Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet41/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Jinssiz ko‘payish. Qalin po‘sti bo‘lmagan maxsus hujayra – ekzospora va endosporalar yordamida amalga oshadi. Ekzsporalar (beotsitlar) endosporangiylar ichida hosil bo‘ladi. Beotsitlar bakteriyalardagi endosporalar bilan almashtirmaslik uchun qo‘l-lanilgan atama endosporangiyni po‘sti yorilganidan yoki shilimshiq-langanidan keyin tashqariga chiqadi. Ekzosporalar mohiyatan endosporalarning boshqachasi, ular bittadan, yakka yoki zanjir ko‘rinishiga ega.
Harakati. Ayrimsianobakteriyalar yorug‘likdan to‘la foyda-lanish maqsadida harakatlanadi. Sirpanish suvo‘tlarlar harakatining eng ko‘p tarqalgan turi. Bunday harakat ipsimon tuzilishlarning ko‘pchiligiga, bazi bir xujayrililarda ham ro‘y beradi. Ostsilla-toriyalarda sirpanish aylanish bilan amalga oshadi, boshqalarida unday emas. YOrug‘likka tomon harakat ijobiy fototaksis, aksin-chasi – salbiy fototaksis hisoblanadi. YOrug‘likni kuchi harakat tezligini (fotokinez), uni ko‘payishi yoki kamayishi harakat yo‘nalishini o‘zgrtiradi (fotofobiya).
Ekologiyasi va ahamiyati. Ko‘k-yashil suvo‘tlar hamma joylarda chuchuk suv havzalarining planktonida, bentosida, oqmay-digan, sekin oqadigan suvlarda, sho‘rhoq, sho‘r suv havzalarida tarqalgan. Bu suvo‘tlar dengizlarning fitoplanktoni, epilit (Scytonema) va endolit (Mastigocoleus) sifatida ko‘p uchraydi. Ko‘k-yashil suvo‘tlarni qaynok buloqlar, artezian quduqlar, qor ustida, tog‘larning nam qoyalari, tuproq yuzasi va uni ichida, boshqa organizmlar bilan simbioz holda ham tarqalgan.
Ko‘k-yashil suvo‘tlarning ko‘pchiligi – mezofil, harorat odatda 400C gacha oraliqda, mo‘‘tadil 200 va 350C oralig‘ida ko‘p tarqalgan. Ular orasida 650‑690C da ham o‘sadiganlari va 850C da ham o‘lmaydiganlari bor. Bu suvo‘tlarni qorni ustidan, Antartika-ning ko‘llaridan, issiq saxrolar, ancha sho‘r suv havzalardan ham topish mumkin. Ko‘k-yashil suvo‘tlar mo‘‘tadil yoki bir oz ishqoriy muhitni xush ko‘radi. Ayrim turlari tuproqda, qushlarning tezaklarida ham bor.
Ko‘k-yashil suvo‘tlar sodda hayvonlar (Paulinella chroma-tophora), yopiq urug‘lilar (Gunneria), ochiq urug‘lilar (Cycas, Zamiya), paporotniklar (Azolla), moxlar (Blasia, Anthoceros, Sphangum) lishayniklar bilan ham simbioz holda tarqalgan. Ko‘k-yashil suvo‘tlar boshqa organizmlar bilan hujayrasida va undan tashqarida birlashma hosil qiladi. Hujayradan tashqarida tabiatda keng tarqalgani zamburug‘lar bilan lishaynik hosil qilganidir. Ko‘k-yashil suvo‘tlar jami lishaynik turlarining 8% tarkibida bo‘lib, 1700 ga yaqin turlarda bu suvo‘tlar bor. Odatiysianobiont bu‑nostok.
SHarq mamlakatlaridagi sholipoyalarda o‘g‘it sifatida azolla paporotnigidan bir necha yuz yillardan beri foydalaniladi. Uning barglaridagi bo‘shliqda Anabaena azollae bo‘ladi (bu suvo‘tlar mustaqil holda ham tarqalgan). Ko‘k-yashil suvo‘t o‘zlashtirgan atmosferadagi molekulyar azotdan o‘simlik foydalanadi. Simbioz holdagi anabenada geterotsistalarning soni bir necha marta ko‘p bo‘ladi. Paporotnikdagi simbiont bir kunda bir gektar maydonda 3 kg ga yaqin azot to‘playdi.
CHuchuk suvlarda tarqalgan diatom suvo‘ti Rhopalodia gibba hujayrasida bir hujayrali atmosferadagi molekulyar azotni o‘zlashtirib to‘playdigansianobakteriyalar bor. Nostoc punctiforme azot o‘zlashtiruvchi hisoblanib, tuproqlarda keng tarqalgan, Geosiphon zamburug‘ida endosimbont holda ham tarqalgan.
Ko‘k-yashil suvo‘tlar tabiatdagi jarayonlarda katta ahamiyat kasb etadigan vazifalarni amalga oshiradi. Ular Er kurrasida eng qadimgi fotosintezlovchi organizmlar hisoblanib, taxminan 3‑3,5 mlrd yillar ilgari eng ko‘p tarqalgan. Ular tufayli atmosfera kislorodga boyiy boshlagan.
Ochiq okeanlardagi fotosintez mahsulotlarining juda katta qismi pikoplankton hisobiga to‘g‘ri keladi. Pikoplanton asosan bir hujayrali kokkoid ko‘k-yashil suvo‘tlaridan tashkil topadi. Bu Synechococcus va Synechocystis turkumlarining suvo‘tlaridan iborat. Okeanlarning fotosintez natijasida to‘plangan mahsulotla-rining 20% ni planktondagisianobakteriyalar hosil qilishi hisob-langan.
Atmosferadagi molekulyar azotni o‘zlashtirgani tufayli ko‘k-yashil suvo‘tlar suv havzalari va tuproqdagi azotli birikmalar bilan boyishida faol ishtirok etishi bilan uni tabiatda davra bo‘lib aylanishida ahamiyatli. Ular unumsiz joylarda tuproq hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Ko‘k-yashil suvo‘tlarning ayrimlari, nostok kabilar antibiotik bakteriotsin,sianobakterin hosil qiladi. Bu antibiotiklar ularning yashash uchun kurashlarida asqitadi deb hisoblanadi.
Ko‘k-yashil suvo‘tlarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1). Ularning ayrimlarini istemol qilinadi.
2). Azot to‘plovchilaridan tuproqning unumdorligini oshirishda qo‘llaniladi.
3). Suv havzalarida suvo‘tlarni haddan eiyod ko‘payib “ko‘karib” ketishini oldini olishda.
4). Ilmiy‑tadqiqot ishlarida obekt sifatida qo‘llaniladi.
Ko‘k-yashil suvo‘tlar eubakteriyalardan chiqib kelgan bo‘lishi mumkin, bir qator farqlanadigan belgilarga (tuzilishdagi xil-ma‑xilligi, fotosintezda kislorod hosil qilishi, geterotsistani mavjudligi, bakteriyalardagidek endosporalarni yo‘qligi va boshqa.) ega. Eng qadimgi qazilmalarini yoshi Avstraliyaning g‘arbiy tomonidan topilganida 3,5 mlrd yoshga ega deb taxminlanadi. U joylardan hozirgi Oscillatoria ko‘rinishiga o‘xshaganlari topilgan. Qadimgilarini ikkinchi isboti yana shu Avstraliyaning g‘arbida sianobakteriyalar hosil qilgan stromatolitlarning yosh 2,7 mlrd yil deb belgilangan.
Ko‘k-yashil suvo‘tlarining taksonomiyasiga doir darslik, monografiyalarda ularning nomenkulaturasi haqida yakdil fikr yo‘q. Sianofitlarning nomenkulaturasi bo‘yicha bir necha nuqtai‑nazarlar mavjud. Bittasining tarafdorlari bakteriyalar nomenkulaturasining Xalqaro kodeksi talablariga bo‘ysunishi lozimligini takidlashib undasianobakteriyalarni fitobakteriyalar bo‘limining ko‘k-yashil fikobakteriyalar sinfi darajasida qarashni taklif etishadi. Sianobak-teriyalarning bu nomenkulatura talablariga javob berdirish ancha qiyinchilik tug‘diradi.
Bu nuqtai‑nazarda qarshisi bakteriyalarning nomenkulaturasini Xalqoro botanik nomenkulaturaga moslash. Ko‘k‑yashil suvo‘tla-rining tur sifatida foydalaniladigan morfologiya belgilaridan trixo-maning o‘lchamlari, g‘ilofining shakli, geterotsista hosil qilishi ko‘p hollarda tashqi muhitning sharoitlari bilan bog‘liq, shuning uchun, tafsiflangan bir qator turlar bir turning ekotiplari ham bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kundagi ko‘plab suvo‘tlarga oid kitoblarda ko‘k-yashil suvo‘tlar Cyanophyceae yagona sinfi kamida beshta tartibga: CHroococales, Pleurocapsales, Oscillatoriales, Nostocales, Stigone-matales mansubligi yozilgan. Bu tartiblarga 150 ga yaqin turni va 2000 tur (undan ko‘p yoki oz bo‘lishi mumkin) kiradi. YUqoridagi tartiblarga mansub ko‘k-yashil suvo‘tlarning 16 Sp RNK sining taxligi ko‘rsatganki Pleurocapsales, Nostocales va Stigeonemaitales da tabiylik mumkin, Oscillatoriales, CHroococcales‑geterogen, filogenetik aloqada emas.

Xrookokklar tartibi – CHroococcales


Bu tartibga bir xujyrali va koloniya xolida tuzilgan, ko‘payishi bir, ikki‑uch yo‘nalishda bo‘lib nannotsit va kurtalanishni hosil qiladigan suvo‘tlar mansub. Koloniyalari yumaloq, cho‘ziq yumaloq, kubsimon shakllarda bo‘ldi.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish