rtacha уа kuchli;
5-10o- Bо’lgan sharoitda eroziya intensivligi juda yuqori bо'ladi.
Nishabligiga qarab, tuproqning yuvilish miqdori ham har xil: qiyalik 2- 2,5o da har gektar yerdan 4,5m3 gacha tuproq yuviladigan bо'lsa 4-6o da uning hajmi 37m3ni tashkil etadi. (2-jadval)

Joy geologik ;tuzilishining eroziyaga ta'siri tog' jinslarining yuvilishiga vа def1yasiyaga chidamliligi bilan aniqlanadi. Jumladan lyoss уа lyosssimon jinslar oson yuvilib,jarliklar hosil qiladi. Morena qumoqlari yuvilishga ancha chidamli, qadimgi flyuvioglyasial-delyuvial jinslar suvni yaxshi o'tkazganligidan, suv eroziyasiga ancha chidamli, аmmо def1yasiya oson kechadi.
Ayniqsa 30-50 sm chuqurlikliklarda joylashgan vа usti g'ovak yotqiziqlar bilan qoplangan zich jinslar (granit, slanes vа qumtoshlar) eroziya uchun xavfli.
Tuproq sharoitlari ham eroziyaning borishida muhim rо’l o'ynaydi. Tupoqning suv o'tkazuchanligi, mexanik tarkibi, sruktura holati, gumusli gorizontning qalinligi, zichligi, uning namligi, eroziyalanish jarayonlarining intensivligiga turlicha ta'sir etadi.
О 'simlik va eroziya. Tuproqni eroziyadan saqlashda o’simliklar qoplami nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tuproq yuzasida o'simliklar qanchalik yaxshi rivojlansa, eroziya shuncha kam bo'ladi. Bu quyidagi 3-jadval materiallarida yaxshi ifodalangan.

O'simliklarning hamma xili eroziyaga qarshi tura oladigan eng kuchli omil hisobIanadi. Ta'sir ko'rsatish qobiliyati o'simlik turi vа riyojlanganlik darajasiga bog'liq. O'simlik qancha yaxshi riyojlansa vа qoplama darajasi yuqori bo'lsa, shuncha eroziyadan himoyalash vа suvlarni taqsimlash qobiliyati ortadi. O'simliklar yog'in sochin suvlarini ushlab qoladi, tuproqqa singishiga imkoniyat yaratadi, vа natijada tuproq yuzasida oqim paydo bo'lmaydi. O'simlik ildizlarini chirishi natijasida ulami yo'llari ochilib, tuproqda g'oyaklik ko'payadi
vа shu sababIi tuproqni Suv o'tkazuychanligi oshadi. Ildiz qoldiqlari ta'sifida tuproq organik moddalarga boyiydi, donadorligi, suv-fizik xossalari yaxshilanadi, unumdorligi ortadi.

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish