5. JIDDIY, OSHXONA STOL-STULI: Siz olimlar kreslosini tanladingiz. Siz qat'iyatli va ko'zga ko'ringan e'tiborli shaxssiz. Siz kun bo'yi qiyin va murakkab kitob ustida mutola'a qilish bilan band bo'lishingiz mumkin. Siz xattoki tasavvurlar dunyosida adashib qolishga ham tavakkal qilasiz. Va kamchiliklar, topishmoqlar qanchalik ko'p bo'lsa, sizga shunchalik qiziq. Bir qarashda odamlarda, dunyoga umuman qiziqmaydigan inson degan tasavvur uyg'otasiz. Xaqiqatda esa siz juda dunyo bilan ovora insonsiz. Siz qiziqarli mavzuni, boshqa professorlardan ham yaxshiroq tushinmaguncha o'rganishda davom etasiz.
6. QOP-KRESLO: Siz sayohatchilar kreslosini tanladingiz. Siz xulosa chiqaruvchi va qaror qabul qiluvchi shaxssiz. Siz kun bo'yi poyezd yoki samalyot deraza-oynasidan dunyo sur'atlarini ko'zdan kechirib, zavqlanib o'tira olasiz. Siz avantyuristsiz, yangiliklar izlovchi insonsiz. Sizni yangi buyumlar, joylar, insonlar ilhomlantiradi. Bir qarashda odamlarda, notinch inson degan tasavvur uyg'otasiz. Va xaqiqatdan ham, o'zingizni xotirjam, bo'shashgan his qilishingiz uchun bir muncha dunyo kezishingiz kerak. Siz real hayotda sayohat qilishni yaxshi ko'rasiz, lekin sayohat qilmagan vaqtlaringiz ham uzoq mamlakatlarga borish xaqida orzu qilasiz.
Barmoqlaringizga e'tibor bering va rasmdagilardan qaysi biri siznikiga o'xshasa javoblarni o'qing:
NATIJALAR:
A harfi ostida yashiringan barmoq shakli sizni o’z hissyotlaringizni berkitishingizdan dalolat beradi. O’zingizni ishonchli va mustaqil tutsangizda, sizni biladigan insonlar bunga shubxa bilan qarashlari mumkin. Odatda siz haqiqatgo’y bo’lib, yolg’onchilarni yoqtirmaysiz. Bazi hollarda hayajonga berilsangiz ham, siz yaxshilikka intilasiz. Sizni hayotingiz quvonchga to’la bo’lib, yuragingiz keng. Siz o’zgalarga hamisha qattiq qo’l ko’rinishingiz mumkin. Vaqti-vaqti bilan o’zingizni g’ayri oddiy tutishingiz ham ehtimoldan holi emas.
B harfi ostida yashiringan barmoq shakli sizni o’z kuchingizga ishonchsizligingizni bildiradi. O’zingizga notanish insonlar bilan noqulaylik his qilasiz. Siz osonlik bilan o’zingizga muhim bo’lgan, hamda sizga yaxshi munosabatda bo’lgan insonlarni sevib qolishga moyilsiz. Agar siz nimanidir mo’ljal qilgan bo’lsangiz, bu yo’lingizda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan va noxush holga tushib qolishdan qo’rqmaydigan insonsiz.
C harfi ostida yashiringan barmoq shakli, sizni dunyoning farishtasi ekanligingizdan dalolatdir. Siz hayajonlarga beriluvchansiz. O’ylab o’tirmasdan ham sizni g’ashingizni keltiradigan narsalardan voz kecha olasiz. Agar siz nohaqliklarga duchor bo’lsangiz, atrofingizdagilar sizni bu holatga jiddiy reaksiya bildirishingizdan havotirga tushadilar, garchi siz nozik, hushmuomala inson bo’lsangiz ham. Sizni istagingiz o’rab turgan olam gurkurashi va har bir inson baxtli bo’lishidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |