YUZNING SUYAK TUZILISHI: Shaxs yuzining suyak tuzilishi va go’shtdorligi uning xarakterini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Bu ikki belgidan uning xulq-atvori hamda fiqrlash doirasini anglash mumkin. Shu bois, yuz shakli, rangini aniqlab olgandan keyin, suyak tuzilishi va go’shtdorligiga etibor qaratishni maslahat beramiz.
Yuzida suyak bo’rtib chiqqan shaxs shoshqaloq, serharakatdir. Bunday yuzli shaxslar ham o’ziga, ham boshqalarga juda talabchan va qatiy kishilardir. U bilan do’stlashish, muloqotga kirishish juda qiyin. Muloqotga kirishganda esa ularga ishonish mumkin. Xarakterining salbiy xususiyatlaridan biri hech qanday tanqidni ko’tarolmasligidan iborat. O’zbilarmonlik va maqtanchoqligi bilan ajralib turadilar.
YUZNING GO'SHTDORLIGI: Go’shtdor yuz egalari o’zining yumshoqtabiatligi bilan odamlarni jalb qiladi. Ular kirishimli, bilimga chanqoq, davralarda kishilar diqqatini tortishni yoqtiradilar. Shu bilan birga, asl holatlarini tabassum yordamida yashirishga intilishadi. Xalqda to’ladan kelgan, doimo tabassumli kishilarni beg’am, deb baholaydilar. Chunki, ular shaxsiy hayotlariga birovlar aralashishini, kechinmalarini oshkor etishni istashmaydi.
SEVGANIZ QAYSI OYDA TUG'ILGAN?
DEKABR: Kezi kelganda, juda qattiqqo’l. Ilm qilishga moyil bo’lishadi. Notanishlar bilan tez til topishishadi. Karera borasida ham oshig’i olchi, faqat shuhratga berilib, manmanlik qilishmasa, bas. Jahli chiqqanda, olovga yog’ sepmay, jim turishingiz shart.
YANVAR: Juftingiz shu oyda tug’ilgan bo’lsa, demak, u muloyim va juda tasirchan. Do’st-birodalardan yordamini ayashmaydi. Ko’ngilsizliklardan to’g’ri xulosa chiqarishga harakat qilishsa, omad qushi ularni tark etmaydi. Biroz sabrsizliklari sabab munosabatlarda tushunmovchilik kuzatilishi mumkin.
FEVRAL: O’ziga ishongan, uyim-joyim deydigan, zakovatli erkaklar aynan shu oyda tug’ilarkan. Ayriliqdan qo’rqishadi. Doim oila davrasiga shoshishadi. Ular uchun eng muhimi, oilaviy baxt. Bitta kamchiliklari kurashuvchanmas. Maqsadlari yo’lida kichik muammo sabab ham hammasiga qo’l siltab ketishadi.
MART: Bahorning ilk oyida tug’ilgan erkaklar sog’lom firklaydigan bo’lisharkan. Shu bilan birga, juda tejamkor ham. Pullarini tiyin-tiyinlab yiqqanlari uchun ham katta rejalarni bemalol amalga oshirishadi. Salbiy tomonlari muammoli vaziyat tug’ilganda quyon bo’lishga usta.
APREL: Katta bo’lsa-da, bolaligini qo’ymagan erkaklar tadbirkor va gapga to’n kiydiradiganlardan. Aynan shu xususiyatlari sabab ular atrofdagilarni o’z so’ziga ishontira olishadi va pul borasida omadlari chopadi. Masuliyatli bo’lishsa, hayotda ko’p narsaga erisha olishardi.
MAY: Vahimakashligini hisobga olmasak, aqli va topqirligi tahsinga loyiq. Xotirjamlik ular uchun juda muhim. Shuning uchun shovqin-suronga yo’qlar. hayotlari bir maromda kechishini istashadi. O’zgarishlardan cho’chishadi.
IYUN: Mazkur oyda tavallud topgan erkaklar barchaga birdek yaxshilik istashadi, qo’ldan kelgancha atrofdagilarga yordam qilishadi. Bu oyda tug’ilganlar bilan taqdiringizni bog’lasangiz, hayotingiz farovon kechadi. Chunki ular har qanday vaziyatda ham oltin o’rtalikni topa olishadi. Salbiy jihatlari, salomataliklariga befarqligi.
IYUL: Favqulodda iqtidor egalari ayni shu oyda dunyoga kelishar ekan. Biroz xayolparatsliklari ham shundan. Ular mashhurlikka va boylikka intilishadi. Agar maqsadlari sari tinmay harakat qilishsa, erishishadi ham. Faqat uni doim olg’a undab turishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |