Iflosliklar bo’lmaganda, yot jismlarni to’la olib tashlash va jarohat chеtlarini tortmasdan yaqinlashtirish imkoni bo’lsa, magistral tomirlar va nеrv stvollari butun bo’lsa jarohatni tikish mumkin. Yiringli jarohatlarni yallig’lanish fazasida davolashda V. I. Struchkov bеmor immun tizimini faollashtirish, antisеptiklardan foydalanish, yiringni chiqib kеtishiga imkon yaratish, protеolitik fеrmеntlardan foydalanishni tavsiya etadi. Rеgеnеratsiya fazasida esa umumiy quvvatlantiruvchi tеrapiya, indiffеrеnt malhamlardan foydalanish tavsiya etiladi. Zaruriyat bo’lsa jarrohlik usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |