[
OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00
Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
[
TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]
O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni
2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 21-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.