Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/105
Sana11.04.2022
Hajmi13,45 Mb.
#542378
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105
Bog'liq
Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari Sh.M. Ishoqova 2017

Himoya vositalari 
Himoya vositalariga quyidagilarni kiritishmumkin: 
1.
Kimyoviy laboratoriyalarda himoyalanish uchun, albatta, oq yoki 
rangli xalat kiyiladi va antikimyoviy modda bilan qoplangan fartuk 
taqiladi.
2.
Kuchli kimyoviy moddalar bilan ishlaganda rezina qo‘lqop kiyish 
maqsadga muvofiqdir. 
3.
Ko‘zlarni 
himoya 
qilish 
uchun 
maxsus 
himoyalovchi 
ko‘zoynaklarni taqish lozim. Kontakt linzalar taqqan xodimlarga himoya 
ko‘zoynaklarini taqish shart.
 
Chiqindilarni tashlash 
Ishlatib bo‘lingan kimyoviy reaktivlar solingan idish va konteynerlar 
ustida bu modda to‘g‘risidagi yorliq bo‘lishi kerak. Suyuqliklar kerakli 
tarzda suyultirib olingandan so‘nggina ularni rakovinaga to‘kib tashlash 
lozim. Ba’zi kimyoviy reaktivlarni umumiy kanalizatsiya quvurlariga 
tashlash mumkin emasligini doimo yodda tutish lozim.
Har bir laboratoriyaning eng jiddiy dushmani – bu ifloslanish bo‘lib, 
uning manbaini topish va bartaraf etish kerak bo‘ladi. Bunday manbalarga: 
1.
Ish jarayonida hosil bo‘ladigan chang. 
2.
Xonalar tozalanganda hosil bo‘ladigan chang. 
3.
Tuproq va o‘simlik namunalarini analizga tayyorlashda hosil 
bo‘ladigan chang.
4.
Tekshirilayotgan namunalar yaqinida uchuvchan reaktivlarni 
noto‘g‘ri saqlash oqibatida hosil bo‘ladigan suyuqlik bug‘lari. 
Har bir analitik laboratoriya ishlari va natijalarini qayd etish uchun 
jurnal tutilishi lozim. Bu jurnal ish bajarilganligi va olingan natijalarni 
nazorat qilishga imkon beradigan hujjat hisoblanadi. 
Jurnalda, birinchi navbatda: 
1. Analizning bajarilish sanasi va vaqti. 
2. Aniqlanayotgan tuproq raqami. 
3. Tuproq olingan joy manzili va chuqurligi. 
4. Barcha og‘irlik o‘lchovlari. 
5. Analiz hajmi. 


36 
6. Titrlovchi eritma normalligi. 
7. Etalon eritmalar konsentratsiyasi. 
8. Reaktivlar tayyorlashning yozma bayoni bo‘lishi zarur. 
Jurnalda qaydlar doimo ozoda, qisqa va aniq, bir xil tartibda olib 
borilishi kerak 
Jurnalda ish bajarilayotgan kunning sanasi, ishning nomi hamda 
qanday usul bilan bajarilishini ko‘rsatish lozim va qaydlar uchun, albatta, 
jadval tuzilgan bo‘lishi kerak. Bu jadvalda olinayotgan namuna tartib 
raqami, manzili, kesma chuqurligi, kolba yoki byuksning tartib raqami, 
namuna og‘irligi, titrlash miqdori va oxirgi ustunga chiqqan natija yoziladi. 
Har xil varaqchalar, qog‘oz bo‘lakchalariga yozishni o‘rganmaslik lozim. 
Hafsalasizlik bilan tartibsiz yozilgan natijalar analitikka nisbatan 
ishonchsizlik uyg‘otadi. Batartib qayd qilingan natijalar ishning qanday 
darajada bajarilganligini ko‘rsatibgina qolmasdan, natijalarni solishtirish 
imkonini ham beradi. Har bir analitikning maqsadi to‘g‘ri va ishonchli 
ma’lumotlar olishdan iborat bo‘lishi kerak. 
Analizni bajarishdan oldin, albatta, ishning mohiyati, kimyoviy 
reaksiyalarni tushunib olish, ish tartiblarini batafsil o‘rganish lozim. 
Reaktivlar ro‘yxatini tuzib, ushbu reaktiv laboratoriyada mavjudligini 
tekshirish va albatta, reaktivlar xususiyatini bilgan holda ehtiyot chorasi
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish lozim. 

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish