ALT matematik ta`minoti asosini algoritmlar tashkil qiladi; bu algoritmlar bo’yicha ALTning dasturiy ta`minoti ishlab chiqiladi. ALTda matematik ta`minotning elementlari har hil bo’ladi. Ular ichida invariant elementlar – funktsional modellarni tuzish printsiplari, algebraik va differentsial tenglamalarning sonli yechimi metodlari mavjud. Matematik ta`minotni ishlab chiqish ALT yaratishdagi eng murakkab bosqichdir; ALT unumdorligi va ishlashining samaradorligi ko’p jihatdan unga bog’liq.
ALTning dasturiy ta`minoti (DT)
ALTning dasturiy ta`minoti avtomatlashtirilgan loyihalashni bajarish uchun zarur bo’lgan hamma dasturlar va ekspluatatsion hujjatlaridan iborat. Dasturiy ta`minot umumtizimiy va mahsus (amaliy)larga bo’linadi.
Umumtizimiy DT tehnikaviy vositalar funksiyalarini tashkil qilish uchun, ya`ni hisoblash jarayonini rejalashtirish va boshqarish, mavjud resurslarni taksimlash uchun mo’ljallangan va EHM hamda hisoblash komplekslari (HK)ning operatsion tizimlari ko’rinishida namoyon bo’ladi. Umumtizimiy DT odatda ko’p ilovalar uchun yaratiladi va ALT spetsifikasini aks ettirmaydi
ALTning informatsion ta`minoti
Loyihalovchilar loyihalash jarayonida loyihaviy yechimlarni bevosita ishlab chiqish uchun foydalanishadigan ma`lumotlar ALT informatsion ta`minoti (IT) asosini tashkil qiladi. Ushbu ma`lumotlar turli olib yuruzchi (nositel’)lardagi u yoki bu ko’rinishdagi hujjatlar ko’rinishida taqdim qilinishi mumkin; bu olib yuruzchilarda materiallar komplektlozchi (butlozchi) buyumlar, Namunaviy loyihaviy yechimlar, elementlar parametrlari haqidagi ma`lumot (sprazka) tavsifidagi ahborotlar hamda oraliq va natijaviy loyihaviy yechimlar, loyihalanayotgan ob`ektlar strukturasi va parametrlari va shu kabilar ko’rinishidagi joriy ishlamalarning holati haqidagi ma`lumotlar bo’ladi.
Bunda bir o’zgarish natijasi bo’lgan ma`lumotlar boshqa jarayon uchun boshlang’ich ma`lumot bo’lishi mumkin. ALTning hamma komponentlari tomonidan foydalaniladigan ma`lumotlar majmui ALT informatsion fondini tashkil qiladi. ALT ITning asosiy funksiyasi – informatsion fondni boshqarishdir, ya`ni ma`lumotlarga kira olishni hosil qilish, qo’llab-quvvatlash va tashkil qilishni ta`minlaydi. SHunday qilib ALT IT – informatsion fond va uni boshqarish vositalarining majmuidir.