POROKLAR
Aortal stenoz;
Bo’lmachalararo to’siq nuqsoni;
Bo’lmacha-qorincha to’sig’i nuqsoni;
Ikki tavaqali klapan stenozi;
Dekstrokardiya;
Chap qorincha chiqish teshigining ikkilanganligi;
O’ng qorincha chiqish teshigining ikkilanganligi;
O’pka arteriyasi atreziyasi;
O’pka arteriyasi klapanining tug’ma stenozi;
- dekstro-transpozitsiya
- senistro-transpozitsiya
Magistral tomirlarning transpozitsiyasi:
Uch tavaqali klapanning tug’ma stenozi;
Persistentsiyalovchi arterial o’zak;
Qorinchalararo to’siq nuqsoni.
Ba’zi holatlar faqat yurakka bevosita yaqin bo’lgan yirik tomirlarga ta’sir qiladi, lekin ular ko’pincha TYP sifatida tasniflanadi:
Aortaning koarktatsiyasi;
Aortaning atreziyasi;
Ochiq arterial nay;
O’pka venalari birikishining qisman anomaliyasi;
O’pka venalari birikishining total anomaliyasi.
Poroklarning ba’zilarda odatda birgalikda uchraydi:
Fallo tetradasi;
Kantrella pentadasi;
Shon sindromi / Shon kompleksi / Shon anomaliyasi.
TUG’MA YURAK POROGI ALOMATLARI VA BELGILARI - Klinik ko’rinishlar yurak nuqsonining turi va og’irligiga bog’liq. Alomatlar ko’pincha hayotning dastlabki bosqichlarida namoyon bo’ladi, ammo ba’zi TYP`lar umr bo’yi sezilmas bo’lishi mumkin. Ba’zi bolalarda hech qanday alomat kuzatilmaydi, boshqalarida esa nafas qisilishi, sianoz, hushdan ketishlar, yurak shovqinlari, oyoq-qo’llar va mushaklarining kam rivojlanganligi, ishtahanining sustligi yoki bo’yning pastligi, nafas olish yo’llarining tez-tez infektsiyalari bo’lishi mumkin. Tug’ma yurak nuqsonlarida yurak shovqinlari uning noto’g’ri tuzilishi tufayli paydo bo’ladi. Ular auskultatsiya davomida aniqlanishi mumkin, ammo, yurak shovqinlarining barchasi ham tug’ma yurak nuqsonlari sabab yuzaga kelmaydi.
Shuningdek, tug’ma yurak porogining klinik ko’rinishlarini 4 ta sindromga birlashtirish mumkin: - Kardial sindrom — yurak sohasidagi og’riq, hansirash, yurak urishi, yurak faoliyatida buzilishlar va boshqalardan shikoyatlar. Ko’rik davomida — oqarish yoki sianoz, bo’yin tomirlarining shishganligi va pulsatsiyasi, ko’krak qafasining yurak «bukriligi» tipi bo’yicha deformatsiyasi. Palpatsiyada — arterial bosim va periferik puls xarakterining o’zgarishi, chap qorincha dilatatsiyasida yuqori impuls xarakteristikasining o’zgarishi, o’ng qorincha gipertrofiyasi/dilatatsiyasida yurak impulsining paydo bo’lishi, stenozlarda sistolik/diastolik «mushuk mirillashi». Perkussiyada — kengaygan bo’limlarga mos ravishda yurak chegaralarining kengayishi. Auskultatsiyada — ritm, kuch, tovushlarning monolitligi o’zgarishlari, har bir porokka xos bo’lgan shovqinlar yuzaga kelishi va hokazo.
- Yurak yetishmovchiligi sindromi — o’tkir yoki surunkali, o’ng yoki chap qorincha, hansirash-sianotik xurujlar va boshqalar.
- Nafas olish buzilishlari sindromi — asosan kichik qon aylanishini boyitilishili TYP`da).
Do'stlaringiz bilan baham: |