Qon hosil bo’lish jarayoni homiladorlikning 19-kunidan boshlanadi va 3 ta bosqichdan iborat: sariqlik xaltasida, homila jigarida, suyak ko’migida. Bunda homila gemoglobinni hosil qilish uchun ona organizmining zahiralaridan foydalanadi: temir, oqsil, vitamin, tuz, mikroelementlar. Homila faqatgina ona organizmidagi temirdangina foydalanib qolmay, blaki oxirgi 3 oy ichida o’zining jigarida 200-400 mg temir moddasini yig’adi. Patogenezi - Eritrotsitlardagi temir kamayadi.
- Moddalar almashinuvi pasayadi.
- Hujayrada oraliq metabolitlar to’planadi.
- Atsidoz rivojlanadi.
- To’qima shishi
Do'stlaringiz bilan baham: |