Tub ravishlar: sekin, asta, yalpi, ko`p, oz, tez, jim, darrov, piyoda. Yasama ravishlar



Download 35 Kb.
Sana10.08.2021
Hajmi35 Kb.
#144445
Bog'liq
RAVISH-WPS Office


RAVISH

Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o`rni, daraja miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday?, qancha?, qachon?, qayer? singari so`roqlarga javob bo`luvсhi so`zlar ravish deyiladi. Ravishlar o`zgarmas so`z turkumi bo`lib, ular so`zlarga qo`shimcha olib, o`zgarmasdan bog`lanadi. Ravishlarning tarkibidaga egalik va kelishik qo`shimchalari morfemalarga ajratilmaydi.

Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo`linadi. Yasama ravishlar morfologik usul (qo`shimchalar qo`shish), asos qismini juft va takror qo`llash yo`li bilan hosil bo`ladi. Tuzilishiga ko`ra ravishlarning sodda, juft va takroriy turlari farqlanadi..

Tub ravishlar: sekin, asta, yalpi, ko`p, oz, tez, jim, darrov, piyoda.

Yasama ravishlar: yaxshilikcha, butunicha, yashirincha.

-larcha mardlarcha, o`g`rilarcha, dushmanlarcha, onalarcha

-chasiga erkakchasiga, yigitchasiga

-siga yoppasiga, qatorasiga, ertasiga

-ona do`stona, shoirona,

-lab tonnalab, savatlab

-an majburan, asosan, tasodifan

-in yashirin



-lay (ligicha) butunlay, tirikligicha

Qo`shma ravishlar: payt ravishlari oldidan har, hech, bir so`zlarini qo`llash orqali yasaladi: har zamon, har vaqt, har kun, har soat, hech vaqt, hech zamon, bir zum.

Juft ravishlar: naridan-beri, ustma-ust, o`zidan-o`zi, qishin-yozin

Takroriy ravishlar: darrov-darrov, asta-asta, ko`p-ko`p, oz-moz.

RAVISHLARNING MA’NO TURLARI

Ravishlar ma’nosiga ko`ra holat, payt, o`rin, miqdor-daraja, maqsad-sabab ravishlariga bo`linadi.



Holat ravishlari - harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va qanday?, qay holda?, qay tarzda? so`roqlariga javob bo`luvhi ravishlar holat ravishlari sanaladi: jim, yayov, chindan, birdan, zimdan, qo`qqisdan, tasodifan, astoydil, arang, zo`rg`a, ketma-ket, majburan, yoppasiga, chindan, birdan.

Payt ravishlari - harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirgan va qachon? so`rog`iga javob bo`luvhi ravishlar payt ravishlari sanaladi: endi, hozircha, so`ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz.

O`rin ravishlari: harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o`rnini bildirgan va qayer? so`rog`iga javob bo`luvhi ravishlar o`rin ravishlari sanaladi: ichkari, tashqari, olg`a, u yerda, bu yerda, uzoqdan, naridan, beridan, yaqindan, pastdan, yuqoridan.

Miqdor daraja ravishi: harakat-holatning bajarilishidagi miqdor-darajani bildiradigan bildirgan va qancha? so`rog`iga javob bo`luvhi ravishlar holat ravishlari sanaladi: ko`p, kam, oz, oz-moz, sal, picha, hiyol, hiyla, anchaqittay, uzoq, sira.

Maqsad-sabab ravishi: harakat–holatning yuzaga kelish sabab va maqsadini bildirgan ravishlar maqsad-sabab ravishlari sanaladi va ularga: atayin, jo`rttagi, qastdan, noilojlikdan kabi ravishlari kiradi.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish