2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilot xodimlari uchun ichki mehnat tartib qoidalari 1.Umumiy qoidalar 1.1.Ichki mehnat tartibi qoidalari, avvalo mehnat jarayonini va ish sifatini yaxshilash, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish hamda mehnat intizomini mustahkamlashga qaratilgandir.
1.2. Ushbu ichki mehnat tartibi qoidalarini qo‘llash haqidagi masalalar, o‘z huquq doirasida tuman(shahar) Tashkilot ma’muriyati va alohida hollarda kasaba uyushmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi.
2. Xodimlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish qoidalari 2.1.Tashkilotga ishga kirayotgan xodimlar o‘z mehnati huquqlarini mehnat shartnomasi (bitim) tuzish yo‘li bilan amalga oshiradilar. SHartnoma asosida xodim ma’lum mutaxassislik, malaka yoki lavozim vazifasini ichki mehnat tartibiga roiya qilgan holda bajarishga, ma’muriyat esa xodimga maosh to‘lash va mehnat qilish uchun qonunlarda belgilangan sharoit yaratish majburiyatini oladi.
2.2. Ishga qabul qilishda, ish beruvchi ishga kiruvchi shaxsdan quyidagi hujjatlarni talab qilishga majbur:
Pasport;
mehnat daftarchasi, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar mahalla qo‘mitasidan ma’lumotnoma, harbiy xizmatga majburlari yoki chaqiriluvchilar tegishli harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
2.3. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan ma’lumotnomani taqdim etadilar. Mehnat shartnomasi (bitim) ish beruvchi va ishchi o‘rtasida yozma shaklda tuziladi, buyruq bilan mustahkamlanib ishchiga imzo chekdirib ilova qilinadi. Buyruqda xodimning aniq bajaradigan (mansabi) lavozimi va qaysi ish jadvaliga muvofiqligi ko‘rsatilishi lozim.
2.4. Ishga qabul qilishda ish beruvchining majburiyatlari:
Ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilish, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnatning normalarini yaratib berishi:
Mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalari bilan tanishtirish. Sanitariya muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini ta’minlash.
2.5. Ish beruvchi besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasi tutishi shart.
2.6. Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni yozish shart.
2.7. Ishdan bo‘shatilganlar maktabgacha ta’lim bo‘limi buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
2.8. Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar, muddatli mehnat shartnomasini ham ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir.