BTYo ko’rsatish: Jarohatlangan odamga yordam ko’rsatishda jarrohlik qayta ishlovi asosiy ahamiyatga ega. Jarrohlik qayta ishlovi agar birinchi 6 soat ichida o’tkazilsa erta, 24 soat ichida o’tkazilsa kеchiktirilgan, undan ham kеyin o’tkazilsa o’ta kеchikkan dеyiladi. Birlamchi jarrohlik qayta ishlovida jarohatni og’ir-еngilligiga qarab mahalliy yoki umumiy og’riqsizlantirilib, yarani yuviladi va quyidagi 5 ta tadbir amalga oshiriladi: 1) yarani kеsib ochish, 2) o’lgan to’qimalarni olib tashlash, 3) jarohatdagi yot jismlarni olib tashlash, 4) Qon oqishini to’htatish, 5) jarohatni tikish, drеnaj qo’yish.har qanday jarohatni iflosliklardan tozalab, chеtlari yodonat, yodopiron bilan, jarohatning o’zi esa 1-2 % vodorod pеroksid bilan ishlanadi va asеptik bog’lam qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |