Ipsimon (trixal) tuzilma. Bu tuzilmaning harakterli xususiyati bo‘lib, harakatsiz hujayrani bitta yo‘nalishda vegetativ bo‘linishi natijasida ipsimon joylanishni yuzaga kelishi hisoblanadi. Ipni tashkil qilgan hujayralarni ikki uchi bir xil tuzilgan, yadro urchug‘iga mos kelgan bir yo‘nalishda o‘sadi. Ularga o‘simlik organizmlariga mos kelgan cheklanmagan darajada o‘sish xusu-siyati va ko‘p hujayrali makroskopik tallomni hosil bo‘lish imko-niyati hisoblanadi. Ipdagi barcha hujayralar o‘sish qobilyatiga ega bulsa, u holda bunday o‘sishni diffuz deyiladi. Agarda hujayrani o‘sishi tallomning cheklangan joyida ro‘y bersa, o‘sish joyi yoki meristematik zona deyilib, bu holatda meristema zona ipni o‘rtasiga to‘g‘ri kelsa interkalyar o‘sish, ipni asosida joylashsa bazal o‘sish deyidadi.
Ipsimon tuzilmaning oddiy holati uni tashkil qilgan hujayralar o‘zaro morfologik jihatidan farqlanmaydi. SHu bilan birga ipsimon suvo‘tlarning ma’lum qismlari ingichka yoki yo‘g‘onlashgan bo‘lib, hujayralar o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi. Ipning uchlaridagi farq substratga birikib o‘sadiganlarida aniq bilinadi. Birikadigan hujayra ko‘p hollarda xloroplastlari bo‘lmagan rangsiz rizoidga aylanadi. Ip oddiy yoki ko‘p qatorli suvda mustaqil holda yoki birikkan, bittadan yoki birlashgan bo‘lishi mumkin.
Ipsimon tuzilma yashil, qizil, sariqyashil, tillarang suvo‘tlar orasida ko‘p tarqalgan. Uni yuzaga kelishi o‘simliklar olamini rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, uni asosida ko‘p hujayrali o‘simliklarning bir qator xususiyatlari shakllangan deb xisob-laniladi.
Turli yo‘g‘onlikdagi ipli (geterotrixal) tuzilma. Geterotrixal tuzilma ipsimonning morfologik takomillashuvi oqibatida turli vazifalarni: birikish, tayanch berish, assimilyatsiyalanish, hosil qilish kabilarni bajarishga moslanish natijasida yuzaga kelgan. Geterotrihal tuzilmali tallomning ko‘p qismi substrat bo‘ylab gorizantal joylashib birikish vazifasini bajaradi va undan tikkasiga (vertikal) yo‘nalgan assimilyatsiya vazifasini bajaruvchi qismlardan iborat. Bunday tuzilish har ikkala qismning birortasini reduktsiyasi yoki takomillashib rivojlanib ketishi tufayli ro‘y beradi.
Ayrim suvo‘tlarda ipning tikka joylashgan qismi bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlarga maxsuslashib, ulardan bo‘g‘imli tuzilgan yon shoxchalar chiqadi. Bug‘imlardan bundan tashqari qo‘shimcha iplar chiqib, bo‘g‘im oraliqlarni qoplovchi yopqichlar o‘sib chiqishi mumkin. Substratga birikishni rangsiz rizoidlar bajaradi. Geterotrixal tuzilishdagi bunday shakl o‘zgarishlar xara suvo‘tlarida ro‘y beradi. Geterotrixal tuzilma yashil, qo‘ng‘ir, qizil ayrim sariqyashil va tillarang suvo‘tlarga xos.
Ipsimon tallomning morfologiya va vazifasiga ko‘ra tabaqa-lashuvi va rivojlanishi suvo‘tlarni morfologiya jihatdan taraq-qiyotidagi muhim aramorfozlardan hisoblanadi. Bu morfologiya jihatdan yirik tallomlarni yuzaga kelishiga olib kelgan va psevdoparenximatik tuzilmani hosil bo‘lishiga asos bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |