Qanday ishga layoqatlisiz, daraxtlardan birini tanlang? JAVOBLAR:
1.Barcha ishda komillikka intilasiz. Maqsadingizga erishishingiz uchun barcha vaqtingizni sarflashga tayyorsiz. Siz moddiy foyda uchun emas yangi g'oyalar uchun ter to'kasiz. Siz o'zingiz va atrofdagilarga talabchansiz. Sh bilan birga Siz hudbin emassiz. Kasbdoshlaringiz bilan bemalol kasbingizda erishgan yutuqlaringiz sirlari bilan bemalol baham ko'ra olasiz.
2.Ishlamagan odam tishlamaydi degan maqol sizning shioringiz. Siz uchun birinchi o'rinda ishning moliyaviy tomoni muhim. Katta maosh olish uchun Siz uchun noqulay sharoitda ishlashga ham tayyorsiz. Hamkasblaringiz sizni qattiqqo'l ammo adolatli odam deb hisoblaydilar. Qo'l ostingizda ishlaydiganlar siz bilan ishlashni yoqtiradilar chunki Siz aniq maqsadlar qo'yasiz va hech kimga ''o'zingizni'' ishchilaringizni hafa qildirib qo'ymaysiz.
3.Sizning noyob hususiyatingiz bu dilkashligingizdir. Siz hamkasblaringiz va iste'molchilar bilan tez til topisha olasiz. Katta jamoada ishlashni yoqtirasiz. Chunki siz u yerda doim e'tibordasiz.
4.Birinchi navbatda Siz ijodkor odamsiz. Siz zo'r g'oyalarga ega odamsiz. Shuning uchun ham hamkasblaringiz Sizni hurmat qiladilar. Shu bilan birga Siz doim komillikka intilasiz. Boshqalar tajribasini o'rganish va o'z ustida ishlashga katta e'tibor berasiz.
5.Sizga doim eng qiyin ishlarni osonlik bilan eplay olishingizga sabab bo'lguvchi sifat bu - bardoshliligingizdir. Sizni barqarorlikdan chiqarishni o'zi mushkul ish. Ishingiz chippakka chiqayotgan bo'lsa ham Siz doim vazminlik bilan masalani yechishga kirishasiz.
6. Hamkablaringiz Sizni ishga mas'uliyat bilan yondashishingizni hush ko'radilar. Siz bilan bir jamoada ishlash juda maroqli chunki Siz hech qachon uyaltirib qo'ymaysiz. Siz doim hamkasblaringiz haqida qayg'urasiz va doim yordamga tayyorsiz. Hamkasblaringiz sizga doim, har qanday vaziyatda suyanishlari mumkin.
7. Siz ajoyib tashabbuskorsiz. Kasbdoshlaringiz sizni qilgan ishlaringizni juda qadrlaydilar.
8. Aqliy mehnat tarafdorisiz. Siz yechim topmagan topishmoqni o'zi yo'q. Kasbdoshlaringiz sizni qimmatli maslahatdosh deb biladilar. Jismoniy mehnatni yoqtirmaysiz. Shuning uchun jismoniy mehnat bilan yutuqqa erishgandan ko'ra aqliy mehnat bilan erishishni to'g'ri deb bilasiz.
9.Siz juda qiziquvchansiz. Yordam so'rashdan uyalmaysiz. Shu sifatingiz bilan sohasi ishingizga teskari bo'lgan kasbdoshingizdan yordam so'ray olasiz.
.
Uzuklardan birini tanlang JAVOBLAR:
1 - RAQAMLI UZUK--Siz - o'z qadrini biluvchi Qirolichasiz! Qirolicha nafaqat o'zi balki atrofdagilar bilan ham xaqqoniy munosabatda bo'ladi. Bazan atrofingizdagilar sizning ortiqcha qattiqo'lligingizdan aziyat chekishadi, lekin yoqimli tabiatingiz buni tezda unutishlariga yordam beradi.
Samimiy va kuchlisiz, bu hammani o'ziga rom etadi. O'zingiz yoqtirgan insonlarni o'z haroratingiz bilan isitasiz - huddi quyosh kabi. Agar yoqmasa, buni yashirmaysiz va muloqotning birinchi daqiqasidanoq u inson buni his qiladi. 2 - RAQAMLI UZUK--Siz - xaqiqiy bayramning o'zginasiz! Qalbingiz doimiy umrguzaronlikni, quvonch, shohonalik va yorqinlikni hohlaydi. Bezanishlaringiz sabab diqqatni tortasiz, taqinchoqlaringiz quyoshdanda yorqinroq porlaydi. Hissiyotlaringizni tashqariga o'ylanmasdan namoyon qilasiz. Karyera siz uchun birinchi darajada emas, lekin ohirgi o'rin bilan ham cheklanmaysiz.
3 - RAQAMLI UZUK--Siz - Muhabbatsiz! Siz sevishni sevasiz, umuman sevilganlik holati siz uchun kundalik oddiy holat. Odatda shaxsiy hayotingizdagi har qanday obyektga, juftingiz, ishingiz va hokazolarga nisbatan kuchli muhabbatni his qilasiz. Sayohat qilish jonu-dilingiz. Uy sharoitiga ham ko'nika olasiz, faqat sevimli insoningiz yoningizda bo'lsa bas.
Hursand paytingiz, go'zallashib ketasiz. Tabassumingiz o'ziga rom etuvchi hususiyatga ega. Quvonchingiz doimo haqiqiy va samimiy. Atrofdagi barchaga baxt ulashasiz.
Har bir kunni qadrlaysiz va hayotning yoqimli mayda-chuydalarini yaxshi ko'rasiz. Chiroyli gul, musiqa - bularning hammasi siz uchun juda katta ahamiyatga ega.
4 - RAQAMLI UZUK--Siz - Ovchisiz! Va barcha ovchilar kabi, kerak paytda yovvoyi kuch-quvvat nurlarini sachratishga tayyorsiz. Ko'zlaringizni unutib bo'lmaydi, sababi nigohingiz o'tkir, to'g'ri qalbga borib sanchiladi.
Atrofdagi odamlar siz bilan muloqotda bo'lishga intilishadi. Siz esa muloqotda ehtiyotkorsiz, yaqinlaringiz qatoriga faqat sanoqli insonlarnigina qo'shasiz. Yaqin insonlaringizga esa butunlay ishonasiz. Xiyonat va sotqinlikni hech qachon kechirmaysiz.
5 - RAQAMLI UZUK--Ushbu bejirim uzukchani tanladingizmi? Siz istarali va yengil go'zallik sohibasisiz. Siz - Tabibasiz.Tashqi tarafdan sodda va quvnoq insonsiz, keng muloqot davrasiga egasiz, siz bilan gaplashish oson va yoqimli. Ko'pchilik insonlar siz bilan muloqotda bo'lgandan keyin kayfiyati ko'tarilib, yashash va ijod qilishga hohish paydo bo'lishi haqida ko'p bora takidlashgan bo'lishsa kerak. Energetikangiz yorqin, bu dunyoda olishdan ko'ra berishni yaxshi ko'rasiz.Siz maslahat, o'zingiz haqingizda ham qayg'urishingiz va o'zingizni hursand qilib yurishingiz zarur. Shundagina hayotingiz yoqimli va osonlashadi. Hayot berayotgan imkoniyatlarni qo'ldan boy bermang. Omad sizni yaxshi ko'radi!
6 - RAQAMLI UZUK--Sizda emotsiya (his-tuyg'u) bilan bir qatorda, intellekt (aqliy salohiyat) ham yashaydi. Siz - Qalbsiz. Sizga qarab bir ibora yodga tushadi: "Insondagi eng ehtirosli narsa bu - uning qalbidir". Hayotingizning har bir oni siz uchun o'z qadr-qimmatiga ega, va hayotda ro'y beradigan har bir holatni boshqalarga nisbatan chuqurroq va emotsional his qilasiz. Shuni takidlash joizki, qiyinchiliklarga taslim bo'lmasdan yengib o'tasiz. Shuning uchun mulohaza qilishdoirangiz original darajada, o'z stil (uslub)ingizga egasiz, o'z qarashlaringiz va qoidalaringizga sodiq insonsiz.