Tuproq eritmasi va tuproqdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlari


Tuproq eritmasining tarkibi va konsentrasiyasi



Download 63,81 Kb.
bet3/7
Sana13.01.2022
Hajmi63,81 Kb.
#357608
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dokument microsoft word 35

Tuproq eritmasining tarkibi va konsentrasiyasi.


Tuproq eritmasining tarkibi va konsentrasiyasi juda murakkab bo‘lib, uning yuzaga kelishida ko‘plab jarayonlar ishtirok etadi. Tuproq eritmasining tarkibi atmosfera yog‘inlarining miqdori va tarkibiga, tuproq qattiq va gazsimon fazalariga, o‘simliklar qoldiqlarining tarkibi va miqdoriga, mezofauna hamda mikroorganizmlarning faoliyati singari omillarga bog‘liq. Yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlarning borish sur‘ati va yo‘nalishi mavsumiy o‘zgarish xarakteriga ega bo‘lganligidan tuproq eritmasining tarkibi ham juda o‘zgaruvchandir.

Tuproq eritmasining konsentrasiyasi uncha yuqori bo‘lmasdan, odatda, 1 l eritmada erigan moddalar miqdori bir necha grammdan oshmaydi. Ammo sho‘rlangan tuproqlardagi suvda eriydigan moddalar miqdori bir litrda o‘nlab va hatto yuzlab grammni tashkil etadi. Tuproq eritmasi tarkibidagi mineral va organik-mineral moddalar odatda ionlar, molekulalar va kolloidlar shaklida saqlangan bo‘ladi. Bundan tashqari, tuproq eritmasi tarkibida CO2, O2, singari erigan gazlar ishtirok etadi. Tuproq eritmasi tarkibida mineral birikmalarning

anionlaridan: HCO -, CO 2-, NO -, NO -, SO 2-, Cl-, H PO -, HPO 2- va

3 3 3 2 4 2 4 4

kationlaridan: Ca2+, Mg2+, Na+, NH4+, K+, H+ singarilar bo‘ladi. Shuningdek, kuchli nordon tuproqlarda Al3+, Fe3+, botqoqlangan tuproqlarda esa Fe2+ bo‘lishi mumkin. Tuproq eritmasi tarkibida organik birikmalardan organik qoldiqlarning suvda oson eriydigan moddalari va ularning parchalanish mahsulotlari, o‘simlik va mikroorganizmlarning hayot-faoliyati mahsulotlari shuningdek gumus moddalar bo‘lishi mumkin. Organik-mineral birikmalar asosan kislota tabiatli turli organik birikmalarning ko‘p valentli kationlar bilan birgalikdagi kompleksidan iboratdir. Turli tuproqlarning eritmasi tarkibidagi mineral va organik moddalar nisbati har xil.

Tuproq eritmasidagi kolloidli - eruvchi moddalar kremniy kislota va temir, alyuminiy oksidlari hamda organik va organik-mineral birikmalarning zollaridan tashkil topgan. Tuproq eritmasidagi moddalar tarkibi muayyan tuproqlarning genetik qatlamlari bo‘yicha ham keskin o‘zgaradi. Tuproq eritmasida mavjud bo‘lgan anionlardan NO3-, SO42- fosfor anionlari (H2PO4-, HPO42-) o‘simliklarning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Sho‘rlangan tuproqlarning eritmasida Cl-

, SO42-, Ca2+, Mg2+, Na+, ko‘p saqlanadi. Tuproq eritmasining reaksiyasi aktual yoki aktiv ishqoriy xarakterga ega bo‘lib, tuproqda kechadigan kimyoviy, fizik- kimyoviy va biologik jarayonlarning borishiga, shuningdek, o‘simliklarning o‘sib, rivojlanishiga katta ta‘sir etadi. Tuproq eritmasining osmatik bosimi o‘simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega. Osmotik bosim tuproq eritmasining konsentrasiyasiga va unda erigan moddalarning dissosilanish darajasiga bog‘liq. Tuproq eritmasidagi eng yuqori osmatik bosim sho‘rxoklarda bo‘ladi. (32- jadval). Tuproq eritmasining osmatik bosimi juda o‘zgaruvchandir. Osmatik bosim

atmosfera yoki Paskal (PA) bilan ifodalanadi(1 atmosfera 1,01.105 Pa ga teng). S.S.Kolotovaning Farg‘ona vodiysida o‘tkazgan tadqiqotlari asosida, ekin ekiladigan yerlar tuproq eritmasining osmotik bosimi 1,37, sho‘rxoklarda esa 24, 39 atm.atrofida ekanligi aniqlangan. Eritmaning bosimi mavsumlarga ko‘ra ham o‘zgaradi. Eritmaning bosimi 2-3 atm. bo‘lganda madaniy ekinlarning oziqlanishi uchun mo‘tadil sharoit yaratiladi. Ko‘pchilik tuproqlar eritmasining osmatik bosimi 1-3 atm.atrofida bo‘ladi.



Download 63,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish